Membrana uglevodlari: glikoproteinlar, glikolipidlar Biomembranalarda uglevodlar erkin holda bo‘lmaydi. Ular lipidlar
bilan birikkan – glikolipid, yoki oqsillar bilan birikkan – glikoproteid
holatida uchraydi. Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida
joylashgan bo‘lib glikokaliksni hosil qiladi. Glikokaliks hujayralarning
o‘zaro ta’sirini, ularning agregatsiyasini, hujayra ichiga kimyoviy
axborotlarni uzatish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Glikolipidlarda
ko‘pincha oligosaxarid zanjiri sfingozinning gidroksil guruhi, galaktoza
yoki fukoza orqali glikozid bog‘i orqali bog‘langan bo‘ladi. Glikolipidlar
molekulasida bitta oligosaxarid zanjiri bo‘ladi, glikoproteidlarda esa
bunday zanjirlar bir nechtadir. Ular oqsil molekulasi bilan besh xil
monosaxaridning birontasi orqali birikishi mumkin. Glikoprotoid
molekulasidagi oligosaxaridlarning joylashish tartibi Golji apparatida
mavjud bo‘lgan glikoziltransferazalar faoliyati bilan bog‘liq. Membrana
glikolipid va glikoproteidlarining mohiyati katta. Ular gormonlar,
mediatorlar, viruslar, toksinlar va ko‘pgina fiziologik faol moddalar
uchun retseptor vazifasini o‘tab, immunitetda ishtirok etadi. Eritrotsit
membranasidagi glikolipid glikoproteidlari qon guruhini belgilaydi.
Hujayra sirtining harakatchanligi ham uning tarkibidagi glikoproteinlar
xususiyati bilan bog‘liq.
Membranalardagi lipid qo‘shqavat Fosfolipidlar bilan glikolipidlar molekulalarining xarakterli
xususiyati ularning amfifilligidir. Molekulasining gidrofob uchini yog‘
kislotalari va sfingozinning uglevodorodli radikallari tashkil etadi: bu
molekula uchi uzunligining 3\4 qismini tashkil etadi. Glikolipidlar
molekulasi gidrofil uchi uglevod qismidan, fosfolipidlarning gidrofil
uchi xolin, etanolamin yoki serinni biriktirib olgan fosfat qoldig‘idan
hosil bo‘ladi. Tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatining mana shu
xossasi fosfolipidlar bilan glikolipidlarning biologik membranalar
tuzilishidagi o‘rnini belgilab beradi; membraning asosiy qismini lipid
qo‘sh- qavati tashkil etadi.
Biomembranalar tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar
tavsiya etilgan: Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan
«buterbrod» modelidir; unga ko‘ra membrana lipid qo‘shqavatidan
tarkib topgan bo‘lib, lipidlar gidrofob qismi membrana o‘rtasida, oqsil
qismlari esa lipid qavatning har ikki tomoniga joylashgan.
Ikkinchi model bo‘yicha lipidlarning gidrofob dum qismi va oqsillar
gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va ularning turg‘unligi
175
elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob bog‘lar evaziga
ta’minlanadi. Uchinchi xil model bo‘yicha («mozaik») membranalar
oqsil molekulalaridan tarkib topgan bo‘lib, ularning orasidagi bo‘shliqlar
lipidlar bilan qoplangan.