177
ioni o‘tadi. Natriy-kaliy nasosi organizmdagi barcha hujayralar
sitoplazmatik membranasida mavjud. Shu nasosning ishi tufayli sitozol
bilan hujayralararo suyuqlik o‘rtasida ionlar konsentratsiyalarining farqi
yuzaga keladi. Na
+
, K
+
ionlari oddiy diffuziya yo‘li bilan ham
membranadan birmuncha o‘ta oladi. Bu konsentratsiyalar farqining
kamayishiga olib keladi. Natriy nasosi nerv impulsini o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan ionlar konsentratsiyasi gradiyentini yuzaga keltirishi
hamda Na
+
va K
+
ionlaridan tashqari yana boshqa moddalarni ham
membrana orqali o‘tkazishda ishtirok etadi (simport, atiport yo‘li bilan).