• 11-mavzu: O’g’il bolalar sorochkasi konstruksiyasini qurish. Reja
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar


    11-mavzu: O’g’il bolalar sorochkasi konstruksiyasini qurish. 
    Reja: 
    1.Bolalar kiyimiga qo’yiladigan talablar. 
    2.O’g’il bolalar sorochkasi modellari. 
    3.O’g’il bolalar sorochkasi uchun gazlama tanlash. 
    Tayanch iboralar:
    bichim,uslub, klassik, fantazi, sport,sorochka,konstruksiya, 
    Garderob, taqilma 
    Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning 
    funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi kompleks tushuncha bo’lib, kiyimning 
    konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo’yiladigan fiziologik, sotsial va texnologik 
    talablarini o’z ichiga oladi. 
    Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Maktab 
    bolalarining kiyimlar garderobini maktab formasidagi o’quvchilar kiyimi bilan bir qatorda, 
    sport kiyimlari tashkil etadi. Kundalik kiyimning turli uslubdagi formalari va qat-qatligi 
    bilan xarakterlanadi. Ko’proq to’g’ri bichimli tikilishi uning yeng o’miziga o’tqazib 
    tikiladigan yoki reglan bichimli yoki kombinatsiyalashtirilgan bo’lishi mumkin, cho’ntaklar 
    turli bo’lishi mumkin. 
    Formalar universallashtirilishi natijasida beshta yosh guruhi o’rniga ikki guruh 
    qoldirildi: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlari, 12 
    yoshgacha bo’lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr hisoblanadi. Bu guruhga mansub 
    bolalarning kiyimlari qulay, shinam, maqsadga loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy 
    bezatiladi. Bu: applikatsiya, kashta, kiyimni chiroyli ko’rsatadigan rasmlar atrofdagi 
    muhitni bilish vositalari hisoblanadi. 
    12 yoshdan katta bolalalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning kiyimlariga oz-
    ozdan o’xshatila boriladi. 
    Bolalar modasida yangilik, birinchi navbatda, yangi turdagi kiyim assortimentlarini 
    ko’payishidir. Bolalar kiyimini loyihalashning asosiy yo’nalishlaridan biri-kiyimning 
    kombinatsiyalashtirilgan formasini hosil qilish bilan birga, 
    ayrim buyumlarning o’zaro almashuvchanligiga erishishdir.
    Hozirgi kunda bolalar kiyimining yetakchi va asosiy 
    bichimi to’g’ri bichimli kiyimdir; to’g’ri bichimning variantlari 
    juda ko’p. 
    Bolalarning keng tarqalgan kiyimi formasining to’kisligi 
    bilan ajralib turadi. Kiyimning belga yopishib turish darajasi 
    assortiment guruhlariga bog’liq. 
    Hozirgi vaqtda sovuq o’tkazmaydigan material, qavilgan 
    katta hajmli, yopishib turadigan formadagi kiyimlar keng 
    tarqalgan. 
    Sorochka yon, yelka, yeng, o’miz qirqimlariga ishlov berish usuli bilan tikiladigan 
    uskunalar, ishlab chiqarishda qabul qilingan texnologiya tartibi va sorochka vazifasiga 
    bevosita bog’liq ravishda belgilanishi kerak 


    O’g’il bolalar sorochkasi uchun model tanlashda va konstruktsiyalashda gavda, 
    qomat va figuraning xususiyatlari hisobga olinadi.
    Sorochka klassik, sport, romantik uslubda bo’lishi mumkin. Bulardan tashqari 
    sorochkalar kundalik, bayramona, uy uchun va harbiy turlarga bo’linadi. T-42 modulda 
    sorochkaning boshqa belgilari (mavsum, gazlama turi, vazifasi, silueti) bo’yicha turlarga 
    bo’linishi batafsil yoritilgan,
    Sorochka andozalarini tayyorlash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar bo’lishi shart: 
    model-konstruktsiyasining chizmasi, kiyim bo’laklarini yig’ish chizmasi, tikish uchun 
    tavsiya etilgan materiallar xossalari haqqidagi ma’lumotlar. Konstruktsiya chizmasida 
    konstruktiv chiziqlar o’rni (ko’krak, bel, bo’ksa, o’rta chiziq, etak, yeng qiyamasi, 
    chuqurligi, cho’ntak o’rni). Montaj kertiklar yon qirqimda (2 tadan) koketkani ort bo’lakka 
    ulash qirqimida (tahlama o’rnini ko’rsatuvchi kertik), yeng qiyamasida, taqilma plankasida 
    va yeng yon qirqimida, (manjet ziylarini bukish o’rni) belgilanadi.

    Download 5,63 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish