I.BOB I. II. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning mavjud holati




Download 148 Kb.
bet4/17
Sana20.05.2024
Hajmi148 Kb.
#245469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ishi Psixologiya yunalishi..

I.BOB
I. II. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning mavjud holati
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, xalqimiz kelajagini
belgilab beruvchi bir qancha masalalar qatorida o‘quvchi yoshlarga ta’lim berish va har tomonlama mukammal inson sifatida tarbiyalash davlat
ijtimoiy hayotining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Yoshlarni
xalqimizning milliy an’analari, o‘zligiga, sadoqatli jamiyatning har
tomonlama mukammal fuqarosi darajasida tarbiyalash uchun Prezidentimiz
I.A.Karimov aytganidek: - “Buyuk davlat,buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil,ma’rifatli,ayni paytda o‘zining o‘tmishi,ulug‘ qadriyatlari,millati
bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak”.
O‘qish jarayonida talabalar axloqiy va estetik ongini takomillashtirish muhim va dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kadrlar tayyorlash Milliy dasturida inson omiliga alohida urg‘u berilgan. Prezidentimiz “Ma’naviy-axloqiy poklanish, imon,insof, diyonat, or-nomus va shu kabi chinakam fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi.
Hammasini zaminida tarbiya yotadi” deb bejizga aytmagan. Shu jumladan, barkamol, ilmga chanqoq, irodali, aqliy va axloqiy fazilatga boy, estetik didli shaxslarni tarbiyalashda “oliy o‘quv yurtlarining ahamiyati kattadir”.
Oliy o‘quv yurtlarida shaxsni kamol toptirish maqsadida bo‘lajak
o‘qituvchilarni axloqiy–estetik tarbiyalash tamoyillari, omillari, tizimi,
sharti va mohiyati masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Axloqiy–estetik tarbiyalash tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:



T/r

Tamoyil nomi

1

Talabalarning yoshi, ularning tavsifi, axloqiy-estetik
tarbiyasining boshlang‘ich darajasi

2.

Tizimlilik, izchillik, bosqichma-bosqichlilik, yaxlitlilik,
fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ketma-ketlik, integrativlik

3

Texnologiyalilik, birlik va butunlik

4

Didaktika – barcha didaktika tamoyillaridan foydalanish

5

Muntazamlilik, muammoni ko‘tarishdan uni yechishgacha borish

6

Ijobiylik, namunaviylik, ko‘rgazmalilik, idealga intilish ustunligi

7

Ta’lim-tarbiya jarayonini, bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalashni, ularning shaxsini kamol toptirishni insonparvarlik g‘oyalari
bilan yo‘g‘riltirish;

9

Madaniy muvofiqlik –milliy-madaniy, umuminsoniy, axloqiy-estetik qadriyatlar prioriteti bilan

10

Shaxsga qaratilganlik – shaxsga diqqat-e’tibor, u afzal ko‘radigan
narsalarga, uning tanloviga, o‘qish va hayotda o‘zini namoyon
qilishiga e’tibor va shu kabilardir.

Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash omillari


quyidagilarda ko‘rinadi:

  • -konseptual-pedagogik omillar - davlat ta’lim siyosati

mazmunida;

  • metodologik- nazariy omillar– yangi pedagogik fikrlash, zamonaviy pedagogika faniga muvofiqligi;

  • ijtimoiy-pedagogik omillar;

  • milliy-madaniy omillar – o‘zbek xalqining milliy an’analari

va tarixiy-madaniy qadriyatlariga murojaat qilish;

  • bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiga taalluqli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy va ma’naviy estetik omillar;

  • o‘quv materialining mazmuni, bo‘lajak o‘qituvchining shaxsi,

uning bo‘lajak ta’lim tarbiya faoliyati bilan hamohang bo‘lgan
axloqiy-estetik qarashlari;

  • o‘quvchilarning ruhiy holati, yoshi, ularning qiziqishlari,

qobiliyatlari va ehtiyojlariga, “shaxs” meniga, talabalarning sabab
tushunchasiga, axloqiy-estetik materialni bilish, qabul qilish-anglash-tushunish va adekvat ongga interiorizatsiya qilishiga oid psixologik omillar;

  • tushunchaviy-mezoniy omillar -talabalarning zarur terminlar, tushunchalar, estetik va axloqiy, axloqiy-estetik kategoriyalarni bilishi;

  • fanlararo omillar;

  • nazariy-pedagogik omillar - muammoni ilmiy asoslangan, pedagogik asoslarda hal qilish;

  • ruhiy-o‘rgatish omillari – yorqin, esdan chiqmaydigan ruhiy ta’sir ko‘rsatadigan axloqiy-estetik yuqori ma’naviyatli, estetikto‘laqonli, milliy, tarixiy-madaniy, nafis, badiiy-tasviriy, milliy-an’anaviy materiallardan foydalanish;

  • texno-pedagogik omillar – konstruktiv-maqsadga yo‘naltirilgan;

  • nazariy-amaliy omillar – muammoni hal qilishda ilmiy amaliy asoslardan foydalanish;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarning vazifasi, ilmiy ishi va faoliyatining

turlari va variantlariga taalluqli bo‘lgan, axloqiy-estetik bilim, tushuncha, tasavvur va qobiliyat talab etadigan intellektual-ijodiy omillar;

  • metodik omillar – eng samarali usullar va vositalardan,

muayyan-predmetli metodikadan foydalanish;

  • ijtimoiy-kommunikativ omillar - bo‘lajak o‘qituvchilarni

axloqiy-estetik mavzu, muammo, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan
dialogga, ommaviy chiqishlarga, o‘z fikri, dunyoqarashini himoya
qilishga o‘rgatish va boshqalar.
Talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalash mezonlariga to‘g‘ri keladigan
maqsad, muyyan amaliy vazifa va kutilayotgan natijadan kelib chiqqan holda
shaxsni kamol toptirish maqsadida bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik
tarbiyalashga tizimliyondoshish zarurdir. Tizimli yondoshishda bo‘lajak
o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalashga ko‘maklashuvchi tamoyil va
omillar inobatga olinadi, bular motivatsion, ta’lim-tarbiya va shaxs omili.
Tizim fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida tuziladi:
Umumpedagogik fanlar tizimining zamonaviylashtirilgan mazmunidan quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq:

  • bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalashning metodologik-nazariy va milliy-mazmuniy jihatlari (“Pedagogika tarixi” fanida);

  • axloqiy-estetik tarbiya asoslarining pedagogik va metodik jihatlari (”Pedagogika” fanida);

  • axloqiy-estetik tarbiyaga texnologik yondoshish (“Pedagogik

texnologiyalar” fanida);

  • axloqiy-estetik tarbiyaga ijodiy yondoshish (“Pedagogik mahorat”

fanida) kuchayib bormoqda.
Demak, talabalar umumpedagogik fanlarni o‘zlashtirishi jarayonida,
o‘quv dasturlarini ma’lum darajada zamonaviylashtirganda, bo‘lajak
o‘qituvchilarni muayyan maqsadda axloqiy-estetik tarbiyalash amalga
oshiriladi, natijada shaxsning kamol topishi ildamlanadi. Bu jarayonda
mazkur muammoni yechishning pedagogik asoslari, ularning ijodiy,
innovatsion xarakteri hal qiluvchi ahamiyatga ega.



Download 148 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 148 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB I. II. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning mavjud holati

Download 148 Kb.