II.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion shakllari, metodlari va vositalari




Download 148 Kb.
bet13/17
Sana20.05.2024
Hajmi148 Kb.
#245469
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Diplom ishi Psixologiya yunalishi..

II.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion shakllari, metodlari va vositalari
Estetik tarbiya pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
 Talabaning dars davomida befarqi bo'lmasligiga, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish;
 Talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlash;
 Talaba talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;
 Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishi. Tadqiqotchilar (AL. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosathi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangilarning o'zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashidir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konseptsiyasini farqlaydilar. Bu konseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi.
U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g’oya tuqilishi yoki yangilik konseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llaybilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
V.A.Slastyonin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi. Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg’otadi. Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub’ektiv yangilik ma'lum ob’ekt uchun ob’ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi. R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o’qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi. Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi: Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shartsharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi. Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi. Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o'ziga tortadi.
U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi: - faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig’indisi; - sub’ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathjari; - sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari; - mazmun tuzilmasi - o’quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi; - bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo bo'lishi - ildam o'sish - etuklik - o'zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) - boyish (to'yinish) - qoloqlik - inqiroz — irradiasiya(aldanish) — zamonaviylashtirish; - boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o'zaro aloqasi: rejalantirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish; - tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ega bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
 pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
 qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
 pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.
Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to’g’risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo'linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va himmatini keng yoyadi. Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipgatushirish va amaliy harakatga o'tish tendensiyasiga ega bo'ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklaming amalga oshish yo'liga to'siq bo'lishga majbur bo'ladi. Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqilaydilar: Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni innovatsion jarayonda unga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shartsharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir. Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
 madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
 shaxsiy faoliyat jihatidan (ta 'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
 ko'psub’ektli (dialogik) yondashuv, ya'ni kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
 individual - ijodiy (o’qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari asosida) yondashuv.
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’ekti o’qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi. S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning sub’ekti sifatida yoritiladi. Unga quyidagilarni kiritadi: o’qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o’quv - taibiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko'rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning vangi tadbirlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o'z-o'zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinichiliklarni a'lo darajada enga bilish, o'sish va mustahkam o'rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o'zining sotsial roli funksiyasini bajarishida faol munosabatda bo'lish va hokazo. Innovation pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini boshqarishi va o'zini- o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo'nalishlaridan bilan talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. Bunday yo'nalish talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi. Tayanch yo'nalishlar - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o'zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o'tish. Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo'nalishi gumanistik aktsiologiya ekan, degan xulosaga olib keladi. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamul-jamini anglatadi. Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi. O’qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi. V.A.Slastenin o’qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi. Akmeologiya (akte) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi davr degan ma'nolarni bildiradi. B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari to’g’risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan ota olish masalalari bilan shug’ullanganlar. V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassis-ning uzoh ijodiy umr ko'rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta'limning sifatini, sub’ektiv omillarga esa insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi ma'suliyatini, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.


Download 148 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 148 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion shakllari, metodlari va vositalari

Download 148 Kb.