|
Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion texnologiyalari. Reja: kirish I bob. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari
|
bet | 3/17 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 148 Kb. | | #245469 |
Bog'liq Diplom ishi Psixologiya yunalishi..Estetik tarbiyaning maqsadi: o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo'lgan axloqiy estetik, insonparvarlik ideallarini, go'zallikni ko'ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko'nikmalarini shakllantirish. Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo'ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo'llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e’zozidagi va xalq e’tiboridagi shaxslarni ibrat namuna qilib ko'rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g'oyaviy asosdir. Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go’zallik kategoriyasidir. Uning ma’nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini ta’minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go'zallik tushunchasining mazmunmohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik:
• go’zallik - bu kishining qalbi go'zalligi;
• go’zallik - bu kishining istarasi issiqligi;
• go‘zallik - bu kishining go'zal xulq egasi bo'lishi;
• go’zallik - bu bamisoli daraxt, yaprog’i - axloq, ildizi - ichki dunyo,
mevasi -yaxshi fazilat.
Xullas, odam bolasidagi go'zallik - tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq- atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdan iborat (Mirzakalon Ismoiliy). Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir. Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g'oyat murakkab, ko’p qirrali dinamik jarayon bo'lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo'lga kiritish mumkin. Estetik tarbiya bu - o'quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go'zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Estetik ta’lim-tarbiya — insonda zavq uyg’otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko'rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiyestetik tafakkurni shakllantirish.
Estetik rivojlantirish - bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik tarbiyasini egallab olishga bog'liq bo'lib, turli yo'llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. U jamiyat estetik tarbiyasini turli ma’naviy va moddiy ko'rinishlarda tushunib olishni ta’minlaydi.
Talaba-yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:
• estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;
• estetik jihatdan bilimdonlik;
• estetik ko'nikma va malakalarning shakllanganligi;
• estetik his-tuyg'uning mukammalligi;
• o'z mehnatidan zavq ola bilish va natijani baholay olish qobili- yatlarining, hissiyot va qobiliyatlarining mavjudligi;
• go'zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy xislatlar majmualaridan iboratdir.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi - talaba-yoshlarda ma’naviy jihatdan go'zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san’at asarlarini sevishni shakllantirish, tarix va me’moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg'otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo'lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko'nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda;shuni qayd etish mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo'ladi. Estetik tarbiya yosh avlodning, ya'ni talabayoshlarning badiiy- ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo'ladi. Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan iborat bo'ladi. Bunda mustaqil respublikamizdagi ta’lim-tarbiyani isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlar ham e’tiborga olinmog'i lozim.
Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kinoteatrlar, galereyalar, o‘tmish obidalari, tarixiy me’morchilik yodgorliklari, san’at asarlari va tarixiy madaniy joylar va hayot tarzimizdagi borlig‘imiz hamda ulardagi go‘zalliklar talaba-yoshlarimizni estetik ruhda tarbiyalashga asos bo’ladi.
Estetik tarbiya vositalari - talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarakatrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Bunda san’at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo‘shiq, boshqa musiqaviy harakatlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagogo'qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda hayotdagi chiroy – bu axloqiy va estetik tarbiyaning natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va mehnat unumdorligi, odamlarning kundalik hayoti, o’zaro munosabatlar bilan chambarchas bog’liq.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning innovatsion texnologiyalari. Reja: kirish I bob. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari
|