III.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarining tahlili




Download 148 Kb.
bet15/17
Sana20.05.2024
Hajmi148 Kb.
#245469
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Diplom ishi Psixologiya yunalishi..

III.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarining tahlili
Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan -texnos- san`at, hunar va logos- fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi . Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon -bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’quvchi (talaba)larga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Innovatsion texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi. O’qitish texnologiyasi- birinchidan, innovatsion texnologiyaning jarayonli- harakat aspektini anglatadi. Bu, ta`lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta`lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta`minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiya)larning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta`lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; Ikkinchidan, Innovatsion texnologiyaning jarayonli- bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).
Ta`lim texnologiyasi- Innovatsion texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli. Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlarda«Innovatsion texnologiya» tushunchasini ta`riflashda turli xil tasniflarni uchratishimiz mumkin. O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Innovatsion texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir» Yirik pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov Innovatsion texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Innovatsion texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir»11. U Innovatsion texnologiyaga ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Innovatsion texnologiya ta`limtarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`limtarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», - deb ta`rif beradi. Innovatsion texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Ta’limda innovatsion texnologiya XX asrning oxirlarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqalib, nufuzli YUNESKO tashkiloti tomonidan ham tan olindi va qo’llab-quvvatlandi. Hozirda ko’pgina mamalakatlarda muvoffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Ko’pgina mamlakatlar innovatsion texnologiyadan foydalanib, ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishdilar.
Estetik tarbiyaning samarali vositalaridan biri tabiiy fanlarni o‘qitishda mashhur rassomlar chizgan suratlarning nusxalaridan foydalanish va o‘qituvchining badiiy asarlaridan parchalarni sharhlab tushuntirishidir, chunki tabiatni shoirona qabul qilish, uni chuqurroq tushunish hamda go‘zalligini his etishga yordam beradi. O‘quvchi yoshlar o‘yin faoliyatidan maktab hayotiga moslashishi uchun ham ko‘rgazmalilik alohida ahamiyatga ega . Bolalarning estetik hislarini rivojlantirishga, did-u farosatlarini shakllantirishga va bilim doiralarini kengaytirishga tabiatga ekskursiyalar uyushtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatni o‘rganish uni estetik qabul qilish bilan uyg‘unlashishi kerak. Chunki, bola tabiatini qancha chuqurroq idrok qilsa, shuncha u bolaga shodlik bag‘ishlaydi, uning oldida tabiat har tomonlama namoyon bo‘ladi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni (maysazorlar, bog‘lar, istirohat bog‘larini shakllantirish) tarbiyalash kerak. Tirik tabiat burchagi, o‘quv-tajriba maydonchasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar (sinfdan tashqari o‘qish uchun kitoblar tanlash, ko‘rgazma, ertaliklar tashkil qilish) shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e’tibor faqat tabiat ob’ektlari bilan zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta’sirli bo‘lmaydi . Estetik tarbiyaning vazifasi: - tabiatda go‘zallikni ko‘rishgina emas, balki uni idrok etishga, ya’ni estetik qabul qilishni idrok etish bilan bog‘lashga; - tabiatda go‘zallikni bunyodga keltirish va uni muhofaza qilishga, ya’ni estetika bilan mehnat madaniyatini bog‘lashga; - tabiatda hamda jamiyatda xulq-atvor hamda muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishga, ya’ni estetika bilan etikani bog‘lashga o‘rgatishdir. fanlarni o‘qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali ravishda, o‘quvchilarning tabiat bilan muloqotda bo‘lishlarining barcha shakllarini hisobga olgan holda olib borilmog‘i lozim. Estetik did estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri bo‘lib, his-tuyg‘u va tafakkur birligi, inson o‘zligini ifodalovchi bahodir. Estetik didga ega bo‘lgan inson atrof - muhitni go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik kabi mezoniy tushunchalari orqali ko‘zdan kechiradi. Yuksak estetik didga ega bo‘lishi o‘zinigina emas, atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu qobiliyat tabiiy-tug‘ma qobilyatga borib taqalsa-da, ammo o‘zini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro‘yobga chiqaradi. Estetik did ham aqliy (fahm), ham axloqiy (farosat), ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iborat. Estetik tarbiya - eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot tuyg‘ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his - tuyg‘ular va ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma’naviy boyib, hayoti yanada sermazmun bo‘ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi . Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda - har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Donolardan biri go‘zallik axloq-odobning tug‘ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas bog‘liq holda amalga oshiriladi. Chunki, nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xattiharakat, go‘zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko‘rinadi. Xalqimiz “Kamtarlik ham husn” deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma’no bor. Estetik tarbiya orqali o‘quvchilarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go‘zal belgisidir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim o‘quvchilar go‘zallikni tor ma’noda tushunadilar. Ya’ni chiroyni ko‘pincha husn jamolda deb bilishadi. Bu bir tomonlama tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy husn - jamol, qalb go‘zalligida, ma’noli so‘zdadir. Xalqimiz bejizga “Chiroy husnu jamolda emas, fazlu kamolda” deb aytmagan! San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va tasavvurni ham rivojlantiradi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi . Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirishi natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim - tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi. Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub’ektiv omildir. Estetik ehtiyoj go‘zallik to‘g‘risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga o‘ylantiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. ”Estetik tarbiya” tushunchasi bilan bir qatorda “Badiiy tarbiya” tushunchasi ham mavjuddir. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san’atning ma’lum turlari bo‘yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fikrning paydo bo‘lishida, uni amaliy faoliyatda qo‘llashda, o‘z bilim va ta’sirotlarini ko‘ra bilishda, his-tuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo‘ladi. Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida aks etgan, shuningdek, estetik ongning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va vazifasi to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, ob’ektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan biri bo‘lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik estetikaning “Go‘zallik hayot demakdir” degan qoidasidan kelib chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi. Go‘zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, pok yaxshi inson bo‘lishiga xizmat qiladi. Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon, beg‘araz quvonch uyg‘otadi. Estetik hisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik ohangi, shaxsiy manfaat nuqtai nazaridan g‘arazli qarashlar bo‘lmaydi. Ajdodlarimiz bu to‘g‘risida shunday yozadi: “Kishidagi go‘zallik hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo bo‘ladigan porloq quvonchga o‘xshaydi. Biz go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda quvongandek, zavqlanib quvonamiz”. Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniytarixiy tajribaning bir qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, ob’ektivligi yosh avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tarbiya nazariyasining faol usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik madaniyatini o‘zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik undan zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his - hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirish jarayonida tanlangan ta’lim mazmuni maqsadga muvofiqlik darajasiga ko‘ra o‘qitish shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish bo‘yicha saralanadi. Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirishda qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatuv, anketa so‘rovlari, amaliy mashqlar, ekskursiya tashkil etish jarayonlarida amalda sinab ko‘rildi. Natijada, Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirishning modernizatsiyalashgan, takomillashgan tizimni yaratishga xizmat qiladi . Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirish, ularning mohiyatini anglash, o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi. Jumladan:
1. Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirish o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, didaktik tamoyillar asosida hamda o‘qituvchi pedagogik mahoratiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan holda, tabiiy bilimlarning chuqur va puxtaligini ta’minlash mumkinligi aniqlandi.
2. Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirishga oid materiallar tanlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Dars jarayonida o‘quvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishga oid tanlangan samarali metodlari ( didaktik, mantiqiy, og‘zaki bayon etish, kuzatish, mustaqil ishlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalari), shakllari (dars, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar), vositalari (tarqatma, didaktik, texnik) aniqlandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirishda tabiiy fan darsligining o‘rni beqiyosdir. Eng avvalo shu fanni o‘rgatuvchi ustoz bolaning tabiatga bo‘lgan qarashlarini salbiydan, ijobiyga o‘zgartirishi kerak. Har bir bola tabiatni sevib yashasa uning estetik tarbiyasi ham yuqori bo‘ladi. Buning uchun biz pedagoglar sitqi-dildan ta`lim va tarbiyani birgalikda olib borsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Download 148 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 148 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarining tahlili

Download 148 Kb.