Biokimyo pmd




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Pantoten kislota (B
3
 vitamini)
Bu vitamin 1933-yilda R. Uilyams va hammualliflar tomonidan
ochilgan. 1940-yilda strukturasi aniqlangan va kimyoviy sintez yo‘li
bilan tasdiqlangan. b–alanin va 2,4-dioksin–3,3-dimetil moy kislotaning
kompleks birikmasi hisoblanadi.
Pantotenat kislota ingichka ichakda oddiy diffuziya yo‘li bilan
so‘riladi va qon bilan to‘qimalarga o‘tadi. Hujayrada undan koferment
– 4-fosfopantotein, defosfo-KoA va KoA sintezlanadi. Pantotenat


155
kislotasining ahamiyati uning kofermentlarini biokimyoviy jarayonlarda
o‘rni bilan belgilanadi. 4-fosfopantotein yog‘ kislotalar sintezida ishtirok
etuvchi atsiltashuvchi oqsil tarkibiga kiradi. Defosfo-KoA sitratliaza
va alillar almashinuvi reaksiyalarining kofermenti, KoA esa hujayraning
asosiy kofermenti hisoblanadi. Uning ishtirokida atsetat va yog‘
kislotalarini faollashuvi, yog‘ kislotalarini oksidlanishi, xolesterin hamda
boshqa steroid moddalarning, keton tanachalar sintezlari yuz beradi.
Bu jarayonda sitratni hosil bo‘lishi va suksinil-KoAni substratli
fosforillanishi, suksinil-KoA ishtirokida kechadigan sintetik reaksiyalar,
atsetilholin, atsetilglyukozaminlar sintezi, biogen aminlar va
ksenobiotiklarni zararsizlantirilishi, piruvat hamda keto-glutaratni
oksidlanishi kechadi.
B
3
avitaminoz belgilari: dermatit, shilliq qavatlarining jarohatlanishi,
ichki sekretsiya bezlarida (buyrak usti bezi) va nerv sistemasida (nevrit,
paralich) distrofik o‘zgarishlar, yurak va buyrakda o‘zgarishlar,
sochlarning oqarishi, o‘sishdan to‘xtashi, ishtaha yo‘qolishi kuzatiladi.
Jigar, tuxum sarig‘i, xamirturush va o‘simliklar yashil qismi iste’mol
uchun asosiy manba hisoblanadi. Sutkalik me’yori – 3-5 mg.
Vitamin C
Vitamin C (askorbin kislota, antiskorbut
vitamin) kuchli kislota bo‘lib, 2 va 3-uglerod
atomlarida qayta dissotsianillanuvchi yenol
gidroksil guruhlarini saqlaydi.Askorbin kislotasi
oshqozon-ichak yo‘llarida oddiy diffuziya bilan
so‘riladi. Qonda qisman erkin va oqsillar bilan
bog‘langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi
ko‘p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o‘pkada
joylashadi. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari
siydik orqali chiqariladi.Askorbin kislotasi
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida vodorod
donatori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan
redoks-juftlik hosil qiladi. Degidroaskorbin
kislotasini qaytarilishi qaytarilgan glutation va
dezoksias-korbinreduktaza ishtirokida boradi.Askorbin kislota quyidagi
jarayonlarda ishtirok etadi:
1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi);
2) 3.4 –digidroksifeniletilamindan noradrenalin hosil bo‘lishi;
3) p-gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotasigacha
gidroksillanishi;
43-rasm. Askorbin
 kislotasi


156
4) buyrak usti bezining po‘stloq qismida gormonlar biosintezida
steroidlarni gidroksillanishi;
5) karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi;
6) ichakdan temirni so‘rilishida Fe
3+
ni Fe
2+
aylanishi;
7) temirni transferrindan ajralishi va to‘qimalarga o‘tishi;
8) folat kislotani koferment shakliga o‘tishi;
9) kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi.
Avitaminoz C belgilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida
qon-tomir devorlari va tayanch to‘qimalar strukturasi o‘zgaradi.
Glikoproteinglikanlar hosil bo‘lishi buziladi, gemoragik holatlar va
suyak tog‘ay to‘qimalarida spetsifik o‘zgarishlar vujudga keladi. Tana
vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og‘riq
kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo‘rt,
o‘tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon
quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar
degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi. Biologik vazifasi: oksidlanish-
qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi.Prolin va lizinning gidroksillanish
reaksiyalari, buyrak usti bezi gormonlari, trintofan sintezida ishtirok
etadi.
Vitamin C asosan o‘simlik tabiatiga ega bo‘lgan mahsulotlarda
uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi
mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik
iste’mol me’yori – 75 mg .

Download 4,12 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish