Biokimyo pmd




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Membrana oqsillari
Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun
membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bo‘lsa,
shunga ko‘ra undagi oqsillar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Miyelin
tarkibida 20% oqsil bo‘ladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bo‘lgan
mitoxondriyaning ichki membranasi tarkibida 75% ga qadar oqsil
bo‘ladi. Fermentativ faoliyati bo‘lmagan bironta xil membrana
bo‘lmaydi. Membrana fermentlari esa lipidlar mavjudligidagina faoldir.
Har qanday sitoplazmatik membranada adenozintrifosfatni (ATF)
parchalovchi adenozintrifosfataza fermenti (ATF-aza) mavjuddir. U
hujayra ichida natriy (Na) konsentratsiyasi ko‘payganda faollashadi yoki
kaliy (K) konsentratsiyasining hujayra tashqarisida ortganida faollashadi
46-rasm. 
 
Membrana tarkibi.


173
(K, Na bilan bog‘liq bo‘lgan ATF-aza). Bu ferment kaliy, natriy ionlarini
membrana orqali tashilishini ta’minlaydi. Yana biri Ca-ATF-aza muskul
endoplazmatik to‘r membranalaridan kalsiy ionlarini tashilib o‘tilishini
ta’minlaydi.Joylashishi bo‘yicha membrana oqsillari ikki guruhga
bo‘linadi:
1 - periferik oqsillar, ular membrana sirtiga elektrostatik kuch
asosida yopishgan;
2 – integral oqsillar, ular go‘yo lipid dengizida aysberg kabi suzib
yuruvchi oqsillar bo‘lib, ularning ba’zilari membrananing har ikki
tomonidan bo‘rtib chiqadi.
Misol tariqasida eritrotsit membranasi tarkibiga kiruvchi 2 ta oqsilni,
ya’ni periferik oqsil – spektrin va integral oqsil glikoforinni ko‘rib
chiqamiz. Spektrin – eritrotsit membranasi oqsillarining 20% ini tashkil
etadi. U eritrotsit membranasining ichki tomoniga ion kuchlari
yordamida yopishgan. Uning globulyar molekulasi og‘irligi 200 000
dalton bo‘lgan ikkita polipeptid zanjiridan tarkib topgan. Spektrin
eritrotsit sharsimon shaklini saqlashda va membrananing pishiqligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Glikoforin – tarkibida 50% dan ortiq uglevod tutuvchi glikoproteid
membrana oqsillarining 10% ini tashkil etadi. Molekula og‘irligi 50
000 dalton, 299 ta aminokislota qoldig‘idan tarkib topgan. Bitta
polipeptid zanjiridan iborat. Unga 4–12 ta monosaxariddan tuzilgan 20
dan 30 tagacha oligosaxarid zanjiri yopishgan. Oligosaxarid oxirgi
uchidagi galaktoza qoldig‘iga sial kislota birikkan. Glikoforin
molekulasi uch qismdan iborat: ulardan biri hujayraning sirtqi tomonida
joylashgan bo‘lib, uning uchidagi NH
2
guruhiga oligasaxarid zanjiri
birikkan, molekulaning karboksil uchi sitoplazma tomonga chiqqan:
ular orasida gidrofob qismi lipid qo‘shqavati orasida joylashgan 
α−
spiral shakliga ega. Eritrotsit membranasi tarkibidagi glikoforin xilma-
xil vazifani o‘taydi. Undagi oligosaxarid zanjiri manfiy zaryadga ega
bo‘lgani uchun eritrotsitlarni bir-biriga yopishib qolmasligini
ta’minlaydi. Eritrotsitlar hayoti davomida glikoforin tarkibidagi sial
kislotalar kamayib, oxirgi uchida galaktoza qoldig‘ini tutuvchi
oligosaxaridlar ko‘paya boradi. Bu «qarigan» eritrotsitlar jigar va taloq
hujayralarida ushlab qolinadi va parchalanadi. Hujayra membranasi
tarkibiga kiruvchi glikoforin kabi oqsillarning asosiy vazifalaridan biri
ularning hujayra sirtidan uning sitoplazmasiga turli axborotlarni o‘tkazib
berishdir.


174

Download 4,12 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish