• Yaxlit organizmda moddalar almashinuvini o‘rganish
  • Dezintegratsiyalash
  • Organizmdan ajratib olingan
  • Modda almashinuvining o‘rganish yo‘llari




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Modda almashinuvining o‘rganish yo‘llari
    Metabolik jarayonlarni o‘rganish yo‘llari asosan ikki guruhga
    bo‘linadi: yaxlit organizm ustida olib boriladigan tekshirishlar va
    organizmning ajratib olingan qismlarida o‘tkaziladigan
    dezintegratsiyalovchi usullar.
    Yaxlit organizmda moddalar almashinuvini o‘rganish
    .Bu jarayon
    bir necha xil usullarda olib boriladi. XX asr boshlarida Knoop nishonli
    molekula sifatida fenil radikalidan foydalanib organizmda yog‘
    kislotalari b-oksidlanish yo‘li bilan parchalanishini aniqlangan. Modda
    almashinuvini o‘rganishda turli xil og‘ir izotoplar yoki radiofaol
    izotoplardan (deyteriy, 
    2
    H, 
    15
    N, 
    13
    C, 
    18
    O, 
    32
    P, 
    33
    P, 
    14
    C, 
    35
    S, 
    131
    I, 
    59
    Fe, 
    24
    Na)
    keng foydalanilanadi. Shuningdek, turli moddalar almashinuvi bilangina
    aniqlash, nafas koeffitsiyentini aniqlash usullari yordamida ham modda
    almashinuvining holatini aniqlash mumkin.
    Dezintegratsiyalash
    Dezintegratsiyalash usullardan foydalanilganda organizmning ajratib
    olingan qismlari – organlar, to‘qimalarning kesmalari, hujayra
    organellalarini fraksiyalari hatto ayrim ferment va boshqa sistemalarni
    ham tekshirish obyektlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunda olingan
    natijalar butun organizmda kechayotgan metabolik jarayonni ma’lum
    bir bosqichi tariqasida qimmatlidir.
    Organizmdan ajratib olingan 
    organlarda turli biokimyoviy
    ko‘rsatkichlarining arterio-venoz tafovutini o‘rganish yo‘li bilan ularda
    kechadigan biologik jarayonlarni o‘rganish mumkin. Jumladan,
    aminokislotalar parchalanishidan hosil bo‘lgan ammiakdan jigarda
    siydikchil hosil bo‘lishi shu yo‘l bilan aniqlangan. Shu usul bilan
    muskuldan oqib chiqayotgan qonda sut kislota ko‘pligi, jigardan oqib
    chiqayotgan qonda sut kislota yo‘qligi aniqlangan.
    168



    Download 4,12 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modda almashinuvining o‘rganish yo‘llari

    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish