• UMUMIY XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI ILOVALAR
  • II BOB.TAYYORLOV GURUH BOLALARINI ARIFMETIK MASALALAR




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/23
    Sana15.01.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #137318
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

    II BOB.TAYYORLOV GURUH BOLALARINI ARIFMETIK MASALALAR 
    YECHISHGA O’RGATISHNING METODIK ASOSLARI 
    II.1. Masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari 
    II.2.Tayyorlov guruhida bolalarni masalalar tuzishga o'rgatish 
    III BOB. TAYYORLOV GURUH BOLALARINI ARIFMETIK 
    MASALALAR YECHISHGA O’RGATISH BO`YICHA TAJRIBA-SINOV 
    ISHLARI 
    III.1. Mashg'ulotlarda mustaqil ishlar vositasida arifmetik masalalar 
    yechishga o’rgatishni tashkil etish va nazorat qilish texnologiyasi 
    UMUMIY XULOSALAR 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 
    ILOVALAR 
     



    KIRISH 
     Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Bo'lajak maktabgacha 
    ta`lim tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalarga matematikani o'qitishda 
    amaliyotda yuzaga keladigan turlicha ijtimoiy-iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid, 
    bolalarni ijodiy faollikka yetaklaydigan, metodik vazifalarini mustaqil hal etish 
    uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishni nazarda tutadi.O'zbekiston Respublikasi 
    Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning " 2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim 
    tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonidan va 
    Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar
    tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim tizimini nazorat qilish va monitoring tizimini
    shakllantirishga kattа e'tibor berilgan. Ularni hayotga tadbiq etish ishlari davlat 
    siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri deb hisoblanayotgan bugungi kunda halq 
    ta'limi sohasidagi muammolarni va ularni vujudga keltiruvchi omillarni
    aniqlash hamda ularni chuqur ilmiy tahlil qilish zarur bo'ladi. 
    Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog'lom o'sishi balki ularning 
    eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, 
    XXI asr talablariga to'liq javob beradigan avlod bo'lib voyaga etish uchun zarur barcha 
    imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib olishimiz kerak. 
    Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona 
    zimmasiga uni sog'lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash qo'yiladi. Davlat va 
    jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaга etishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari 
    bolalarni jismoniy aqliy va manaviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug'ma 
    layoqati, qiziqishi ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va 
    umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga tayyorlashdan iborat. 
    Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilari zimmasiga zo’r ishlash 
    va katta mas’uliyat bilan quyiladigan talab – talimning sifat va samaradorligini 
    ta’minlash, mashg’ulotlarni puxta tayorgarlik , yuksak pedagogik mahorat bilan 
    yuqori saviyada tashkil etish , bolalarga keng va asoslli bilim berishdan iboratdir . 



    Bu talabalar esa bolaning ijodkorlik , keng miqyosda izlanuvchanlik bilan 
    bog’lanadi .
    Maktabgacha ta`lim bolalarini mustaqil fikrlashga o’rgatish elementar 
    matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining dolzarb masalalaridan biri 
    sanaladi.Chunki bunday shart-sharoit va holatlarda bolalarda voqea-hodisalarga 
    munosabat bildirish, xulosalar chiqarishga o’rgatish malakalari shakllanadi. 
    Bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning ahamiyati shundaki, bola har qanday 
    o’quv-biluv faoliyatiga tegishli qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, hamda mulohaza 
    yuritib, fikrini mustaqil bayon eta olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu borada 
    matematik tasavvurlarni o’stiruvchi mashg’ulotlarning ahamiyati beqiyos 
    hisoblanadi. Tarbiyachi shuni doimo esda tutishi kerakki, bolalarga matematik 
    tasavvurlarni o’stirib borishdan asosiy maqsad, bolalarni matematik voqeiliklar va 
    ular bilan bog’liq olam go’zalliklari bilan tanishtirish va shular yordamida har bir 
    bolada matematikadan juda ham zarur bo’lgan bilim va mustaqil fikrlashni 
    shakllantirishdan iborat. 
    Maktabgacha ta`limda amalga oshirilayotgan matematik tasavvurlarni 
    shakllantirish ta`limi bolalarning bilim va malakalarini o’zlashtirib olishi bilan 
    birga ularda kuzatuvchanlikni kamol toptiradi, idrok etish qobiliyatini o’stiradi, 
    ijodiy tasavvur , diqqat va xotirani mustahkamlaydi hamda tafakkur etishga 
    yordam beradi va da`vat etadi. 
    Xuddi shuningdek bolalarni yoshlik chog’idan masalalar yechishga o’rgatib 
    borilsa , bola taffakuri o’sadi dunyoqarash shakllanadi , mustaqil fikrlovchi shaxs 
    bo’lib etishadi
    Maktabga tayyorlov guruh bolalarni mustaqil fikrlashga jalb etuvchi 
    vositalardan biri masala yechishga va tuzishga o’rgatishdir. 
    Kuzatish va tajribalarimiz shuni ko’rsatadiki , ko’pchilik maktabgacha ta’lim 
    tarbiyachilari bolalarni masalalar yechtirishga kam e’tibor qaratmoqda. Amaliyot 
    davrida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari bilan o’tkazilgan suhbat va 
    anketa so’rovlari shuni ko’rsatadiki, bolalar masalalar yechisga juda ham 



    qiziqishadi, ammo amalda bunday topshiriqlarni kam bajarishlari oydinlashdi.Bu 
    holat bizni bitiruv malakaviy ishimizni yoritishga asos bo’ldi. Shu sababdan 

    Download 0,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB.TAYYORLOV GURUH BOLALARINI ARIFMETIK MASALALAR

    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish