• Metabolizm to‘g‘risida tushuncha va metabolik yo‘llar
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Kaliy 
    organizmdan suv va natriy ionlarini chiqarishda yetakchidir.
    Shu sababli «kaliyli» parhezlar diurezni kuchaytirishda ishlatiladi.
    Kalsiy
    asosan plastik material bo‘lib xizmat qiladi va tayanch
    to‘qimalarni shakllanishiga xizmat qiladi. U qonning tarkibiy qismi
    bo‘lib qon ivish jarayonida qatnashadi, muskullar qisqarishida ham
    muhim ahamiyatga ega. Biogen mikroelementlarga temir, rux, mis,
    kobalt, ftor, yod, marganets va boshqalar kiradi.
    Yod 
    asosan qalqonsimon bezda 20-40 mg% tashkil etadi va tiroksin
    hamda triyodtironing tarkibiga kiradi. Uning yetishmovchiligi endemik
    buqoq rivojlanishiga olib keladi.
    Temir 
    xromoproteinlar tarkibiga kiradi. Masalan: gemoglobin,
    mioglobin, sitoxromlar, katalaza va glutationperoksidaza fermentlari
    va boshqalar. Uning yetishmasligi kamqonlikka olib keladi.
    Marganets
    elementining yetishmasligi generativ funksiyalarning
    buzilishiga sabab bo‘ladi. Bunda gipogalaktiya, homilaning surilishi,
    urug‘donlar degeneratsiyasi kuzatiladi.


    167
    Mis 
    ye
    tishmasligi mikrotsitar normoxrom anemiyaga, nafas olish
    zanjirida sitoxrom s va sitoxromoksidaza fermentlari miqdorining
    kamayishiga olib keladi. 
    Rux 
    yetishmasligi pubertat davrida o‘sish va rivojlanishning
    susayishiga sabab bo‘ladi. Bunda ikkilamchi jinsiy a’zolar rivojlanishi
    sekinlashadi.
    Ftor
    tishlar rivojlanishida, dentin va emal shakllanishida faol
    qatnashadi. Uning yetishmasligi kariyes rivojlanishiga olib keladi.
    Metabolizm to‘g‘risida tushuncha va metabolik yo‘llar
    Metabolizm – bu yuqori integrallashgan, maqsadli yo‘naltirilgan
    jarayon bo‘lib, bunda multiferment tizimlar ishtirokida muhit va hujayra
    o‘rtasida modda va energiya almashinuvi ta’minlanadi. Metabolizm
    hisobiga hujayrada quyidagi jarayonlar kechadi:
    1. Tashqi muhitdan energiyani olish. Bu organik moddalarning
    kimyoviy energiyasi, yoki quyosh energiyasi shaklida bo‘lishi mumkin.
    2. Ekzogen moddalarning hujayra organellalarida parchalanishi va
    hujayra makromolekulyar kompanentlari o‘tmishdoshiga aylanishi.
    3. Makromolekulalar sintezi va parchalanishi.
    Metabolik reaksiyalarning ketma-ket kechishi, ayniqsa, markaziy
    metabolik yo‘llar, barcha tirik organizmlarda bir xildir. Bularga Krebs
    sikli, glikoliz, oqsil, yog‘lar, karbon suvlar biosintezi va boshqalar kiradi.
    Bu bilan birga har bir turdagi tirik organizm o‘zining spetsifik metabolik
    yo‘llariga egadir. Masalan: odam, qushlar, reptiliyalarda purin asoslari
    siydik kislotasigacha parchalanadi, boshqalarda – siydikchil va
    glioksalat yoki allantoin hosil bo‘ladi.
    Tirik organizm tashqi muhit ta’sirida va qanday ozuqa mahsulotlari
    ishlatilishiga qarab metabolizm yo‘nalishlari ma’lum darajada o‘zgarishi
    mumkin. Masalan: anaerob sharoitda glikoliz jarayonlari ustun turadi,
    aerob sharoitda esa – Krebs sikli va oksidlanish-fosforillanish jarayonlari
    ustunlik qiladi.
    Metabolik yo‘llarning bir necha xili tafovut qilinadi:
    1. Markaziy metabolik yo‘llar – bir necha yuz gramm oqsillar,
    karbon suvlar, yog‘lar parchalanishi natijasida CO
    2
    , H
    2
    O va energiya
    hosil bo‘ladi.
    2. Ikkilamchi metabolik yo‘llar – bu spetsifik moddalarning
    hujayrada hosil bo‘lishi. Masalan, gormonlar, toksinlar, kofermentlar
    va boshqalar. Ularning miqdori mg larda o‘lchanadi.


    3. Siklik metabolik yo‘llar. Ular mikroorganizmlarga xos bo‘lib,
    hujayra yonilg‘isi sifatida oksalat ishlatishadi.
    Hozirgi vaqtda 2000 dan ortik fermentlar hujayra metabolizmida
    ishtirok etishi aniqlangan. Ularning bir qismi asosiy, boshqalari
    ikkilamchi metabolik hodisalarda ishtirok etadi. Ammo ularning
    barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning sxematik ko‘rinishi
    metabolik kartani tashkil qiladi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish