146
Qator patologik holatlarda esa ularning miqdori oshib, hujayra tarkibiy
qismlari shikastlanishi va hujayra o‘limiga olib keladi. Å
avitaminoz
esa biologik membranalar barqarorligi va vazifalari buzilishidir. Bunda
membranalar fosfolipidlari va struktura oqsillarining sifat va miqdor
tarkibi, shuningdek lipidlar peroksidlanish mahsulotlari miqdori ham
o‘zgaradi. Bu holat E avitaminozda, eritrotsitlar membranasida yaqqol
ko‘zga tashlanib, shu vitaminning kamayish
darajasi bilan bir vaqtda
eritrotsitlarning osmotik rezistentligi kamayishiga olib keldi. Å
avitaminozda membrana fosfolipidlari tarkibidagi o‘zgarishlar hujayra
ichi strukturalarida ham aniqlangan. Hayvonlarga vitamin E berish
hujayra ichi strukturalari fosfolipidlari sifatli tarkibiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Vitamin E yetishmasligida yuqorida aytib o‘tilgan o‘zgarishlar
fosfolipaza A
2
faollashuvi va prostanoidlar sinteziga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, hujayra membranasi fosfolipidlari gormonlar retseptorlari
hosil bo‘lishiga, hujayraning o‘zaro ta’sirlariga mas’ul bo‘lgan
glikolipidlar bilan mustahkam bog‘langan. E avitaminozda
fosfolipidlarni miqdor va sifat tarkibi o‘zgarganda, hujayra
membranalari glikolipid tarkibi va ularga bog‘liq
vazifalar ham
o‘zgaradi. Membrana retseptorlarini gormonlarga sezuvchanligi
pasayadi. Vitamin E yetishmasligida membrana fosfolipidlari sifat va
miqdor tarkibi o‘zgarishi ularning molekulyar xarakatchangligini
oshiradiki, kaysiki u hujayra ichi strukturalaridagi membranaga bog‘liq
fermentlar aktivligi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujayrada moddalar
almashinuvida ko‘p sonli ikkilamchi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Patogenezida lipidlarni peroksidlanish mahsulotlari to‘planishi va
immunitet faolligi pasayishi katta o‘rin tutadigan qator kasalliklarda
vitamin E ni kompleks terapiyada qo‘llash
ayni maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Vitamin E tomonidan tabiiy killer hujayralar aktivligini
oshirilishi uning o‘smalarga qarshi ta’sirini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishni tobora orttirmoqda. Tabiiiy killer hujayralar esa organizmda
o‘smalarga qarshi nazoratning asosiy omilidir. Vitamin E tomonidan
tabiiy killer hujayralarning faollashuvi shu hujayralar faoliyatini
cheklovchi T – supressorlar sonini kamaytirishga va prostglandinlar
sintezi ingibirlanishiga bog‘liqdir. Qaysiki,
prostaglandinlar yuqorida
aytilgan hujayralar faoliyatini to‘xtatib qo‘yadilar.
Shunday qilib, vitamin E organizm sistema va a’zolari hujayralari
membranasi tuzilishi va funksiyasiga, membranaga bog‘liq fermentlar
aktivligiga, nuklein kislotalar, oqsillar,
lipidlar va uglevodlar, shu-
147
ningdek energiya almashinuvlariga yaqqol ko‘ringan boshqaruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. U kuchli antioksidantlardan biri sanaladi va ksenobiotiklar
zararlanishida ishtirok etadi. Sutkalik extiyoj – 5 mg.