Bahs-munozara” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;
ta’lim oluvchilar o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratiladi;
ta’lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
“Bahs-munozara” metodining kamchiliklari:
ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;
ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.
“Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9 darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan.Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi, bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan, yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang-barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi. Ta`lim texnologiyasi- Innovatsion texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda, dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli. Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlarda «Innovatsion texnologiya» tushunchasini ta`riflashda turli xil tasniflarni uchratishimiz mumkin.
O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Innovatsion texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir» «Innovatsion texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`yektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U Innovatsion texnologiyaga ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`limtarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Innovatsion texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb ta`rif beradi. Innovatsion texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.
Innovatsiya – bu u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish maqsadida yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ish faoliyatni boshqarishning takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga qaratilgan ilmiy-ijodiy faoliyat natijasi.
Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang-barang va turlituman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu munosabat bilan innovatsiyalardan keng va samarali foydalanish. Inovatsion texnologiyalarning afzalliklari - o’qitish mazunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi; - o’z vaqtida aloqalarni ta’minlanishi; - tushunchalarni amaliyotga qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi; - o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi; - motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi; - o’tilgan materialni yaxshi eslab qolishi; - muloqotga kirishish ko’nikmasini takomillashishi; o’zini baholashning o’sishi; - o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati; - nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay balki,tanqidiy va mantiqiy fikrlarning rivojlanishi; - muammolar yechish ko’nikmalarni shakllanishi. Inovatsion texnologiyalarning kamchiliklari - ko’p vaqt talab etilishi; - o’quvchilar har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi; - juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolini past bo’lishi; - “kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchli”o’quvchilarning ham past baho olishi. Texnologiya fani darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini bosqichlari va vazifalari. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan bo’lib, u an’anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanadi: An’anaviy ta’limda o’qituvchi pedagogik jarayonning subyekti, o’quvchi esa obyekti deb qaraladi. Hamkorlik pedagogikasida esa o’quvchi o’z o’quv faoliyatining subyekti sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi pedagogik jarayonning subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo’ladi. Ular o’zaro hamkor, hamdo’st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo’ladilar. Hamkorlik munosabatlario’qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan o’quvchilar va o’qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida ham o’rnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish, motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o’quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan, holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi. Hamkorlikda o’qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: —o’quvchining o’rganish jarayonini boyitadi: —o’quvchilarga ular o’rtasida taqsim qilinib, o’zlashtirilgan kognitiv axborotlar to’plamini beradi; —o’quvchilarda materialni o’rganishga ishtiyoq uyg’otadi; —o’quvchilarning o’z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi; —axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; —o’quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi; — turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o’rtasida ijobiy o’zaro munosabatlarni oldinga suradi. Xulosa qilib aytganda Texnologiya fani darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini bosqichlari va vazifalari. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan bo’lar ekan. U an’anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanib, barchasi innovatsion faoliyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar jamlanmasidir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini har gal yangitdan yaratmaydi, balki o‘tmish avlodlar tomonidan yaratilgan mavjud madaniy boyliklarga tayanadi. Tarixiy vorislik kishilik jamiyati, jumladan, madaniyati taraqqiyotining zaruriy shartidir. Madaniyat boyliklari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida uning extiyojlari tufayli yuzaga kelib va mazkur jamiyat hayotini aks ettirib, shu jamiyat bilan birga yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki o‘z davrini o‘tab, keyingi avlodlar uchun madaniy meros bo‘lib qoladi. Ushbu meros yoshlarimiz ma’naviyatini shakllantirishda, ularni har tomonlama komil inson qilib voyaga yetkazishda salmoqli ruhiy va ma’naviy oziq bera oladigan g‘oyaviy va hissiy tarbiya vositasi sifatida xizmat qilishi, hamda barcha ijodkorlarimiz uchun ilxom manbai bo‘lib qolishiga hech shubxa yo‘qdir. Buning uchun esa yoshlarda ana shu madaniyatni to‘g‘ri shunadigan, qadrlaydigan kelajak avlodga yetkaza oladigan badiiy-estetik dunyoqarash, bilim, did va mas’uliyatni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Hayotdagi chiroy - bu axloqiy va estetik tarbiyaning natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va mehnat unumdorligi, odamlarning kundalik hayoti, o‘zaro munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq. Estetik hislar ham yuksak axloqiy hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi tog‘ manzaralari baland qorli qoyalari uzoqlardan mag‘rur turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug‘diradi. Yomg‘irdan so‘ng turli rangda jilolanib turuvchi kamalak, gulzorlar yoki kapalak, xuddi dengizdek ko‘z ilg‘amaydigan ko‘m-ko‘k paxtazorlar uzoqlarda chiroyli bo‘lib ko‘rinib turgan dala tepaliklari odamda qandaydir ko‘tarinki ruh tug‘diradi. Odamlar hayotning turli faktlariga va ularning san’atini aks ettirishiga qandaydir go‘zallik yoki xunuklik fojiali yoki kulguli, oliyjanoblik va razillik, nafis yoki dag‘al hodisalar sifatida munosabatda bo‘ladilar. Bu hislar tegishli baholarda estetik didlarda namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. Estetik hissiyotlarning manbalari juda ko‘p va xilma-xildir. Masalan, tabiat manzaralaridan lazzatlanishdan tashqari tasviriy san’at asarlari, badiiy-adabiy asarlar, musiqa va haykaltaroshlik, arxitektura va me’morchilik ishlari ham odamda estetik hisni tug‘diradi. Bundan tashqari odamlaming o‘zaro bir -birlari bilan bo‘lgan munosabat va muomalalari ham estetik hissiyotlarning manbalari bo‘la oladi. Odamning kiyinishi, uyining tutishi, qanday jihozlanish, boshqalar bilan muomalasi ham estetik hislarimizning manbai bo‘la oladi» Masalan, dag‘al gaplashadigan kishidan odam nafratlanadi, aksincha muomalali, gapni o‘rinli va madaniyatli qilib gapiradigan kishidan odam zavqlanadi. Shunday odamlarga taqlid qilgisi keladi. Umuman odamning estetik hissiyotlari ko‘p manbalarga ega bo‘lgan murakkab hissiyotlardandir. Estetik didni shakllantigib bogish, uni tugli bachkanalik va kamchiliklarni forig‘ etish.
"Estetik tarbiya" ning vazifasi hisoblanadi. Estetik tagbiya -lotincha "estezio" "go‘zallikni his etaman" degan ma’noni anglatib-o‘quvchilami voqe’lik, tabiat, ijtimoiy va mexnat munosabatlari va tugmush go‘zalliklarini anglash, idgok etish va tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ulagda go‘zallikka muxabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yagatish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltigilgan pedagogik jarayondir. Estetik tarbiya insonda go‘zallikni xis qilish tuyg‘usini shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo oz hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, ijtimoniy va mexnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘likdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo‘lgan muxabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Estetik tarbiyaning mohiyati shundan iboratki, u go‘zallikka bo‘lgan munosabatni qaror toptiradi. Go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo‘lmaydi. Mehnat faoliyatida paydo bo‘lgan butun tarixiy taraqqiyot bosqichma bosqich rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining o‘ziga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyorlangan xar big buyum ahamiyati, funksiyasi, zagugligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi. Go‘zallik bu hayotning o zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlaming rnukammalligidir Estetik bilimlagi aniq tartiyaviy ishlag-tanlov, viktorina, bayram, ko‘rgazma va xokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Estetik tartiya ( nafosat) — shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda estetik faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu jagayon yosh va ijtimoiy omilto bilan belgilanadigan tuñi bosqich hamda dagajalagga ega. Estetik tartiya shaxsning estetik madaniyatini egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Estetik tarbiyaning vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.Badiiy adabiyot estetik tarbiyada cheksiz imkoniyatlarga ega. U o‘quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o‘rgatadi. Olam va inson go‘zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan san’at asarlari insonlarni go‘zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. Aksincha, g‘oyaviy jihatdan saviyasi past asarlar o‘quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go‘zallikdan chalg‘itadi, go‘zallikni sevishga bo‘lgan intilishlarini susaytiradi, didini pasaytiradi. Estetikaning birinchi maktabi-oila. U oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari,uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, tozalik hamda pokizalik bolalarda nafosatni to‘g‘ri anglashga o‘rgatuvchi ilk qadam hisoblanadi. Maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi, tadbirlar, bayram tanlovlari, kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyalashda katta ta’sir ko‘rsatadi. Turmush go‘zalligining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinf xonalarida tozalik saqlanishi, tabiat burchagining tashkil etilishi, o‘quvchilar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, a’lochilar taxtasi tizimining yangilatib turish ham muhim ahamiyatga ega. Badiiy adabiyot nafosat tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o‘quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o‘rgatadi. O‘quvchilarga o‘zbek va chet el adabiyoti haqida ko‘proq ma’lumot beriladi. O‘quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari — maqol, matal, ertak, doston, qo‘shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko‘p o‘qisa ularda go‘zallikka bo‘lgan intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish tahlil qilish o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, his-tuyg‘ulari va til boyligini takomillashtiradi. Shuningdek, adabiyot darslari o‘quvchilarda go‘zallikni idrok etishni ta’minlaydi. O‘quvchilar nasriy asarlar, she’rlardan parchalar yod oladilar, buning natijasida o‘quvchilarning badiiy nutq madaniyati ham shakllanadi. Olam va inson go‘zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan san’at asarlari insonlarni go‘zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. Aksincha, g‘oyaviy jihatdan saviyasi past asarlar o‘quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go‘zallikdan chalg‘itadi, go‘zallikni sevishga bo‘lgan intilishlarini susaytiradi, didini pasaytiradi. O‘quvchilarning go‘zallik bilan bevosita muloqotda bo‘lishlari ularga ko‘proq hissiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik va me’moriy asarlar namunalari bilan o‘quvchilami tanishtirish ularda simmetriya, mutanosiblik, chiziqlar, rang va kolorit uyg‘unligini idrok etish tuyg‘ulariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quvchilar e’tiboriga ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi musiqiy asarlarning havola etilishi, ulardan olinayotgan taassurotlar bilan o‘rtoqlashish ularda musiqiy ohang, ritm, tovushlarning ifodaviyligi va sur’atini his etish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Adabiy asarlar esa o‘quvchilarning nutq boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish, shaxsiy qarashlarini erkin bayon etishga imkon beradi. O‘quvchilarda estetikani shakllantirish. Nafosat ongi ijtimoiy voqe’lik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilarni turli nazariya, qarashlar mohiyati bilan tanishtirish, ular o‘rtasida nafosat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish hisobiga shakllantiriladi. Estetik ong asosini nafosat idroki tashkil etadi. Estetika idroki — bu ijtimoiy voqe’lik, buyum va hodisalarning go‘zalligini ongda yaxlit aks etishi bo‘lib, u go‘zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi.Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o‘quvchilarda nafosat his-tuvg‘usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go‘zallikni sevishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojini o‘stirishdan iborat. Insonlar go‘zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun hayajonlanish, qayg‘urish, darg‘azab bo‘lish, quvonish, zavqlanish kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go‘zal hodisani idrok qilganidan zavqshavqqa to‘ladi. O‘quvchilarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go‘zallikka bo‘lgan intilishlarini o‘stirish uchun juda muhim. Ko‘p hollarda bolalar biror narsaga qarab turadilaru, uning o‘zini ko‘rmaydilar, quloq soladilar, eshitmaydilar. Shuning uchun ularga tabiatda, o‘rmonda tog‘lar va cho‘llarda turli tovushlarni farq qilishni o‘rgatish lozim. Yuqori sinf o‘quvchilariga go‘zallik, xunuklik, nafosat ideali singari tushunchalarni yoritib berish juda muhim, zero, bu tushunchalarsiz go‘zallikka nisbatan munosabat, voqe’lik va borliqqa go‘zal munosabat tizimini tarkib toptirib bo‘lmaydi. Nafosat haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirib olish, ajoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o‘z fikrmulohazalarining to‘g‘ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. Yuqori sinf o‘quvchilari hayot va san’atda go‘zallik, xunuklik, zavq-shavqning xilma-xil turlariga duch keladilar. Ular g‘oyaviy yo‘nalishi va mazmuni jihatdan turlicha bo‘lgan badiiy hamda san’at asarlarini o‘qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot va san’atga oid hodisalarning mohiyatini to‘g‘ri tushunishda o‘quvchilarga go‘zallik va uni sevish mavzusidagi darslar, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan xilma xil mashg‘ulotlar yordam beradi. Nafosat didi o‘z tabiatiga ko‘ra shaxsga xos bo‘lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo‘lganligi uchun u go‘zallikni baholash mezonlarini puxta o‘zlashtira oladi. Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’yektiv nafosat o‘lchovi bo‘lib, go‘zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub’yektiv yondashuvni ifodalaydi. Estetik didni shakllantirishda maktab o‘quvchilari o‘rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalarga erishishga yordam beradi.Bolalarda estetikani tarbiyalash juda muhim va maroqlidir. Ularda yorqin va turli ranglarga qiziqishning kuchliligi, bezatish va bo‘yashga bo‘lgan intilishlarini devorlar hatto buyum, mebellarga chizib ko‘rishidan bilinadi. Ularni bu qiziqishlarini to‘g‘ri baholash va yo‘naltirish iilamina yashirin iste’HoHlarini narnoyon etishga to‘g‘ri baholash va yo‘naltirish ularning yashirin iste’dodlarini namoyon etishga imkon beradi. O‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularni estetik didini tarbiyalashda turli metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Dars jarayonida didaktik o‘yinlar orqali bu maqsadga erishish mumkin, albatta innavatsion - mutlaqo yangi samarali usullardan foydalanish talab etiladi. Darslarni yoki mashg‘ulotlarni butunlay o‘zgacha usulda tashkillashtirish, har bitta darsga alohida yondashish ta’lim tarbiyaga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirishga yordam beradi. Maxsus yordamchi maktab o‘quvchilari uchun innavatsion usullar muhim sanaladi. Chunki bunday o‘quvchilarning ta’lim olishida va tarbiyalanishida asosiy muammo bu qiziqishning yo‘qligidadir. Ularga shunchaki ko‘rsatish yoki so‘zlab tushuntirish mumkin emas. Misol uchun ona tili chiroyli yozuvga o‘rgatishni tushuntirishlar bilan anglatish mushkul, hatto yillar ham kamlik qilishi mumkin. Estetik zavq olishni tarbiyalash orqali esa bu ish biroz yengillashadi. Ularning mayda qo‘l matorikasini rivojlantirish uchun tikish, haykaltaroshlik, tasviriy san’at va qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini o‘yin tarzida erkin bajarishga imkon berish orqali erishish mumkin.
|