Birinchi bob bo`yicha xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumlashtirish faoliyatini rivojlantirish
maqsadida amalga oshirilgan tadqiqotlardan ma`lumki, yil oxiriga borib
bolalarning o`zlari mustaqil ravishda narsalarning muhim belgilariga asosan
umumlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Shunday qilib, maxsus tashkil etilgan mavhumlashtirish va umumlashtirish
usullarini o`rgatish bolalar tafakkurining rivojlanishini yangi bosqichiga
ko`taradi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuridan keskin farq qiladi.
Bolalar talfakkurida yaqqol obrazlarga suyanib mulohaza yuritishi, ya`ni yaqqol
tafakkur mavhum tafakkurdan ma`lum darajada ustun turadi va ularning tafakkuri
yosh xususiyatiga mutlaqo mosligini ko`rsatadi. Ta`lim jarayonida tafakkur
operatsiyalarini, mustaqil fikrlashni o`rgatish maktabgacha yoshdagi bolalarni
kamol toptirishning garovidir.
26
II BOB
TAYYORLOV GURUH BOLALARINI ARIFMETIK MASALALAR
YECHISHGA O’RGATISHNING METODIK ASOSLARI
II.1. Masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari
Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishi,
ularning idrokini, ya`ni sensor tuyg'ularini o'stirish bilan bevosita bog'liqdir.
Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati real predmetlarning
xususiyatlarini aniqlash va shу xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-
biriga taqqoslash va gruppalarga ajratish asosida o'sib boradi. SHuning uchun bola
maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun
bolalar bog'chasidagi barcha o'quv-tarbiya ishlari bilan uzviy ravishda bog'lab
maxsus ish oliб boriladi.
Matematik bilimlar bolalarga ma`lum sistema va izchillikda berilishi, bunda
yangi bilim kamroq miqdorda, ya`ni bolalar o'zlashtirib oladigan darajada bo'lishi
kerak. SHuning uchun ham bir vazifa bir kancha mayda qismlarga bo'linib, ular
birin ketin o'rganib boriladi.
Tarbiyachi har bir yosh gruppasining dasturi qanday tuzilganini bilishi
lozim. Bu unga uz guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini
aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda
boshlang'ich matematik tasavvurlarni o'stirish yuzasidaн olib boriladigan barcha
ishlar sistemasida har bir mashg'ulotning qanday muhim rol' o'ynashi va o'rin
egallashini ko'z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning
asosiy formasi - mashg'ulotdir.
Dastur vazifalarining ko'pchilik qismi mashg'ulotlarda hal qilinadi.
Bolalarda ma`lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va
ko'nikmalar hosil qilinadi.
Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga,
27
bolalarning o'z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va
ko'nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.
Mashg'ulotlarda va kundalik xayotda didaktik o'yinlardan xamda uyin-
mashqlardan keng foydlaniladi. Mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda o'yinlar tashkil
qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va
kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish ko'nikmasini
rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda uyinlar asosiy o'quv vazifasini
o'taydi.
Mashg'ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material
ustida ishlashni xamda ilgari o'tilgan materialni takrorlashni birga to'g'ri qo'shib
olib borish bilan ish turlarini va unи tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan
ya`ni, mashg'ulot strukturasi bilan ta`minlanadi.
Mashg'ulot tuzilishi dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, birga qo'shib olib
borilishi, tegishli bilim va ko'nikmalarning o'zlashtirilishi darajasi, bolalarning
yosh xususiyatlari bilan belgilanadi.
Maktabga borish davriga kelib bolalar to'plam va son, shakl va kattalik
xaqida o'zaro bog'langan bilimlarni nisbatan ko'proq egallagan, fazoda va vaqtni
mo'ljalga ola bilishni o'rgangan bo'lishlari zarur.
Tajriba, birinchi sinf bolalarida uchraydigan qiyinchilik, odatda abstrakt
bilimlarni egallab olish, konkret predmetlar, ularning obrazlari bilan amal
qilishdan, sonlar va boshka absttrakt tushunchalar bilan bajariladigan amallarga
o'tish zarurligini ko'rsatadi.
Bunday o'tish bolaning rivojlangan aqliy faoliyatini talab etadi.
Bolalar turli matematik bog'lanishli munosabatlarni aniqlash usullarini,
masalan, to'plam elementlari o'rtasidagi moslikni aniqlash usullarini egallaydilar
(to'plamdagi elementlarni birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik nisbatlarini
aniqlash uchun ularni ustma-ust, yonma-yon qo'yib kurish usullaridan
foydalanadilar).
Ular miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va
28
kattaliklarni o'lchash ekanligini tushuna boshlaydilar.
