Ikkinchidan, shaxsiy manfaatlarning o‘ziga xos o‘rin tutishi negizida kishilarning ijodkorlik faoliyatida samaradorlik ortmoqda, ishlab chiqarishni tashkil etishda shaxsiy tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik fazilatlari keng namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining yanada taraqqiy etishi,
jamiyatni boshqarishda demokratik qadriyatlarning ustuvor o‘rin tutishi,
kishilar faoliyatining sifat jihatidan takomillashuvi estetik madaniyat
rivoj topishiga olib kelmoqda.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish sohasida xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi, jahon ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti yutuqlarining O‘zbekistonga kirib kelishi, ishlab chiqarishni yangi (elektronika, mikroelektronika, hisoblash mashinalari, kompyuterlar, qulay avtomatlashtirish tizimi va boshqalar) texnika bilan qurollantirish ishlab chiqaruvchilarda sotsial-psixologik, axloqiy-estetik sifat va fazilatlarni tarkib toptirishni taqozo etadi. Jahon bozoriga mahsulot olib chiqish, o‘ziga mos va o‘ziga xos o‘rin egallashiiing mezonlaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarish sohasida sifat imkoniyatlari va estetik barqarorlikka erishish hisoblanadi. Bunday ijtimoiy vazifani hal etishda
estetik madaniyatning roli kattadir.
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida komil insonni tarbiyalash,
jumladan, uning estetik madaniyatini shakllantirish har doim eng ustuvor
g‘oyalardan biri bo‘lib kelgan va bo‘lib qelmoqda. Demak, milliy mafkura talablaridan kelib chiqqan holda mamlakatimiz o‘quvchi-yoshlarining estetik madaniyatini oliy o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya tizimi konsepsiyasi
kontektida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
Mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslari konsepsiyasini amalga oshirish sharoitida mustaqil, ijodiy fikrlovchi, davr fani, texnikasi va uning ishlash texnologiyasini mukammal egallagan, ishbilarmon, tashabbuskor, tadbirkor mutaxassislarni tayyorlash bugungi oliy ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Zero, Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Biz oldimizda qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq».
Bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini egallab bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislikka tayyorlanayotganlarda shaxsiy-kasbiy xususiyatlarni yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy salohiyat, aqliy kamolot fazilatlari va axloqiy-estetik dunyoqarashga ega bo‘lgan, milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqati shakllangan yoshlarni voyaga yetkazish hamda kelajak kasbga tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu masalani amalga oshirishga qaratilgan vazifalarni bajarish uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishdir. Bu boradagi muhim vazifa “umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq” ekanini bugungi davr taqozo qilmoqda.
Darhaqiqat, hozirgi davrda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatilgan talablarga va jamiyat talabiga mos mutaxassislarni tayyorlash, ularda shakllangan, barkamol inson konsepsiyasidan o‘rin olgan axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirish muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir kasb egasining axloqiy-estetik dunyoqarashining takomili, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy-siyosiy hayot, mehnat, san’at va faoliyatdagi go‘zallik qonuniyatlarini davr, taraqqiyot talablari asosida egallashi hamda uning tabiatga, jamiyatga, mehnat ahliga, o‘z-o‘ziga, shaxsiy hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatlarining takomillashishiga amaliy yordam ko‘rsatadi va ilmiy dunyoqarashini rivojlantiradi. Bu esa, O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga, fuqarolik jamiyati asoslarini qurishga o‘z hissasini qo‘shishga faol intilish, milliy o‘zligini anglash hamda qo‘llab-quvvatlash, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga sodiq qolish va ularni yuksaltirishga intilish demakdir. Shu bois oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining ilmiy-nazariy, kasbiy-amaliy tayyorgarligiga e’tibor berish bilan birga, ularning axloqiy-estetik dunyoqarashini rivojlantirishni amalga oshirish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
Shunga asosan bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limi o‘qituvchilarini o‘z mutaxassislariga doir ilmiy-nazariy ma’lumot va amaliy ko‘nikma hamda malakalar bilan qurollantirish jarayonida, ularning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida egallagan axloqiy-estetik bilimlarini rivojlantirishning samarali yo‘llarini egallashga o‘rgatish muhim ijtimoiy-pedagogik hodisa sanaladi. Ushbu muammoning yechilishi ta’lim tizimi oldida turgan muhim pedagogik vazifani hal etishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat yo‘nalishida faol bilim olishga, kasbiy tayyorgarliklarini yanada mukammaltirishga va shu asosda o‘zlarining axloqiy-estetik dunyoqarashlarini, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi fazilatlarini hamda tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllanishiga ko‘maklashishni;
kasb ta’limi o‘qituvchilarining voqelikdagi narsa va hodisalar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tartib-qoidalar, shaxsiy faoliyatdagi burch, mas’uliyatni go‘zallik, axloqiy barkamollik qonuniyatlari asosida idrok etish va ularga amal qilish majburiyatlarini aniq anglab yetishlarini;
kasb ta’limi o‘qituvchilarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy hayotga, mehnatga axloqiy-estetik tayyorlanishni, fanlar mazmunidagi axloqiy-estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Tadqiq qilinayotgan ishda yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat, yuqori malakaga ega bo‘lgan kasbiy ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash masalasi, ularda axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirish vazifasining amalga oshirilishi bilan aniqlashtirildi. Zero, axloqiy-estetik dunyoqarash – bu har qanday kishining go‘zal tabiat, mukammal jamiyat va ijtimoiy hayot, mehnat, san’at, faoliyat, axloqiy barkamollik, ma’naviy yetuklik, e’tiqodli insonlar to‘g‘risidagi tasavvurlari, qarashlari, g‘oyalari, nuqtai nazarlari, e’tiqodlari yig‘indisining ifodasidir.
Shu bois «Ta’lim to‘g‘risida» gi va Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da har tomonlama kamol topgan, yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyatga hamda yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bosh masala qilib qo‘yilgan. Bu muammoni hal etish, avvalo ta’lim-tarbiyani yuqori pag‘onaga ko‘tarishni, oliy ta’limda o‘qitiladigan fanlarning mazmunini, ularni o‘qitishning zamonaviy metod, vositalarini yangicha yo‘nalishda qo‘llashni, ayniqsa, axloqiy va estetik tarbiyani rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarning axloqiy-estetik dunyoqarashini rivojlantirish jarayonini tadqiq qilish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb pedagogik muammolardan biri hisoblanadi.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek xalqi qadim-qadimdanoq yoshlarning axloqiy va estetik dunyoqarashini shakllantirish hamda rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Ayniqsa, bu masala antik pedagogika davrida tabiatga, atrof-muhitga, insoniy munosabatlarga, voqelikka ongli, axloqiy-estetik nuqtai nazardan yondashuvni o‘zida mujassamlashtirgan donishmandlik pedagogikasining maydonga kelishiga asos solingan. Ushbu pedagogika asosini zardushtiylik dinining «Avesto» kitobida tasvirlangan ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal tamoyili tashkil etgan. Bu uch tamoyil har bir shaxsning ma’naviy-ma’rifiy kamoloti va axloqiy-estetik dunyoqarashining muhim omili sifatida yosh avlodda mehnatsevarlik, insonparvarlik, adolat uchun kurashish, rostgo‘ylik, go‘zallikka intilib yashash kabi insoniy fazilatlarning tarkib topishini yo‘lga qo‘ygan.
Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O‘rta Osiyo pedagogikasida saxiylik, halollik, sofdillik, insonni e’zozlash g‘oyalari asosiy mazmun kasb etgan. VII asrning boshlariga kelib, ilohiy asar Qur’oni Karimda inson mohiyati to‘la ochib berilib, komil inson g‘oyasi tarbiyaning asosiy maqsadi qilib belgilangan.
Bu g‘oya buyuk mutafakkirlar Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, keyinchalik Alisher Navoiy, Umar Hayyom, Sa’diy, Abdulla Avloniy asarlarida davom ettirilib, yoshlarning axloqiy tarbiyasi, ma’naviy dunyoqarashi, estetik barkamolligi har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib qolgan. Buyuk ajdodlarimizning inson shaxsi, axloqiy barkamolligi, ma’naviyati, estetik ideali to‘g‘risidagi ta’limotlari har doim va hamma davrda o‘quvchi-yoshlar axloqiy-estetik dunyoqarashini rivojlantirishning asosiy manbai bo‘lib qolavergan va qolaveradi. Zero, axloqiy-estetik dunyoqarashning rivojlanishi – bu axloqiy-estetik mukammallikning bir sifat ko‘rsatkichdan, boshqasiga, eskidan yangiga o‘tishi demakdir.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi.
Bu tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi. Kasb ta’limi o‘qituvchilarida axloqiy-estetik dunyoqarashni pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Oxford University (Angliya), California University (AQSH), Pedagogik texnologiyalar markazi (Rossiya) kabilarda olib borilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarda axloq masalalari kengroq yoritilib, ular bolaning rivojlanish loyihasi sifatida shaxsiy fe’l-atvori bilan bog‘liq ravishda qaralishi ishlab chiqilgan. Shaxs axloqiy go‘zalligi shaxsiy nazorat ostida rivojlantirish nazariyasi ishlab chiqilgan (Oxford University, Angliya); bo‘lajak mutaxassisning axloqiy-estetik jihatdan barkamolligiga erishish uchun bilimni rivojlantirish yondashuvi nazariyasi ishlab chiqilgan (Winston University, AQSH).
Bugungi kunda jahon pedagogikasida bo‘lajak mutaxassislarni axloqiy-estetik dunyoqarashni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ustuvor tadqiqotlar olib borilmoqda: bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat yo‘nalishida faol bilim olishga, kasbiy tayyorgarliklarini yanada mukammaltirishga va shu asosda o‘zlarining axloqiy-estetik dunyoqarashlarini, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi fazilatlarini hamda tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish; kasb ta’limi o‘qituvchilarining voqelikdagi narsa va hodisalar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tartib-qoidalar, shaxsiy faoliyatdagi burch, mas’uliyatni go‘zallik, axloqiy barkamollik qonuniyatlari asosida idrok etish va ularga amal qilish majburiyatlarini rivojlantirish; kasb ta’limi o‘qituvchilarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy hayotga, mehnatga axloqiy-estetik tayyorlanishni, fanlar mazmunidagi axloqiy-estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur o‘zlashtirishlarini ta’minlashda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Inson ma’naviy olamni his-tuyg‘ulari, aql idroki va iroda ixtiyori
yordamida o‘zlashtirib boradi. Shaxs his-tuyg‘ularini shakllantirish va
tarbiyalash, nafosatka nisbatan mehr uyg‘otish bugungi kunning dolzarb
muammosiga aylangan.
Shunga ko‘ra tadqiqotning dolzarbligini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin:
|