1.Nafosatni nazariy jihatdan taxlil etishga qaratilgan tadqiqotlar.
2.Nafosatning amaliy tomonlarini ochib beruvchi tadqiqotlar.
Shulardan kelib chikkan xolda nafosat muammosini o‘rganishga doir
tadqiqotlarni quyidagicha turkumlashtirish mumkin.
1. Estetika tafakkur tarixida nafosatning o‘rnini umumiy
jixatdan tadqiq qilishga qaratilgan izlanishlar. Bu borada
M.Ovsyannikov, L.Kogan singari rus olimlarining asarlarini keltirish
mumkin
Jumladan, M.F.Ovsyannikovning ilmiy izlanishlarida estetik
tafakkur tarixi umumiy tarzda o‘rganilgan.
2. San’at, adabiyot va madaniyat falsafasida nafosatning taxlili
masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar. Bu tadqiqotlarning umumiy
ahamiyati shundaki, san’atda badiiy qiyofa yaratish, ijodkor mas’uliyati va
san’atning milliy xususiyatlarini nafosat bilan bog‘liq tarzda
rivojlanishining o‘ziga xos ifodalarini ko‘rish mumkin.
.
Kundalik hayotimizda, jamiyatimizning madaniyatini vujudga keltirishda,uning ma’naviy hayotida, davrimizga munosib har tomonlama barkamol badiiy didli, sog’lom fikrli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda musiqa san’atining o’rni ahamiyatli bo’lib kelmoqda. Jumladan, Sharq mutaffakkirlarining musiqiy risolalarida musiqa madaniyatining poydevorini vujudga keltirishda mehnatkash xalq tomonidan yaratilgan kuy va qo’shiqlar kishi qalbini o’ziga rom qilib, asrlar osha xalq uchun ilhom manbai bo’lgan va insonlarga ma’naviy ozuqa berib kelgan.
Mutafakkirlarimiz o’zlarining estetik tarbiya va bebaho musiqa
durdonalarini yaratgani uchun bu risolalar hozirgi milliy musiqamizga asos bo’lish bilan bir qatorda, doimo go’zallikka tashnalik sezgan inson qalbi to’ridan o’rin olib kelmoqda. Inson qalbi go’zallikka tashnalik sezish bilan bir vaqtda go’zallik muhitidan ozuqa oladi va shakllanadi.
Buyuk Sharq mutafakkirlarining merosi g’oyaviy estetik tarbiya masalalarini
o’rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Sharqning buyuk mutafakkirlari badiiy-estetik qadriyatlardan tarbiyaning muhim vositasi sifatida foydalanib kelganlar. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy, Alisher Navoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy asarlarida
Sharqona ma’naviyat asoslari o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga xalq og’zaki ijodiyoti namunalarining yoshlarga ma’naviy-estetik va g’oyaviy-siyosiy tarbiya berishdagi o’rni beqiyosdir. Milliy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotida o’ziga xos o’rni bor. Milliy musiqiy merosimizning asrlar davomida bizgacha yetib kelganligi esa unga bo’lgan hurmat va e’tibor ijobiy munosabatning mahsuli ekanligidadir.
Ilk o’rta asrning buyuk mutafakkirlaridan biri, donishmand alloma Abu Nasr
Forobiyning muborak nomi jahon falsafasi tarixida muhim o’rin tutadi. Forobiy o’rta asrlardagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyb barcha sohalariga doir asarlar yaratadi. Lekin asosiy asarlari ilm-fanning nazariy va falsafiy masalalariga taalluqli edi. Ulug’ alloma ko’p qirrali ilmiy faoliyati bilan jahon tafakkuri rivojiga bebaho hissa qo’shdi. Uning asarlari horzirgi kunga qadar jahonning ko’pgina mamlakatlarida o’rganilmokda. Bu mumtoz zot haqida uning qomusiy asarlari to’g’risida turli tillarda qanchadan-qancha asarlar yaratilgan.
