|
II BOB.BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI
|
bet | 5/17 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 148 Kb. | | #245469 |
Bog'liq Diplom ishi Psixologiya yunalishi..II BOB.BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.
II.1. Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik tarbiyani shakllantirish mazmuni
Kishini kamol toptirish maqsadida bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalashni 4 ta asosiy shart bilan bilib olishimiz mumkin.
I. Psixo-pedagogik.
Talabalarga emotsional-psixologik ta’sir. Talabalar tomonidan
motiv, motivatsiya va motivirovkaning o‘zlashtirilishi. Bo‘lajak
o‘qituvchilarning “Men” konsepsiyasi negizida o‘ziga baho berish
qobiliyatiga ega bo‘lishi.
II. Tashkiliy-pedagogik.
Axloqiy-estetik tarbiyaning maqsadini aniqlash va anglash.
Kutiladigan natijani oldindan ko‘ra bilish. Talabalarni ma’ruzaning
mavzusi va mazmuni bilan tanishtirish, tinglovchi-talaba-bo‘lajak
o‘qituvchilarga muayyan talab qo‘ygan holda suhbatlar o‘tkazish.
III. Pedagogik.
Talabalarga ma’ruza, suhbat, bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’ruza o‘qish
faoliyati texnologiyasini o‘rgatish. Talabalarning axloqiy-estetik fikr
mulohazasi, ijodiy fikrlashi va tasavvurini faollashtirib,o‘z fikrini
“Pedagogika tarixi”“Pedagogika” “Pedagogik texnologiyalar”
“Pedagogik mahorat” himoya qilishga o‘rgatgan holda ma’ruza materiallarini mustahkamlash va takrorlash. Talabalar o‘z axloqiy-estetik fazilatlari va qobiliyatlarini, shu jumladan shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini namoyon qilishlari uchun sharoit yaratish; ularning axloqiy-estetik bilim va hissiyotlarini adekvat
shaxsiy kamol topishlarini interiorizatsiya qilishga yo‘naltirish.
Talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’ruza va suhbatlarni ko‘rgazma
materiallari va matnli materiallar bilan ta’minlash.
Bundan tashqari talabalarga emotsional-psixologik va motivatsion
ta’sir ko‘rsatish; umumpedagogik fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarni
fanlararo bog‘liqlikning muayyan parametrlari asosida modifikatsiya
qilish; milliy va umuminsoniy qadriyatlar hisoblangan zarur nazariy va
potensial-tarbiyaviy axloqiy-estetik materialni tanlab olgan holda
tizimli va tarkibiy-ma’noviy yondoshish; ilmiy asoslangan nazariy-pedagogik va amaliy asoslar, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida ijodiy
foydalanish. tarbiyalanuvchilarning shaxsiy, kreativ-pedagogik omilini
inobatga olgan holda pedagogik muloqotni yuqori axloqiy-estetik darajada
olib borish; munosabatlarning turli darajasida kelajakda o‘qituvchi
bo‘lishga tayyorlanayotgan talabalarning ijtimoiy-kommunikativ faoliyatiga
e’tibor berish, ularning axloqiy-estetik muvaffaqiyatlariga ahamiyat
berish va ijtimoiy faoliyatlarida foydalanish; bo‘lajak o‘qituvchilarning
barkamollikka intilishini rag‘batlantirish kabi shartlar orqali bo‘lajak
o‘qituvchilarni axloqiy – estetik jihatdan tarbiyalasak, kelajak avlodni
yuksak ma’naviyatli, komil inson qilib tarbiyalashga zamin yaratgan bo‘lamiz.
|
| |