Tarbiyachi: Kancha arifmetik masalalar tuzdik?
Bolalar: 4 ta.
Tarbiyachi: Kancha masala echdik?
Bolalar: 4 ta.
Tarbiyachi: Endi kelinglar, o'zimizning hayvonot bog'imizni tuzamiz. Kim qanday
xayvon yasashnи xoxlasa, yasasin.
Bolalar loydan xohlagan hayvonlarini yasashadi. Loy bilan ishlashdan oldin
bolalarga butun loy bo'laklaridan hayvon gavdalarini yasashning oson yo'llari
tushuntirib berildi. Bolalar guruh bo'lib hayvonlarni yasashga kirishadilar.
Tarbiyachi: Qani bolalar, kelinglar ko'raylikchi, nechta va qanday hayvonlar
bizning xayvonot bog'imizda bor ekan?
Mashg'ulot tahlili: Qaysi hayvon sizga yokdi? Nima uchun? Bir qatorga qo'yish
56
va tahlilni davom ettirish.
Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, hayvonlar qanday chiroyli, bir qatorga ketma-ket
saflanib turishibdi.
Xo'tikcha nechanchi bo'lib turibdi?
Begemot nechanchi?
Jirafa nechanchi bo'lib turibdi?
Uning o'ng tomonida nima turibdi?
Filcha nechanchi bo'lib turibdi, uning chap tomonida va o'ng tomonlarida qaysi
xayvonlar bor?
Yaxshi, to'g'ri harakat qildinglar, hayvonot bog'imiz juda qiziqarli bo'ldi.
-
Endi esa menga aytinglar-chi, bugun haftaning qaysi kuni?
-
Seshanba.
-
Endi esa mening tuzgan masalamni to'g'ri topsangiz, biz siz bilan hayvonot
bog'iga sayrga boramiz.
-
Shunday qilib, eshiting. Butun seshanba bo'lsa, 3 kundan keyin biz hayvonot
bog'iga borsak, haftaning qaysi kuni biz siz bilan sayrga boramiz ekan?
-
Shanba kuni.
-
To'g'ri. Endi dam oling.
Mana bolajonlar, ashula aytib dam oldik. Endi "Uychangni top" o'yinini
o'ynaymiz.Hozir men mana bu shakllarni sizga tarqatib chiqaman va sizlar erdagi
yasalgan shakllardan o'z shaklingizni topib, shu uychangizga kirib olasiz. Adashib,
boshka shaklga tushib qolgan bola o'yindan chiqib turadi.
SHaklingizni topolmasangiz, uysiz qolgan bo'lasiz.Qani, o'yinni boshladik.
Bolalar shakllarni bo'yinlariga osib oladilar va musiqa ostida yugurib borib
uychalarini topishga tushadilar. Musiqa tinishi bilan tezda uychaga kirib olishlari
kerak edi, ayrim bolalar uychalarini adashtirib qoladilar. Ular o'yindan chiqib
ketadi. O'yin 3-4 marotaba takrorlanadi.
So'ngra bolalar stolga taklif qilinadi va o'zlari qurgan geometrik shakllardan
xohlaganini chizadilar. Mashg'ulot yakunlanadi.
|