|
Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion texnologiyalari. Reja: kirish I bob. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari
|
bet | 11/17 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 148 Kb. | | #245469 |
Bog'liq Diplom ishi Psixologiya yunalishi..Birinchidan, shaxs ma’naviy kamoloti jamiyatimizning asosiy
maqsadlaridan biridir. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – ozod va
obod vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi;
Ikkinchidan, shaxs ma’naviy kamolotini bilish, idrok etish inson badiiy
estetik tafakkurini o‘stiradi. Shaxs ma’naviy kamoloti jarayonini o‘rganish,
baholash, ibratli tomonlarini ko‘rsatish hozirgi davr shaxsini komil inson
qilib shakllantirishda alohida o‘rin egallaydi;
Uchinchidan, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy jarayonlarning
ma’naviy sohadagi asosiy vazifalaridan biri ajdodlarimizning ilg‘or
qarashlarini, insoniylik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish
borasidagi ishlarni davom ettirish, toki bu qarashlar xalqimizning ming
yillik tarixi, bugungi ma’naviy hayotimizning ham asosi ekani yosh avlod ongiga singib borsin;
To‘rtinchidan, shaxs tarbiyasi, insonning nafaqat jismoniy va ichki ruhiy,
balki ma’naviy-ruhiy dunyosini ham mukammal tarbiyalashga – ya’ni komil inson bo‘lishiga erishish uchun xizmat qiladi;
Mazkur shaxs ma’naviy kamolotida insonning noyob ruhiy zahiralaridan
foydalanish orqali shaxsning ichki kechinmalari, yuksak go‘zal his-tuyg‘ularini yaxshilik, ezgulik tomon o‘zgarishini targ‘ib qilishi alohida e’tiborga loyiqdir.
Muammoning o‘rganilinganlik darajasi.
Shaxs ma’naviy kamolotining ulkan falsafiy-estetik merosi zamirida
vujudga kelgan asarlar nihoyatda ko‘p. Bugungi kunda shaxs ma’naviy
kamolotining mazmun-mohiyati, axloqiy-estetik g‘oyalari faylasuflar,
adabiyotshunoslar, tarixchilar, sharqshunoslar va din arboblari tarixchi
olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Nafosat muammosi faylasuf, adabiyotshunos, san’atshunos olimlar
tomonidan hozirga kadar o‘rganib kelinadi. Xususan, nafosatning nazariy
va amaliy tahlili, ma’naviy va axloqiy mohiyati, ijtimoiy va siyosiy
ahamiyatini ochib berishga qaratilgan tadqiqotlar shular jumlasidandir.
Umuman olganda, nafosat muammosini o‘rganishga doir tadqiqotlarni asosan
ikki guruhga ajratish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion texnologiyalari. Reja: kirish I bob. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari
|