REZYUME Tayanch so'zlar: o'quv dasturi, matematik ta`lim mazmuni, matematik
ta`lim jarayoni, masala tushunchasi, soda va murakkab masala , maktabga
tayyorlov, innovasion o'qitish texnologiyalari.
Tadqiqot obyekti: maktabgacha ta`lim muassasalarining maktabga
tayyorlov guruhida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayoni
Tadqiqot maqsadi: Tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar
yechishga o’rgatish muammolarini o'rganish va uni hal etishga doir uslubiy
tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari:muammoga oid psixologik, pedagogik va metodik
adabiyotlar, me`yoriy ҳujjatlar, shuningdek, matematika fani o'qituvchilarining
ilhor ish tajribalarini o'rganish; suhbat; so'rovlar; kuzatish; pedagogik tajriba.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: sifatida maktabgacha ta`limda
tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar yechishga o’rgatish usullari nazariy
va jihatdan asoslab berildi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy sohadagi ahamiyati shundan iboratki,
ishlab chiqilgan tavsiyalar matematika mashg'ulotlarida bolalarga bilim berishda
ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishdа tarbiyachiga yordam berishi
mumkin
Qo'llanish sohasi: boshlang'ich ta`lim hamda maktabgacha ta’lim
muassasalari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi.
BITIRUV MALAKAVIY ISHNING ASOSIY MAZMUNI Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
muammoning o'rganilganlik darajasi asoslangan, tadqiqot ob`ekti va predmetiga
mos keluvchi maqsad va vazifalar belgilangan, tadqiqotning farazi, metodologik
63
asosi, metodlari, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati o'z aksini topgan.
I bob ―Tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar yechishga