159
Odamlar mushagida karnitin miqdorini kamayishi ularning
bo‘shashishi, distrofiyasi va mushak tolalarini noziklashishiga olib
keladi. Karnitin keng tarqalgan modda, ayniqsa, go‘sht mahsulotlarda
uning miqdori ko‘p. Bir kunlik ehtiyoj miqdori: 500 mg.
Lipoat kislota
Lipoat kislota ozuqa mahsulotlari bilan tushadi. To‘qimalarda lipoat
fermentlarining apofermenti faol markazidagi lizinning NH
2
-guruhlari
bilan kovalent bog‘lanadi. Lipoat kislota piruvat, a-ketoglutorat va
boshqa ketokislotalar oksidlanishidagi ferment komplekslar tarkibiga
kiradi.
Lipoat kislota sut va go‘sht mahsulotlarida, xamirturushda ko‘p
uchraydi.