Sanash va o'lchash malakalari ularda tobora mustahkam va ongli bo'lib
boradi.
Xar qaysi yosh guruhi dasturi ushbu bo'limlardan iborat:
-
Miqdor va sanoq.
-
Kattalik.
-
Geometrik figuralar.
-
Fazoda mo'ljal olish.
-
Vaqt buyicha orientir (muljal) olish.
O'quv yilining oxirida katta gurux bolalari quyidagilarni bilishlari kerak:
-
narsalarni 10 tagacha sanay olish;
-
sanoq va tartib sonlardan to'g'ri foydalanish;
-
10 tagacha bo'lgan sonlarni yonma-yon turganlarini (ko'rgazma asosida)
taqqoslay olish;
-
teng bo'lmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan tenglashtira olish (1ta
narsa qo'shish yoki ayirish usuli bilan);
-
0 dan 9 gacha bo'lgan raqamlarni nomi va farqi;
-
turli miqdordagi 10 tagacha bulgan narsalarni eni, bo'yi, balandligi, qalinligi,
ulchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda ortib borishi yoki
kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash;
-
narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, to'g'ri to'rtburchakli, kvadrat,
to'rtburchakli, oval ko'rinishdagilarini farqlash;
-
qog'oz varag'ida yo'nalishlarini farqlash;
-
narsalarning o'ziga yoki boshka narsalarga nisbatan joylashish vaziyati,
yunalishini so'z bilan ifodalash;
-
xafta kunlari ketma-ketligi, sutka kismlari nomlari kabilari.
Bo'lajak fuqaro shaxsining har tomonlama kamol toptirilishining asoslari
bola xayotining dastlabki yillarida, maktabgacha bolalikda qo'uyiladi. So'nggi
yillarning psixologik-pedagogik tadqiqotlari bolada idrok qilinadigan ob`ektlar
29
xususiyatlarining analizi va sintezining, kuzatiladigan hodisalarni taqqoslash va
umumlashtirishlarning, eng sodda bog'lanishlar va ular orasidagi munosabatlarni
tushunmoqning etarlicha murakkab shakllari tarkib topishi mumkinligini
ko'rsatmoqda.
MTMlar dasturida nazarda tutilganidek, matematik tayyorgarlikda bolalarni
sanoqqa o'rgatish, birinchi o'nlik ichida miqdoriy munosabatlarni rivojlantirish, eng
sodda arifmetik masalalarni echish va tuziш bilan bir qatorda namoyon qilingan
to'plamlar ustida amallar bajarishga, shartli ulchovlar bilan o'lchashlar o'tkazishga,
sochiluvchi va suyuk jismlarning xajmini aniqlashga bolalarning ko'z bilan
chamalash malakalarini rivojlantirishga ularning geometrik figuralar va
predmetlarning
shakli
haqidagi
tasavvurlarini
rivojlantirishga,
fazoviy
munosabatlarni tushunishlarini, predmetlarni teng qismlarga bo'lish malakalarini
shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.
Masalalarning bunday kompleksi matematik rivojlantirishning dasturi bo'lib,
maktabgacha yoshdagi bolalarning miqdoriy va boshqa munosabatlarni chuqurroq
tushunishlarini ta`minlaydi va matematik tafakkurning, nutkning istikbolda
takomillashuviga
asos
soladi.
Bularning
hammasi
bolalarning
aqliy
rivojlanishlariga va ularni maktabda o'qishlariga muvaffaqiyatli tayyorlashga
imkoн beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat
talablarini hayotga joriy etish keng ko`lamli ish bo`lib, u bosqchma-bosqich
amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan ko`rsatkichlarga erishish uchun davlat
tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Xalq ta`limi vazirligi
hamda joylardagi ta`lim - tarbiyaga tegishli bo`lgan tashkilotlar va muassasalar
talablarni hayotga joriy etish yuzasidan o`z faoliyatini maqsadli yo`nalishda olib
boradilar.
Bolalarning bilim, ko`nikma va malakalari har o`quv yilining 9-kunida
tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg’ulotlari orqali tekshirib
boriladi. 6 - 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat
30
talablari, ko`rsatkichlari asosida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va
pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi.
Davlat talablari ko`rsatkichlariga erishish "Bolalarni rivojlantirish va
maktabga tayyorlash tayanch dasturi" asosida bolalarning ilk va 6 - 7 yoshga
etgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning билим, ko`nikma va malakalari har
o`quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat
mashg’ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga
tayyorgarlik darajasi ushbу Davlat talablari ko`rsatkichlari asosida tekshiriladi.
|