• 0-mavzu:Sorochka konstruksiyasini hisoblash. Reja
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar


    1
    0-mavzu:Sorochka konstruksiyasini hisoblash. 
    Reja: 
    1.Konstruksiyani qurish uchun asosiy o’lchovlar 
    2. Sorochka detallariga ishlov berish 
    3.Standart jussa o’lchovlari 
     
    Tayanch iboralar:
    taqilma, qirqma adipli, cho’ntak, yoqa, qotirma,old, ort, yeng, koketka 
    Sorochka konstruktsiyasini qurish, gavda o’lchov belgilarini tanlashdan boshlanadi. 
    O’lchov belgilari qiymati namunaviy (tipaviy) me’yoriy hujjatlardan (GOST yoki tarmoq 
    standartlari), fan bo’yicha mavjud darsliklardan yoki muayyan qomatni o’lchash orqali 
    aniqlab olinadi.Sorochka taqilmasi uning modelining asosiy belgisidan biridir. Taqilma 
    yuqoridan pastgacha, ochiq holda bo’yin o’mizidan old bo’lakning o’rtasigacha yoki undan 
    yuqoriroqda loyihalanishi mumkin. 
    Taqilmaga ishlov berish usuliga qarab qirqma va yaxlit plankada, old bo’lak bilan 
    yaxlit bichilgan va qirqma adipli, yashirin holda loyihalanishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan 
    taqilma turi sorochka bortiga bo’yin o’mizidan etakkacha planka bilan ishlov berishdir. 
    Adipli taqilma katta yoshdagi erkaklar uchun mo’ljallangan modellarda ko’p uchraydi. 
    Sorochka tugmasining o’rni o’ng old bo’lakda, izma esa chap old bo’lakda belgilanadi. 
    Taqilma tugmaga, pistonga, ilgakka, bog’ichga, «molniya» ga taqilishi mumkin.
    O’g’il bolalar sorochkasini modellashda unifikatsiyalangan bo’laklardan keng 
    foydalaniladi. Katta bo’laklar (old, ort, yeng, koketka) bilan birga mayda bo’laklar ham 
    unifikatsiyalangan bo’lishi mumkin. Bitta asos konstruktsiya asosida unifikatsiyalangan 
    bo’laklarni almashtirish vositasida bir necha modellarni qurish mumkin. Cho’ntak, yoqa, 
    qotirma bo’laklari ham unifikatsiyalangandir. 
    Bolalar sorochkasi ip, zig’ir, shoyi, jun, aralashgan tolali, sun’iy tola gazlamalardan 
    tikiladi. Gazlama yemirilishga, yuvishga chidamli, kam g’ijimlanuvchan, kirishmaydigan, 
    rangi o’chib ketmaydigan, havo o’tkazuvchan, suv shimadigan bo’lishi kerak.
    Gazlamaga bunday xossalarni berish uchun ularga sun’iy qorishmalar bilan ishlov 
    beriladi, poliefir va poliamid tolalar bilan qo’shib ishlab chiqariladi


    Download 5,63 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish