• Adsorbsion immobillizasiya qilish usullari
  • Adsorbsion immobilizasiya qilish uchun "tashuvchi" lar




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

     
    Adsorbsion immobilizasiya qilish uchun "tashuvchi" lar 
    Adsorbsion immobilizasiya uchun ishlatiladigan "tashuvchi" larni ikki sinfga - organik va 
    noorganik tashuvchilarga bo’lib o’rganish mumkun.
    Noorganik tashuvchilar sifatida kremnezem, alyumin, titan va boshqa elementlar oksidlari, 
    alyumosilikatlar (loylar), shisha, sopol, faollashtirilgan ko’mir va boshqalar keng ishlatiladi.
    Organik tashuvchilar orasida keng tarqalganlari har xil polisaxaridlar polimerli ionalmashuv 
    smolalari, kollagen, tovuq suyaklari va boshqalardir. Tashuvchilar kukun, kichik sharchalar, 
    granulalar sifatida ishlatiladi. Ba’zi bir holatlarda, gidrodinamik qarshilikni pasaytirish maqsadida
    tor parallel kanallar saqlovchi monolitlar sifatida ham chiqariladi.
    Tashuvchilarni eng asosiy xususiyati sorbsiya qilish qobiliyati, teshikchalarini o’lchami, 
    mexanik va kimyoviy barqarorligidir.
    Adsorbsion immobillizasiya qilish usullari 
    Adsorbsiya qilish yo’li bilan immobilizasiya qilish eng sodda usullardan bo’lib, ferment 
    eritmasini "tashuvchi" bilan aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. YOpishmasdan fermentni 
    yuvib tashlagach, immobilizasiya qilingan ferment ishlatilishga tayyor bo’ladi. Adsorbsion 
    immobilizasiya qilingan fermentlarni olish uchun quyidagi uslubiy ko’rsatmalardan foydalanadi. 
    Statistik usul eng oson yo’l bo’lib "tashuvchi" ferment eritmasiga tashlanib (solinib) hosil 
    bo’lgan aralashma, ma’lum vaqtga tashlab qo’yiladi. Immobilizasiya fermentni o’z o’zidan 
    diffuziyasi tufayli boshlanib, adsorbsiya bilan tugallanadi. Bu usulni kamchiligi, ferment eritmasi 
    bilan "tashuvchi" aralashmasi uzoq vaqt (bir necha kunga) tashlab qo’yilishi lozim. Laboratoriya 
    sharoitida ko’proq aralashtirish usuli ishlatiladi. Bu usulda statistik usuldan farqli o’laroq ferment 
    eritmasi bilan "tashuvchi" doimiy ravishda aralashtirib turiladi.
    Aralashtirish uchun magnit aralashtirgich, mexanik aralashtirgich yoki mikrobiologik 
    tebratgichdan foydalanish mumkin. Bu usul oldingisidan ancha ustun turib "tashuvchi" satxida 
    fermentni bir tekis joylanishini belgilab beradi. Ba’zida adsorbsion immobilizasiya qilish uchun 
    elektrocho’ktirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun ferment eritmasiga ikkita elektrod 
    tushiriladi, ulardan bittasini satxida bir qatlam "tashuvchi" surtilgan bo’ladi. Elektrodlar tokka 
    ulanganda ferment satxidagi faol guruhlar (-NH
    2
    ; -COOH va x.k.) hisobidan "tashuvchi" 
    saqlanayotgan elektrod tomonidan harakat qiladi va uni satxida cho’kadi.
    Texnologiyada foydalanish uchun eng qulay usul - kolonkalardan o’tkazish usulidir.
    Bu usulni ikki modifikasiyasi bor, ulardan biridan "tashuvchi" to’ldirilgan kolonkadan tepadan 
    pastga qarab, mikronasoslar yordamida ferment eritmasi haydaladi, ikinchisida esa teskarisi, 
    ferment pastdan tepaga qarab yo’naltiradi. Bu usulni afzallik tomoni, fermentni haydash, yuvish, va 
    keyingi fermentativ jarayonlar, hech qanday manipulyasiyasiz bir kolonkani o’zida olib boriladi.

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adsorbsion immobilizasiya qilish uchun "tashuvchi" lar

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish