dizayn;
turmush sharoitlarini yaratishda badiiy-amaliy faoliyat;
inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy borliqni badiiy jihozlash;
buket - guldasta tuzish san’ati;
xalq amaliy san’ati va h.k.
2.Insonni estetik jihatdan tarbiyalash. Bunga:
-xulq estetikasi;
-turmush esiyetikasi;
-hordiq chiqarish va sog‘liqni tiklash madaniyati;
-tabiatga sog‘lom estetik munosabatni taibiyalash;
-shaxs estetik taibiyasida miliiy madaniyatning roli;
-jismoniy tarbiya va sport sohasida estetik faoliyat.
3.San’at asarlarini yaratish. Bu san’atkorning:
-ijodiy qobiliyati;
-hayot hodisalarini badiiy hodisalarga aylantira olish iste’dodi;
-san’atkorning o‘ta kuzatuvchanligi va xotira quvvati;
-inson ichki dunyosini tushuna olishi, psixologik jarayonlarning inson
tashqi qiyofasida namoyon bo‘la olishini chuqur anglab yetish;
-iste’dod - talant kabilarni bildiradi.
Estetik faoliyatni shakl jihatidan ikki katta turga bo‘lish mumkin.
Bulardan:
birinchisi - estetik faoliyatning fikriy, yoki nazariy shakli.
Bunga estetik ongning oddiy hamda nazariy ko‘rinishlari - estetik kechinma,
mushohada, did, ideal, qarashlar va boshqalar kiradi;
ikkinchisi - predmetli-amaliy ko‘rinishdagi estetik faoliyat shakllari.
Bu asosiy estetik g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlarni konkret predmetlarda,
san’at asarlarida, madaniyat qadriyatlarida amaliy jihatdan
gavdalantirishdan iborat.
Har qanday faoliyatda bo‘lgani singari estetik sohada ham muayyan
ehtiyoj asosiy rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining tabiati ana shu ehtiyojga
bogliq bo‘ladi. Estetik ehtiyojning umumiy belgisi shundaki, u inson
faoliyatining barcha sohalarini, jtimoiy hayotning butun jabhalarini
qamrab oladi, ular orqali o‘zini namoyon qiladi.
Tor ma’noda barcha qadriyatlarni estetik idrok etish, baholash zaruriyatini ruhan sezish, insoniy faoliyat sohalarida mukammallikka intilish estetik ehtiyojni qondirishga qaratiladi. Estetik faoliyatga ham shu xususiyat xosdir. Har qanday faoliyat insonning mohiyatii kuchlari erkin ifodalanishini
bildirar ekan, demak, bu faoliyat estetik faoliyat darajasiga ham
ko‘tarilishi mumkin. Shu ma’noda estetik faoliyat har qanday konkret
faoliyatning “insoniylashuv” belgisidir. Bu narsa san’atda ustuvor o‘rin
tutadi.
Jamiyatning estetik madaniyatini quyidagilar tashkil etadi
-tabiat, turmush, ijtimoiy munosabatlarni estetik o‘zlashtirish
|