Estetik tarbiya tushunchasining talqini




Download 148 Kb.
bet6/17
Sana20.05.2024
Hajmi148 Kb.
#245469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Diplom ishi Psixologiya yunalishi..

Estetik tarbiya tushunchasining talqini.
Estetik tarbiya insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan uzviy
bog‘langan munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi
Estetik tarbiya sohasi insonning voqelikka munosabatida uning o‘z-o‘zini erkin
namoyon etishi bilan bog‘langandir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki,
inson tabiat narsalarini qayta ishlashda uning o‘z jinsi va turiga mos
me’yorni topa oladi va gavdalantiradi.
Estetik tarbiya jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi
bo‘lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan
bog‘lab tushuntirish mumkin.
“Esetik tarbiya” tushunchasiga har xil tavsiflar beriladi, qolaversa
shaxsning estetik madaniyatini o‘rganish falsafa, sotsiologiya, estetika,
pedagogikada turlicha yondashuvlarni talab etadi. Shaxs estetik madaniyatini
tadqiq etish “shaxs” tushunchasini o‘rganishni, turli xil qarashlardagi
ta’riflardan bizning tadqiqotimizga yaqin bo‘lganlarini belgilab olishni
talab etadi.
“Estetik tarbiya” tushunchasi har xil variantlarda talqin etiladi:
“ijtimoiy”, “operatsion” vosita (O.Larmin); badiiy madaniyatning o‘ziga
xos ko‘rinishi (L.Kagan, I. Matsa); “mavjud obyektiv qadriyatlarni inson tomonidan o‘zlashtirilishi va uning shunday qadriyatlarni yaratishga
qaratilgan faoliyat me’yorlari” (U.Suna); bu - shaxsning individual-estetik
madaniyatida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ijodiy-yaratuvchilik, ma’naviy-mushohada yuritish va ilmiy-nazariy jihatlari (M.Piradov); ongi, his-tuyg‘ulari,
qobiliyatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etuvchi individning murakkab
integrativ mahsuli. Shaxsga nafosatni to‘laqonli idrok etishG’.
Estetik munosabat va unga muvofiq keladigan estetik qadriyatlar
tizimi estetik madaniyatning barqaror jihatlari hisoblanadi. Estetik
madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning
o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, faoliyat deyilganda insonning olamga nisbatan predmetlar
bilan bog‘langan munosabati tushuniladi. Faoliyat tufayli inson tabiatni
takror hosil qiladi, o‘zgartiradi, binobarin, faoliyat asosida insonning
ijodkorlik qobiliyatiyotadi
. Faoliyat inson mavjudligining ijtimoiy usuli bo‘zlib, ma’naviy-moddiy, intellektual jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Faoliyat qo‘l harakatiga o‘xshash fikrlar yo‘nalishini ham, inson xulqi
qoidalariga o‘xshab ketadigan bilish jarayonini ham ifoda etadi
Faoliyat amal qilmog‘i uchun quyidagi uch jihat zarur;
-faoliyat subyekti,
-faoliyat obyekti,
-faoliyat jarayoni.
Faoliyatning subyekti obyekt yoki boshqa subyektlarga yo‘naltirilgan
faol jihatlar majmuidir. Shu ma’noda muayyan shaxs, u yoki bu ijtimoiy guruh va nihoyat, jamiyatning o‘zi ham faoliyat subyekti bo‘lishi mumkin.
Estetik faoliyatning subyekti estetik qobiliyat, ijodiy erkin
mushohada va obrazli fikrlash layoqatiga ega, muammoli holatlarda erkin xatti-harakat ko‘rsata oladigan inson hisoblanadi. Subyekt o‘zigacha mavjud
va tayyor estetik qadriyatlarni «fahmlash» bilan chegaralanmaydi, aksincha, har safar predmetni u o‘z tasarrufi va idealiga muvofiq qayta ishlaydi.

Estetik faoliyat jarayonida subyektning estetik ehtiyojlari takomiilashib,


boyib boradi.
Subyektlarning faolligi yo‘naltirilgan jihatlar yig‘indisi faoliyat
obyektini tashkil etadi. Tabiat predmetlari, ijtimoiy hodisalar,
insonning o‘zi shunday obyekt bzla oladi. Bordi-yu subyektning harakati
uning o‘z-o‘ziga qaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini o‘zi anglash kabi), unda subyekt ayni vaqtda obyekt o‘rnini ham bosishi mumkin.
Faoliyat jarayoni, borliqning asosiy qonuniyatlari (yaxlitlik,
mutanosiblik, uyg‘unlik, me’yoriylik va boshqalar) ularning tashqi
ifodalari (yorqinlik, ifodaviylik va boshqalar), ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari (ijtimoiy ravnaq, erkinlik, insonparvarlik va boshqalar)
estetik faoliyatning asosini tashkii etadi. Tabiiyki, bu xossalar
tashqarida yotmaydi, aksincha, ularni aniqlamoq uchun maxsus faoliyat
ko‘rsatish kerak. Estetik faoliyat obyekti ana shunday vazifani bajaradi.
Faoliyat subyekt tomonidan obyektni o‘zlashtirish darajasini
ifodalaydigan ko‘rsatkichdir. Demak, faoliyat subyektning obyektga
munosabati tarzida yuzaga keladi. Subyektning maqsadiga ko‘ra faoliyatning
bir necha turlari, masalan, qayta o‘zgartiruvchanlik, bilish va boshqalar
mavjud bo‘zladi. Faoliyat jarayonida qo‘llanilayotgan vositalarga qarab, u moddiy-amaliy, ma’naviy-amaliy turlarga bo‘linadi. Shuningdek, faoliyat
ishlab chiqarish va iste’molchilik tarzida ham amalga oshiriladi.
Faoliyatning asosiy vazifasi insoniyat jamiyati mavjudligini
ta’minlash va uning tadrijiy rivojlanishiga xizmat qilishdan iboratdir
Boshqacha aytganda, jamiyat mavjudligi va yashab turishi inson turmushining
zaruriy shartidir. Binobarin, inson faoliyati yashash uchun real muhitni -«ikkilamchi tabiat»ni yaratish va mukammallashtirishga qaratiladi. Bordi-yu hayvonning xatti-harakati asosan uning o‘z jismoniy mavjudligi
(organizmi)ni muhitga moslashtirsa, inson faoliyati tabiatni, tevarak-atrofni o‘z maqsadlariga muvofiq ravishda o‘zgartiradi va qayta yaratadi.

Estetik faoliyat ham mohiyatan ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lsa-da,


muayyan tomonlari bilan ulardan ajralib turadi. Ishchi yoki olimning
mehnati estetik xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Biroq bu yerda estetik
maqsad asosiy narsa emas. Shuningdek, inson faoliyati va xulqining juda ko‘p hodisalarida estetik maqsad amaliy niyatlarni yuzaga chiqarishda
yordamchi vosita rolini bajarishi mumkin. Injener faoliyatidagi asosiy
niyat - loyihaning mukammal va pishiq bo‘zlishi, olimnikida - nazariya
mukammalligini ta’minlaydigan izchillik, ishchinikida - mehnat mahsuloti
sifatini oshirishdagi nafosat faoliyat natijasi hisoblanadi.
San’at sohasida bu masala boshqacharoq ma’no kasb etadi, ya’ni bu yerda
estetik maqsad mustaqil bo‘ladi, nafosat va mukammallikni yaratish
san’atdagi asosiy, yagona maqsaddir. Shu sababli, san’at orqali kechadigan faoliyat insonni tarbiyalashi, uni kurashga chorlashi, fikrini uyg‘otishi, his-tuyg‘ulariga ta’sir etishi, kuldirishi yoki yig‘latishi mumkin. Demak, estetik faoliyat mutanosiblik (garmoniya), nafosat va mukammallikni
maqsadga muvofiq ravishda in’ikos etish, bilish va yaratishni bildiradi.
Shunga ko‘ra, qadriyatlarni yaratish va insonni go‘zal qilib shakllantirishga
yo‘naltirilgan faoliyatni estetik faoliyat deyish mumkin.
Yo‘nalishi va predmetiga qarab estetik faoliyatni quyidagi turlarga
bo‘lish mumkin

  • 1.Predmetli muhitni estetik jihozlash, ya’ni moddiy ishlab chiqarish

sohasida estetik faoliyat:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 148 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Estetik tarbiya tushunchasining talqini

Download 148 Kb.