Forobiyning jahon ilm-fanidagi buyuk xizmatlaridan yana biri dunyo
tafakkuri tarixida birinchilardan bo’lib adolat g’oyasini asoslab berganidir. Uning "Fozil shahar ahli qarashlari hakida kitob", "Siyosat ul-madaniya" ("Shaharlar siyosati") kabi asarlarida bu boradagi qarashlari yorqin aks ettirilgan
Biz uchun yana bir e’tiborli jihati shundaki, ana shu asarlarning ikki nusxasi O’zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda.
Forobiy shuningdek, “Musiqa haqida katta kitob”, (“Kitob al-musiqa alkabir”) degan ko’p jildi asari bilan u musiqa ilmini nazariy, amaliy jihatdan
yoritib, musiqani inson axloqini tarbiyalovchi sihat-salomatligni mustahkamlovchi
vosita deb qaragan. Ayniqsa, uning amaliy fazilatlar, san’at masalasida u quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi: “...qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.”
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov …insonning ruhiy kamoloti, o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish mumtoz musiqa merosimizni asrab avaylash va o’rganish to’g’risida jon kuydirib «Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda»deb bejiz ta’kidlamaganlar.
O’zbekiston yoshlarining “ommaviy madaniyat” ta’siriga qarshi g’oyaviyestetik immuniteti qanday namoyon bo’ladi? U har bir talabaning hamma joyda,har qanday sharoitda ham milliy va umuminsoniy, bunyodkor badiiy qadriyatlargamuhabbatida, milliy nafosat, musiqa, milliy san’atga qarshi qaratilgan har qandayso’z, fikr, xatti-harakatga asosli qarshi tura olish salohiyatida namoyon bo’ladi.
G’oyaviy-estetik tarbiya talabalarning yosh, intellektual xususiyatlarini
inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon talabalarning mafkuraviy
ongliligi, yuksak badiiy didi, faolligining real darajasidan kelib chiqib
shakllantirishni taqozo qiladi.
Musiqa san’ati odamlarni, ayniqsa yoshlarni estetik tarbiyalab o’z
hayotlarini to’g’ri tashkil etishga yordamlashadi. Milliy dastur talablarida ham,o’smir yoshlarni tarbiyalashda milliy qadriyatlardan keng foydalanish, milliy mafkurani o’smir-yoshlar ongida shakllantirish,ma’naviy va ma’rifiy sohadagi ishlarni takomillashtirish, uzluksiz ta’lim muammolarini hal etish maslalari alohida e’tiborga ega.
Shunday ekan, musiqa kishining ruhiga tez ta’sir etishini, uning
dunyoqarashini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishini amalga oshirish uchun musiqa darslarimizni rivojlantirishimiz va ularni sifat va samarasini oshirib bormog’imiz lozim. Bu o’rinda avvalambor milliy musiqiy merosimizni yoshlar ongiga singdirishimiz darkor.
Shu sababli ham O’rta Osiyo va Sharq mutafakkirlari kabi buyuk insonlar
yaratgan asarlar hamma millatlarning faxri hisoblanadi. Chunki bu nodir musiqa asarlari insoniyatning bebaho boyligi bo’lib, uning shaxs tarbiyasida tutgan o’rni ahamiyatli va beqiyosdir.
Forobiy o’z risolalarida o’zi yashagan davridagi allomalarning estetik nafosat
tarbiyasi to’g’risida keltirilgan fikrlarini ham batafsil ta’riflab o’tadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, yuqorida Sharq allomasi Al Forobiy va
boshqa musiqashunoslar ta’riflagan g’oyaviy estetik tarbiya masalalari hozirgi davrgacha rivojlanib, takomillashib bizlargacha yetib keldi. Musiqa an’analarini taqqoslash va o’rganish zamonaviy musiqachilar uchun bir necha yuz yilliklar, hatto ming yilliklar davomida musiqiy estetik did va nafosat tarbiyalarini rivojlanganini tasavvur etishga ko’maklashuvchi boy materiallar beradi. Musiqashunos olimlar orttirgan tajribalar zamonaviy, g’oyaviy estetik tarbiya madaniyati nuqtai nazaridan qanday bo’lishi kerakligini aniqlashga imkon beradi.
|