58
soddadan murakkabga qarab boorish tamoyiliga tayangan holda masala tuzish
ishlari olib borildi, ya’ni bolalar dastlab narsa – predmetlarga qarab, so’ngra
ularni
tasavvur qilib, rasmga qarab masalalar tuzishni o’rganib borishadi. Shuni aytish
kerakki, dastlabki paytlarda bolalar bunday topshiriqlar bo’yicha mustaqil
masalalar tuzishga ancha qiynaldilar. Lekin
keyinchalik masala tuzishga
o’rgatish ishini ma’lum tizim asosida uzluksiz tashkil qilish natijasida bolalar
qiyinchiliklarni bartaraf etishdi. Mustaqil masala yecha olishadigan bo’lishdi.
Maktabga tayyorlov guruh bolalariga yuqori pag’onadagi bilimlarni berish
uchun turli yo’llar va vositalar orqali ularning ijodkorligini oshirish kerak. Zero,
―Bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiy bilimdir‖ deb
yozgan edi buyuk A.Q.Tolstoy.