Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana15.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#137318
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi 
Bolalar bog’chasining tayyorlov gruppasida bir haftada ikkita, bir yilda 72-
74 mashg’ulot o`tkazish rejalashtiriladi. Mashg’ulotlar sentyabrdan may oyining 
oxirigacha harbiri 25 - 30 minutdan o`tkaziladi. Mashg’ulotlar kompleks 
rejalashtiriladi, ya`ni 2-3 dastur vazifasi olinadi.
Mashg’ulotlarda didaktik o`yinlar, ko`rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
Bolalar 30 minut davomida mashg’ulotga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi 
quyidagi talablarga rioya qilishlari lozim:
1. Dastur materialini yaxshi o`zlashtirib olish.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlashi.
3. Butun mashg’ulot davomida bolalarning qiziqishini "ushlab turishga" e`tibor 
berish.
4. Bolalar faoliyatini o`zgartirib turishga e`tibor berish.
5. Mashg’ulot o`rtasida fizkul't minutka yoki harakatli o`yinlar o`tkazishni 
rejalashtirish.
6. Mashg’ulotda bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
7. Bolalarning xilma - xil javoblarini rag’batlantirish.
8. To`g’ri javoblarga bolalarning diqqatini qaratib, butun gruppa bolalari kerakli 
materialni o`zlashtirshlariga yordam berish.
9. Har bir bolaning mashg’ulotda mustaqil ishlashiga erishish.
Dastur materialini mashg’ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va 


31 
ko`nikmalariga ularning tayyorligiga e`tibor berish lozim.
Tarbiyachi o`z nutqiga alohida e`tibor berishi kerak. Maxsus terminlarni 
to`g’ri qo`llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan: son va raqam tushunchalarini 
aralashtirib yubormaslik kerak. "qaysi son katta, qaysinisi kichik" deb so`raladi 
(qaysi raqam katta" - deyish mumkin emas).
SHartli o`lchovlardan foydalanishda "Bu erda necha o`lchov" emas, "Necha 
o`lchovni qo`yib olishga teng" - deyish kerak. Metodik ko`rsatmalarda 
uchraydigan ayrim maxsus terminlarni ("klassifikatsiya", sonlarning miqdoriy 
tarkibi) tarbiyachi bolalarga tushintirishda ishlatmasligi, tarbiyachining nutqi 
bolalarga tushunarli bo`lishi, tushuntirish hissi mazmunli, ifodali bo`lishi kerak. 
Mashg’ulotda hamma bolalarning aktiv ishtirok etishlariga erishish maqsadida 
harbir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar 
bo`lishi tavsiya etiladi. Agar o`rtog’ining javobi to’g’ri bo`lsa, yashil kartochka, 
noto’g’ri bo`lsa qizil kartochka, o`rtoqining javobi uni qoniqtirmasa (o`rtog’ining 
javobini to`ldirmoqchi bo`lsa) ko`k kartochkani ko`rsatishlari lozim. Bunda 
hamma bolalar o`rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, 
intizom ham buzilmaydi. ("Men javob beray", "noto’g’ri" degan qichqiriqlar 
bo`lmaydi). Tayyorlov gruppasida ishni tayyorlashdan boshlash lozim. Tarbiyachi 
bolalarni 40 gacha sanashga o`rgatishni davom ettiradi, harbir sonni tegishli raqam 
bilan ifodalashga, harbir sonning qatordagi o`rnini aniqlashga, harbir son 
qaysisondan keyin va qaysisondan oldin aytilishi, miqdoriy va tartib sonlarni farq 
qilishga, son elementlarining katta kichikligiga, yaqin-uzoq masofasiga, 
joylanishiga bog’liq emasligini o`rgatadi. SHunday qilib natural son qatori 
haqidagi muhim vazifa hal qilindi. Sanash, sanab ajratishda bolalar o’yinchoqlarni, 
predmetlarni, geometrik figuralarni, tovushlarni, harakatlarni sanaydilar. Sanashni 
mashq qilishda bolalar predmetlarni sanab tushirib qoldirilishi yoki predmetni bir 
necha marta qayta sanamasligi kerakligini tushunib oladilar. Son sanash 
yo`nalishiga bog’liq emasligini, sanashda miqdor va tartib sondan foydalanish 
mumkinligini tushunadilar. To`plamlarni sanash orqali va bir-birining tagiga 


32 
qo`yib taqqoslash orqali aniqlash mumkinligini ko`radilar (masalan, yuqori qatorda 
6 ta olma, pastki qatorda 7 ta nok bor. Ularni son shakli va raqam bilan 
belgilanadi). Bu tushunchalar o`yinlarda mustahkamlanadi: "Adashma", "Xatoni 
tuzat", "Nimaning urni o`zgardi?", Tovushlarni sanaydilar va uni sonli shakl raqam 
bilan ko`rsatadilar. Ayniqsa, 10 sonini raqam bilan yozishda alohida e`tibor berish 
kerak. Buning uchun "0" ni tushintirish kerak. Flaneregrafga 10 ta kvadrat 
qo`yiladi, birma - bir kvadratlarni olib qo`yib nechta qoldi, - deb so`rab turiladi, 
oxirgi kvadratni olib qo`ygach, bolalar "1 ta ham kvadrat qolmadi" - deyishadi. 
Bitta ham qolmaganligini "0" bilan belgilanadi. "0" sonini 1 sonidan nechta kam, 
qo`shuv 1 soni "0" sonidan nechta ko`p? - deb so`raladi. Buni aniqlab "0" sonining 
qatordagi o`rnini tushunadilar. 
Qo'shish va ayirishga o'rgatish — birinchi sinfda matematika o'qitishning 
asoslaridan biridir. Bolalar bog'chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar 
arifmetik masalalarni yechib hisoblash malakalarini egallab boradilar. Bu — 
arifmetik amallarning ma'nosini tushunishga hamda unga ongli ravishda 
yondashishga, kattaliklar, natija hamda amallar komponenti o'rtasidagi o'zaro 
bog'lanishlarni aniqlashga imkon beradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya'ni 
narsalar ustida ish bajarishdan (qo'shish, ayirish) bevosita kelib chiqadigan 
(qo'shdik-ko'paydi, ayirdik- kamaydi) arifmetik masalalarni yechadilar. Bular 
yig'indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir. Bolalarni katta songa kichik 
sonlarni qo'shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval 1 sonini qo'shish va 
ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo'shish va ayirishga o'rgatib boriladi. 

Download 0,89 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Olti yoshli bolalarga matematikani o`rgatish metodikasi

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish