Ikkinchi bob bo`yicha xulosa
Mashg`ulot jarayonida tarbiyachining asosiy boshqaruvchilik vazifasi
mashg`ulotda uncha faol bo’lmagan bolalar diqqatini va qiziqishini orttirishga
qaratishdan iborat. Bolalarning mashg`ulot davomida shaxsiy qobiliyatlari, idrok
qilishlari, tushunish anglash xususiyatlari namoyon bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya'ni
narsalar ustida ish bajarishdan (qo'shish, ayirish) bevosita kelib chiqadigan
(qo'shdik-ko'paydi, ayirdik- kamaydi) arifmetik masalalarni yechishni o`rganadilar.
Bular yig'indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir. Bolalarni katta songa
kichik sonlarni qo'shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval 1 sonini qo'shish va
ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo'shish va ayirishga o'rgatib boriladi.
Bola bunday turdagi sodda masalani to’g’ri yoki noto’g’ri bajarish munkin.
Bu uning bilish doirasini belgilaydi. Tanlangan masalalar mashg’ulot mazmuniga
mos bo`lishi, tuzilgan savollarning ma`nosi narsaning belgilariga mos kelishi
kerak.
50
III BOB
TAYYORLOV GURUH BOLALARINI ARIFMETIK MASALALAR
YECHISHGA O’RGATISH BO`YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARI
III.1. Mashg'ulotlarda tayyorlov guruhi bolalarini mustaqil arifmetik
masalalar yechishga o’rgatishni tashkil etish va nazorat qilish texnologiyasi
Biz o'z pedagogik amaliyotimiz davrida maktabga tayyorlov guruh
bolalarida qo'shimcha tuzilgan masalalar asosida ularning mustaqilligini tashkil
etishni sinab ko'rdik. Bu jarayonda o'zimizning oldimizga quyidagi maqsadlarni
qo'ydik:
a) mashg'ulotda va qisman uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda bolalarning
mustaqil ishlarini tashkil etishning hozirgi holati bilan tanishish, (bunda biz bu ish
mashg'ulotda har doim qo'llaniladimi, mustaqillikning turlari qanday va uning
bolalarining mashg'ulotdagi muvaffaqiyatlariga ta`siri qanday va hokazolarni
ko'zda tutdik).
b) Bolalarning mashg'ulot davomida mustaqil ishlashga, o'z-o'zini nazorat qila
bilishga o'rgatishning hozirgi darajasini aniqlash (bunda biz mustaqillik
doimiyligiga, darsning qaysi bosqichlarida va qanday metodlar bilan tashkil
etilayotganligini va undagi kamchiliklarini o'rganishni ko'zda tutganmiz)
SHu maqsad yo'lida kuzatishning quyidagi metodlaridan foydalandik.
1)
mashg'ulotlarda bolalarning mustaqil ishlarini tashkil etishi darajasini
aniqlash maqsadida kuzatish.
2)
Maktabgacha ta`lim bolalarning mustaqil ishlarini tashkil etishi darajasini
aniqlash maqsadida kuzatish.
3)
Bir necha elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlarini
analiz qilish
4)
Matematikadan nazorat mashqlar o'tkazish va uning natijalari bilan tanishish
Maktabga tayyorlov guruh bolalarining bilim va ko'nikmalar darajasini
o'zlashtirishlarini sinaш uchun, topshiriqlar ma`lum kartochkalarda yozilib, har bir
51
bolaga individual kartochkalar tarqatildi.
Masalan , quyidagicha topshiriqlarni berish mumkin:
52
Kuzatishlardan ma`lum bo'ldiki, topshiriqlarni individual kartochkalar
vositasida mustaqil echishgа topshirish, doskada yozib, frontal topshirishga
nisbatan ancha samaralarga ega ekan. Bunda bolalar diqqat bilan topshiriqning
mazmunini o'rganadilar. Ular butun diqqatlarini bir nuqtaga to'plab, o'z oldilariga
qo'yilgan topshiriqni hal etishga intiladilar.
Mustaqil topshiriqlarni tuzishda biz maktabgacha ta`lim uchun hozirgi
mavjud bo'lgan Bolajon dasturining maqsadi va mazmuniga asoslandik.
Mustaqil topshiriqlar bolalardan aktivlikni, ijodiy mahoratni hosil qilishni talab
qiluvchi, katta bo'lmasa ham kichik bir muammoni bolalar oldiga qo'yuvchi
xarakterga ega edi.
Yuqorida mustaqil ishlarning ba`zilari aytib o'tildi. Har bir tarbiyachi mustaqil
topshiriqlarni
o'zi
tanlashi
mumkin.
Maktabgacha
ta`lim
islohotining
yo'nalishlaridan biri ham bolalarning mustaqil ishlaridir. SHuning uchun
tarbiyachi har bir mashg'ulot jarayonida bolalarning bilish faoliyatini jonlashtirish
va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishni ta`minlovchi metodlarni qo'llashi lozim
53
Mustaqil ishlash bu bolalarning o'quv faroliyatlarini tashkil etish
shakllaridan biridir.
Mustaqil ishni tashkil etish, bolalardan hamisha aniq aqliy va jismoniy
qobiliyatlarini kuchaytirishni, o'z oldilariga qo'yilgan masalani hal qilishda
aktivlik, inseativlik ko'rsatishni va ijodiyotchilik elementlarini hosil qiladi.
Istalgan o'quv topshiriqlarini bajarish jarayonida bolalarning sistematik
tarzda o'z-o'zini tekshira bilishni talab qiladi.Bola o'zining xatosini topa bilishi, o'z
ishiga o'zgarish yasab, u xatolarnи tuzata bilishi kerak.Bu ishda o'rgatmasdan turib,
bolalarning mustakil ishlarini tashkil etish mumkin emas. Agar bola mustaqil ish
jarayonida o'z xatosini sezsa, uni xatoga yo'l qo'yish sabablarini bilishga o'rgatish
kerak. Xatoni tuzatgandan so'ng ham echimini tekshirib, uning to'g'riligiga ishonch
hosiл qilishi kerak. O'z-o'zini tekshirish asosida bola o'z xatosini tuzatibgina
qolmasdan, qo'yilgan masalani hal qilish yo'llarini shakllantira boradi. Kuzatishlar
shuni aniqlaganki, o'z-o'zini tekshira bilishgа bolalarni maxsus o'rgatish kerak.
Bunda tarbiyachining doimiy nazorati, uning talabchanligi va bolalarning o'zlarini
o'zaro nazorat qilishlari katta rol' o'ynaydi, shuning uchun ham tarbiyachining
asosiy vazifasi bolalarga istalgan o'quv topshirig'ini bajarishda o'z-o'zini tekshirish
zaruriyatini etkaza bilishdir.
O'qitishning hamma bosqichlarida tarbiyachi bolalarning mustaqil o'quv
faoliyatlarini shakllantirishda qulay sharoitlar yaratishi mumkin. O'qitishda
mustaqillikning taraqqiyot darajasini ko'rsatuvchi faktorlar quyidagilardir:
1)
bolaning o'tilgan mashg'ulotning maqsadini kuzatishdan oldin xulosa va
priyomlarini umumlashtirib va ammalashtirib, boshqa dars mazmuniga tatbiq qila
bilish qobiliyati.
2)
Bolaning faoliyatidagi ehtiyoji hisoblangan va ayni holda mavjud bo'lgan
vaziyatdan yakuniй maqsadga qarab borishdagi intilish variantlarini izlash.
Faoliyatning yakuniy natijalarini oldindan ko'ra bilib, mustaqil muammolarni
oldinga surish uni echiш bosqichlarini rejalashtira bilish ishi o'qitishda
mustaqillikning asosiy farq qiluvchi tomoni hisoblanadi.
|