• Bolalarga hisoblash usulini orgatish.
  • Masalalarni tasvirlash usuli




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/23
    Sana15.01.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #137318
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
    Bog'liq
    8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

    Masalalarni tasvirlash usuli. Masaladagi berilgan sonlarning nechtaligini 
    ta'kidlashga va ular o'rtasidagi munosabatlarni aniqlay bilish ko'nikmasini 


    41 
    rivojlantirishga imkon beruvchi eng muhim matn usuli — masalani tasvirlashdir. 
    Rasmda 2 ta qo'shiluvchi narsani ko'rsatib tasvirlash kerak. Bolalarni 
    narsalarning chizmada tasvirlash usullari bilan tanishishi ham foydalidir. 
    Dastlabki 1—2 ta masalani tarbiyachining o'zi tasvirlab chizadi. Tarbiyachi 
    doskaga ichiga 5 ta qo'ziqorin va yoniga 1 ta qo'ziqorin solingan savatchaning 
    rasmini chizadi. Bolalar tarbiyachi qanday masalani chizganini topganlaridan 
    keyin o'zlari xohlagan narsalari haqida masala tuzadilar. 
    Bolalarni masalaning javobini emas, balki masala shartini chizish kerakligi 
    haqida ogohlantirish kerak. Tarbiyachi tez chiziladigan narsalarni tanlash haqida 
    maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va 1-2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni 
    tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganini topadilar. 
    Ular qaysi rasm bo'yicha masala tuzish mumkin, qaysi rasm bo'yicha masala 
    tuzib bo'lmasligini, nima uchun, xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda 
    masalada berilgan sonlar ko'rsatilishi kerakligi haqida ishonch hosil qilinadi. O'zaro 
    tekshirish olib borilsa yaxshi bo'ladi: stol atrofida o'tirganlar o'zaro rasmlarini 
    almashtirib o'rtog'ining rasmi bo'yicha masala tuzadilar. 
    Ayirishga oid masala tuzishda ko'pincha 2 ta rasm chizishga to'g'ri keladi: birida 
    kamayuvchi, ikkinchisida qoldiq va ayriluvchi chiziladi. Masalan, birinchisida 6 ta 
    archa, ikkinchisida 5 ta archa va 1 ta to'nka chiziladi. 
    Bolalarga hisoblash usulini o'rgatish. Bolalar arifmetik amallarni ifoda 
    etishga va uni asoslab berishga o'rganib olganlaridan keyin ularni hisoblash 
    usullari bilan tanishtirish mumkin. Ular qo'shish va ayirishni 1 ni qo'shib va 
    ayirib o'rganib olishlari kerak. Bolalar ushbu usullarni egallab borishda qo'shni 
    sonlar o'rtasidagi bog'lanish va munosabatlarni tushunishga hamda sonlarning 
    birliklardan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim. 
    Arifmetik amallarni o'rgatish jarayonidagi mashg'ulotlarning bir qismi sonlarni 
    solishtirish va sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi bilimlarni 
    mustahkamlashga o'rgatadi. Bolalarga hisoblash usullarini qanday o'rgatish 
    mumkin? Rasm bo'yicha quyidagi masalani tuzishni taklif etish mumkin: 


    42 
    «Yuqoridagi simga 
    5 ta chumchuq, pastdagisiga 2 ta chumchuq qo'nib turibdi. Simlarga nechta 
    chumchuq qo'nib turibdi?» Masalani muhokama qilayotib, bolalar masalani 
    yechish uchun 5 ga 2 ni qo'shish kerakligini aniqlaydilar. Ularning barcha 
    chumchuqlarni bir yo'la sanab chiqishlarining oldini olib tarbiyachi: «Biz 
    qanday qilib qo'shamiz?»— deb so'raydi. Bolalar odatda: «Sanash kerak» — deb 
    javob beradilar. Tarbiyachi: «Yuqoridagi simga nechta chumchuq qo'nib 
    turibdi?» — deb so'raydi.—«5 ta chumchuq». — «Agar biz yuqoridagi simda 5 
    ta chumchuq qo'nib turganini bilsak, sanashning nima keragi bor? 5 ga 2 ta 2 ni 
    qo'shish kerak: 5 ga 1 ni qo'shsak 6, 6ga 1 ni qo'shsak 7, 5 ga 2 ni qo'shsak 7 
    bo'ladi. Simlarda nechta chumchuq qo'nib turibdi?» Bolalar javob beradilar. 
    Tarbiyachi bittalab qo'shishni o'rganishlarini aytadi va 5 ga 2 ni qanday qo'shish 
    kerakligini esga olishni taklif qiladi. 
    Bolalar bittalab qo'shishni o'rganib olganlaridan keyin ayirishga oid 
    masalalarni yechishda u bittalab ayirishni ko'rsatadi. 
    Ayirish usulini quyidagicha ifodalash lozim: 1 tasi kam 5 bu— 4, 1 tasi kam 
    4 bu—3. 
    Keyinchalik bolalar 3 ni qo'shadilar va ayiradilar.
    Bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash usullaridan farq qila bilishga 
    o'rgatish uchun qo'shishda—«ga», ayirishda —«dan» qo'shimchalaridan foydalanish 
    maqsadga muvofiqdir. Bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga (5 
    qo'shuv 3 barobar 8) arifmetik amallarni takrorlaydilar, shundan keyingina ular 
    masala savoliga javob beradilar. 
    Dastlab bolalar ko'rsatma material asosida, keyinroq miyada sonlarning to'g'ri 
    va teskari ketma-ketligi haqidagi bilimlar hamda ular o'rtasidagi bog'lanish va 
    munosabatlarni tushunishga asoslanib hisoblaydilar. 
    Yil oxirida bolalar masala tuzishni, undagi shart va savolni farq qila bilishni, 
    berilgan sonlarni ajratib olishni, ular o'rtasidagi miqdoriy munosabatlarni 
    aniqlashni, arifmetik amallarni to'g'ri to'plashni va ifoda etishni, hisoblash 


    43 
    usullaridan foydalanib, harakat natijasini topishni va masala savoliga to'liq javob 
    berishni bilishlari kerak. 

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish