jarayonlari va natijalari; san’at taraqqiyotining darajasi




Download 148 Kb.
bet8/17
Sana20.05.2024
Hajmi148 Kb.
#245469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Diplom ishi Psixologiya yunalishi..

jarayonlari va natijalari; san’at taraqqiyotining darajasi;
-ijtimoiy tabaqa, guruhlarning estetik qarashlari, didlari va
manfaatlari holati;
-nafosat tarbiyasi va amaliyoti hamda kishilarning sotsial-estetik
faollik darajasi.
Estetik madaniyat qadriyatlarini o‘zlashtirish shaxsiy va ijtimoiy
tajribaning o‘zaro aloqadorligi negizida amalga oshadi, unda shaxsning
estetik dunyoqarashi, qadriyatlarga tanlab munosabatda bo‘lish malakalari, nafosat va mukammallik to‘g‘risidagi tasavvurlari, predmetli olam, san’at qadriyatlarini idrok etish shakllari, estetika, san’atshunoslik to‘g‘risidagi
bilimlari muhim omil hisoblanadi. Shaxsning estetik madaniyati, shunday
qilib, estetik qadriyatlarni yaratish, o‘zlashtirish va iste’mol qilish
usullaridan tashkil topadi.
Estetik madaniyatda badiiy faoliyat alohida o‘rin tutadi. Estetik
madaniyat bilan badiiy madaniyat o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar
masalasi shundan kelib chiqadi. Badiiy madaniyat estetik madaniyatning
o‘zagi hisoblanadi, biroq ular aynan teng ma’noda ishlatiladigan
tushunchalar emas. Agar estetik omil madaniyatning boshqa turlarida
ahamiyati jihatidan ikkinchi darajali o‘rinda tursa, badiiy madaniyatda u
ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytilganidek, insonning moddiy-texnikaviy yoki ilmiy
sohadagi faoliyatida ham estetik jihatlar mavjud, biroq bu sohalarning
mohiyati estetik kategoriya bilan o‘lchanmaydi. Badiiy madaniyatning tabiati
va mohiyatini esa estetik faoliyatni hisobga olmay turib tushunish mumkin
emas. Boshqacha aytganda, estetik qimmati bo‘lmagan badiiy asar haqiqiy badiiy madaniyat hodisasi bo‘la olmaydi. Gnoseologik (bilish) yoki
tarbiyaviy jihatdan, masalan, roman yoki badiiy film nechog‘lik dolzarb
mavzuga bag‘ishlanmasin, estetik talablarga javob bermasa, u haqiqiy ma’no
kasb etmaydi. Shu ma’noda turg‘unlik yillarida vujudga kelgan ko‘plab
g‘oyaviy saviyasi past, «xom» asarlar badiiy madaniyatga faqat rasmiyatchilik nuqtai nazardan tegishli bo‘lgan, holos.

Download 148 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 148 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



jarayonlari va natijalari; san’at taraqqiyotining darajasi

Download 148 Kb.