55
Tarbiyachi: Bolalar sizlar topishmoqlar topishni yaxshi ko'rasizlarmi?
Bolalar: Ha.
Tarbiyachi: Unday bo'lsa topishga harakat qilinglar.
Qishda uxlar, yozda asal qidirar. (Ayiq)
Ayyor xo'jayin o'rmonga chiqdi.
Qordan yura ketdi.
Izini dumi bilan yo'qota ketdi. (Tulki)
Tarbiyachi: Barakalla bolalar. Bolalar sizlar ham hayvonlar hakida topishmoqlar
bilasizlarmi?
Bolalar topishmog'i.
Tarbiyachi: Kim qunt bilan tinglagan bo'lsa, aytsinchi, nechta topishmoq aytildi?
(Tarbiyachi birinchi topishmoq, nima xaqida, ikkinchisi nima
xaqida ekanligini
so'raydi).
Tarbiyachi: Bolalar, xayolan o'zimizni "Hayvonot bog'i"da deymiz va hayvonlar
haqida qiziq masalalar tuzib ko'ramiz.
Bolalar o'ylab sonli kartochkalari yordamida masalalar tuzishadi. Gilam ustida
sonli misollar hosil buladi.