o’rgatishning nazariy asoslari” deb nomlanib maktabgacha
yoshdagi bolalarni
masalalar yechishga o’rgatishning pedagogik asoslari tahlil qilingan .Bunda o'quv
mashg'ulotlarida masala yechishga o’rgatishning hozirgi holati, maktabgacha
yoshdagi bolalarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmasining
shakllanishida masala
yechish mashg’ulotlari o’rni i o'qitish samaradorligini oshirishga ta`siri haqida fikr
yuritilgan.
Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobi ―T
ayyorlov guruh bolalarini
arifmetik masalalar yechishga o’rgatishning metodik asoslari” deb nomlanib,
masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari, tayyorlov guruhida bolalarni masalalar
tuzishga o'rgatish, mashg'ulotlarda mustaqil ishlar vositasida
arifmetik masalalar
yechishga o’rgatishni tashkil etish va nazorat qilish texnologiyasi va metodikasi
berilgan.
Xulosa
Jajji bolajonlarga ta`lim-tarbiya berishning takomillashgan usullarini
ishlab chiqish va amaliyotda ulardan samarali foydalanish
masalalari har bir
muassasaning kun tartibida muhim masalalardan biri bo'lib turibdi. Masalaga shu
nuqta nazardan qaraganda maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga
oshiriladigan barcha ta'lim-tarbiya ishlarini bir-biriga uzviy bog'lab borish, biri
ikkinchisini to'ldirib turishi, ta`limni eng oddiy ko'rinishlaridan foydalanib
bolalarga o'qish, yozishга nisbatan qiziqish va havas uyg'otish masalalari dolzarb
sifatida namayon bo'lmoqda.
Tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar
yechishga orgatish haqidagi
bitiruv malakaviy ish mavzusining ilmiy farazini to'g'riligi ishni bajarish
davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida o'z isbotini topdi va quyidagi
xulosalarni chiqarish imkonini berdi.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni masalalar yechishga o’rgatish
dolzarb
pedagogik muammo ekanligi aniqlandi.
64
2. Masalalar yechishga o’rgatish mashg'ulotlarining bolalarda mustaqil fikr
yuritish ko’nikmasi shakllanishdagi ahamiyatini belgilash uchun ilmiy asoslangan
tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyatiga ehtiyoj mavjud.
3. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilishda ―Adabiyotlar
tahlili shuni
ko’rsatdiki, bolalar masalalar yechishga o’rgatilsa, ularning mantiqiy fikrlashi
o’sadi, dunyoqarashi rivojlanadi. Buni men amalgam o’z tajribamda ham sinab
ko’rib , buning guvohi bo’ldim.
4. Masala yechishga o’rgatish ishini asta-sekinlik
bilan osondan qiyinga,
soddadan murakkabga qarab boorish tamoyiliga tayangan holda masala tuzish
ishlari olib borildi, ya’ni bolalar dastlab narsa – predmetlarga qarab, so’ngra
ularni
tasavvur qilib, rasmga qarab masalalar tuzishni o’rganib borishadi. Shuni aytish
kerakki, dastlabki paytlarda bolalar bunday topshiriqlar bo’yicha mustaqil
masalalar tuzishga ancha qiynaldilar. Lekin
keyinchalik masala tuzishga
o’rgatish ishini ma’lum tizim asosida uzluksiz tashkil qilish natijasida bolalar
qiyinchiliklarni bartaraf etishdi. Mustaqil masala yecha olishadigan bo’lishdi.