Bolalarni masalalar yechishga o'rgatish




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana15.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#137318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

 
 
 
 
 
 
 


13 
I.2. Masala- bola tafakkurini o’stiruvchi vosita 
Tafakkur va masala echish 
 
 
Tafakkur maksadga yo’naltirilganlik xarakteriga egadir. Qachonki xayot va 
amaliyot jarayonida kishi oldida yangi maksad, yangi muammo, yangicha vaziyat 
va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo’lsa, unda dastavval tafakkur qilishga zarurat 
tugiladi.Masalan, vrach qandaydir yangi shу paytgacha ma`lum bo’lmagan 
kasallikka duch kelib, davolashning yangi metodlarini topib, undan foydalanishga 
intilganda anna shunday bo’ladi.O’z moxiyati jixatidan olganda, tafakkur faqat 
shunday sharoitlarda zarur bo’ladiki, yangi maksadlar tugilib, shu maksadlarga 
erishish uchun faoliyatning eskи , avvalgi vosita va usullari etishmay 
koladi.Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb yuritiladi. Muammoli 
vaziyatlardan boshlanadigan aqliy faoliyat yordami bilan maksadga erishish va 
extiyojlarnи kondirishning yangi usullari hamda vositalarini yaratish, ochish, 
topish, kashf etish mumkin bo’ladi. 
Tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir. Harakatning ilgaridan 
ma`lum bo’lgan eski usullari, eski bilimlar va malakalar bilan cheklanish mumkin 
bo’lgan xollarda muammoli vaziyat yo’zagа kelmaydi va shuning uchun tafakkur 
ham mutlako talab qilinmaydi.Masalan maktabga tayyorlov guruxidagi bolaga
2*2 kancha bo’ladi? Tipidagi savol fikr yuritishga majbur qilmaydi. Bunday 
savollarga javob kaytarish uchun bu bolalarda bor bo’lgan eski bilimlarning 
o’ziyok kifoya qiladi. Bu erda tafakkur ortikchadir.Agar bola ma`lum masala yoki 
misolning yangicha echish usulini yaxshi o’zlashtirgan bo’lsa, lekin o’ziga ma`lum 
bo’lib, kolgan bu bir xil tipdagi masala va misollarni kayta va kayta echishga 
majbur bo’lgan xollarda tafakkur faoliyatiga extiyoj bo’lmaydi.Binobarin 
xayotdagi xar qanday vaziyat ham muammoli vaziyat ya`ni tafakkurni uygotuvchi 
vaziyat bo’lavermaydi. 
Muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarurdir.Muammoli vaziyatda 
kishi 
faoliyaт 
davomida 
kupincha 
kutilmaganda, 
qandaydir, 
tushunib 


14 
bo’lmaydigan narsaga, noma`lum, tashvishlи narsalarga duch kelib koladi. 
Muammoli vaziyat ancha , xira xali jixatdan aniq bo’lmagan va kam anglanilgan 
taassurotlardir. 
Muammoli 
vaziyat 
bamisoli 
"nimalardir 
kungildagidek 
emasligidan, nimalardir kungilni xira qilib to’rganligi"dan guyo signal 
beradi.Masalan bola motorda qandaydir tushunib bo’lmaydigan hodisa ruy 
berayotganligini paykay boshlaydi lekin u motorning kaysi qismida, nima 
sababdan qanday hodisa ruy berayotganini xali aniqlay olmaydi. Bundan tashkari , 
u yo’z berishи mumkin bo’lgan xavfning oldini olish uchun qanday harakat qilish 
keraqligini xali bilmaydi.Mana shunday tarzdagi muammoli vaziyatdan tafakkur 
jarayoni boshlanib ketadi.Tafakkur anna shunday muammoli vaziyatning o’zini 
taxlil qilishdan boshlanadi. Muammoli vaziyat taxlil qilish natijasida sof 
ma`nodagi muammo paydo bo’ladi. 
Masalaning yo’zaga kelishi muammoli vaziyatdan farq qilib, garchi 
oldindan bo’lsa ham berilgan va noma`lum narsani taxminan bo’laqlarga bo’lishga 
ulgurdi degan ma`noni anglatadi.Bu bo’laqlarga bo’lish masalaning so’z bilan 
ifodalangan qismida namoyon bo’ladi.Masalan bola masalasida uning asosiy 
shartlari ozmi-kupmi yakkol kayd qilingan hamda talablar, savollar berilgan. Bu 
bilan dastlabki yakinlashish tarzida va mutlako taxminiy ravishda kidirilayotgan 
narsa belgilanadi. Ana shu noma`lumni kidirish va topish masalani echish 
natijasida kulga kiritiladi. Binobarin, masalaning asosiy dastavvalgi ifodalanishi 
faqat minimal darajada va juda taxminiy ravishda kidirilayotgan narsani 
aniqlaydi.Masalani echish davomida, uning tobora yangi vat obora muhim shartlari 
hamda talablarini namoyon qilish jarayonida kidirilayotgan tomonlari ortikrok 
darajada aniqlanadi.Masalaning xarakteristikasi borgan sari mazmunli va aniq 
bo’lib 
boradi.Masalaning 
batamom 
echilishi 
kidirilayotgan 
narsaning 
topilganligini, to’la ravishda aniqlanganligini bildiradi.Agar kidirilayotgan narsa 
masalaning boshlangich ifodasidayok butunlay va to’la ravishda aniqlangan bo’lsa, 
ya`ni uning asosiy shartlari dva talablarining ifodalanishida aniqlangan bo’lsa, 
unda bu noma`lumni qidirishga xech qanday zarurat bo’lmas edi.Noma`lum narsa 


15 
darxol ma`lum bo’lib kolar, ya`ni echilishi uchun tafakkur qilishni talab etadigan 
xech qanday masala yo’zaga kelmas edi. Aksincha, agar noma`lumni kaysi bir 
soxada izlash keraqligini taxminan belgilovchi masalaning dastlabki ifodasi 
bo’lmaganida, ya`ni kidirilayotgan narsani minimal darajada oldindan kura bilish 
bo’lmaganda noma`lumni topish mumkin bo’lmas edi.Noma`lumni kidirish uchun 
xech qanday taxminiy ma`lumot, biror tayanch, biror muljal kolmagan bo’lar edi. 
Muammoli vaziyat kabi azobli esankirash va sarosimalik hissidan tashkari xech 
narsani yo’zaga keltirmas edi. 
Masalani echish davomida tafakkur jarayon silfatida ayniqsa yakkol 
namayon bo’ladi. Tafakkurni jarayon sifatida talqin qilish eng avvalo fikr yuritish 
faoliyati determinatsiyasining uзи jarayon sifatida oshirilishini bildiradi.boshqacha 
qilib aytganda, kishi masalani echish davomida o’ziga shu choqqacha noma`lum 
bo’lgan yangi yangi shartlarni va talablarni namoyon qiladi. Bo’lar tafakkur 
bundan keyin davom etishini sababi jixatdan boglab tushuntirib beradi. Binobarin, 
tafakkur determinatsiyasi qandaydir abesolyut tayyor va avvaldanok tugal bir narsa 
sifatida azaldan berilgan bo’lmaydi. Tafakkur determinatsiyasi masala echish 
davomida xosil bo’ladi, asta-sekin tarkib toptiriladi va rivojlantiriladi, ya`ni 
jarayon tarzida namoyon bo’ladi. 
Tafakkur va masala echish o’zaro bir-biri bilan boglangandir.Lekin 
tafakkurni masala echish vositasiga aylantirib, ularni bir-biriga tenglashtirish 
mumkin emas. Masalani echish faqat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi, 
boshqacha yul yuk. Lekin tafakkur faqat masala echishdaginа namoyon bo’lmaydi. 
Yukorida kayd etilganidek , fikrlash faoliyati xozirdayok ilgari surilgan, tarkib 
topgan, vzifalarni xal qilish uchungina zarur emas. U vazifaning kuyilishi uchun 
ham, yangi muammolarni namoyon qili shva anglash uchun ham zarurdir. 
Muammoni topish va kuya bilish kupincha uning bundan keyingi xal qilinishiga
karaganda katta aqliy zo’r berishni talab qiladi.Tafakkur masala echish bilan 
bog’lik bo’lgan xollarda emas, balki shuning bilan birga bilimlarni o’zlashtirish, 
ukish jarayonida testni tugunish va boshqa kup xollarda ham kerakdir. 


16 
Garchi tafakkur masala echish vositasiga aylantirilmasa ham, lekin uni 
aynan masala echish davomida, ya`ni bolaning o’z kuchiga yarasha muammo va 
savollarga yondoshib ularni ifodalab echish davomida tarkib toptirish hammadan 
kura yaxshirokdir. So’ngi yillarda muammoli vaziyatni va masala echishni 
psixologik tadkikot qilish asosida bolalarga beriladigan muammoli ta`limning 
metodlari ishlanmokda. Bunday ta`lim metodlari bolalarning o’zlari xal qila 
oladigan ayrim muammolarni birinchi ochuvchilar, tadkikotchilar qilib kuyishga 
karatilgandir. Masalan, bola bir kator masalalarni echadi va buning natijasida 
manna shu barcha masalalar echimining asosida yotgan o’zi uchun yangi 
teoremani ochadi. Mana shunday sharoitlarda bolalarning tafakkurini xar doim 
qandaydir yangilik ochuvchi qiyinchiliklarni engishga kobo’l xakikiy mustaqil 
tafakkurni tarbiyalash juda yaxshidir.Psixologiya fani bolaning yulidagi hama 
qiyinchiliklarni bartaraf etish kerak emas, degan xulosaga kelmokqa. Bola ana shu 
qiyinchiliklarni bartaraf qilish jarayonidagina o’zining aqliy qobiliyatini 
rivojlantira oladi. 
Pedagog tomonidan kursatiladigan yordam va raxbarlik bu qiyinchiliklarni 
yuqotishdan emas balki bolalarning o’zlarini ularni engishga o’rgatishdan iborat 
bo’lmogi lozim. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga fan asoslaridan mustahkam bilim berish 
bilan birga ularni amaliy faoliyatga qo’llay bilishga ham o’rgatib boorish kerak. 
Shu munosabat bilan kichik yoshdagi bolalarning tevarak atrofdagi voqea- 
hodisalar to’g’risidagi tushuncha va tasavvurlarini boyitish va matematika faniga 
bo’lgan qiziqishlarini oshirishga doir ishlar olib boriladi.Bu esa ayni vaqtda 
bolalarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantiradi.Maktabgacha ta’lim 
bolalari har bir ishga qiziqish bilan kirishadilar.Lekin ular o’z faoliyatlari 
davomida ozgina qiynalishsa, ishining uddasidan chiqmasa, ularning fanga bo’lgan 
qiziqishi keskin pasayib ketishi mumkin. Natijada bolalarda o’z qobilyatiga 
ishonmaslik,loqaydlik kabi salbiy tushunchalar paydo bo’ladi. Ishni shunday 
tashkil etish kerakki,bola har doim o’zining qilgan ishidan qoniqsin,xursand bo’lib 


17 
quvonsin.Shundagina bolani fanga bo’lgan qiziqishi ortadi. 
Matematika fani ustma-ust qurilgan imoratga o’xshaydi.Yuqori chiqish 
uchun albatta,dastlabki bosqichlarni bosib o’tish kerak, ya’ni maktabga kelgan 
dastlabki kundanoq bolalarning fan asoslarini o’rganishlarini,tevarak- atrof 
hodisalariga ongli munosabatda bo’lishlarini, hayotda o’z bilimlarini tadbiq eta 
bilishlarini,mustaqil bilim olishlarini,qolaversa ularda ijodiy faoliyatning 
rivojlanishni ta’minlashning bir usuli sifatida, avvalo,bolalarda soda masalalar 
tuzishga doir bilim,ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.Shundan so’nggina 
murakkab masalalar tuzish va echish amalgam oshiriladi. 
Shuni 
alohida 
aytish 
kerakki, 
maktabgacha 
ta’lim matematika 
mashg’ulotlarida bolalarni masala tuzishga o’rgatish, ular nimani o’ylayotgan 
bo’lsalar, masala va misolni yechishda qanday muhokama yuritayotgan bo’lsalar 
shuni gapirishga odatlantirish kerak.Shundagina bolalar berilgan topshiriq ustida 
jiddiy fikrlashni,masala va misolni yechishda qulay usulni axtarishni 
o’rganadilar.Maktabgacha ta’limbolalarini masala tuzishga o’rgatishda tafakkur 
samaralarining mustahkamlanishi,bolalarga muvaffaqiyatli ta’lim berish,hamda 
ularning o’zlarinimustaqil fikrlash qobilyatiga jalb etish imkonini yaratadi.Ijodiy 
mehnat qilish uchun kishi mustaqil fikr yuritish qobilyatiga ega bo’lishi,narsa va 
hodisalarning mihiyatini tushuna bilishi,sinchkov bo’lishi kerak.Fikr yuritishdagi 
mustaqillik kishining ijtimoiy tajribalarga nisbatan namoyon eta bilishda ko’zga 
tashlanadi.Psixologiyada ma’lumki tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy 
aktivligi orqali aniqlanadi.Chunonchi,masalalarni mustaqil tuzush va yechishni 
tashkil qilish tarbiyachiga bolalarning aqliy qobilyatlaridan qanday foydalanish 
imkonini beradi.Bola tafakkurini o’stirishning bir omili bo’lgan masala tuzish 
jarayonida bola shu paytgacha o’ziga ma’lum bo’magan qandaydir yangiliklarni 
kashf 
etadi.Masalan:bola 
mantiqan 
to’g’ri,umkoniyat 
chegaramizga 
sig’adigan,hayotiy faktlar asosida masala tuzganda o’zi uchun albatta biror 
yangilikni ochadi.Masala tuzish jarayonida bola tafakkuri hamisha hissiy 
bilish,ya’ni sezgi,idrok va tasabburlar bilan uzviy bog’liq bo’ladi.Qachonki 


18 
mashg’ulot davomida bola oldida yangi maqsad,yangi vaziyat va yangi faoliyat 
sharoitlari paydo bo’lsagina,tafakkur qilishga zarurat tug’iladi.Demak,har bir 
tarbiyachi mashg’ulotda muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirib,bolalarning 
tafakkurinio’stirib boorish kerakligini unutmasligi kerak.Masalan:2-sinf bolasiga 
―2x2 qancha bo’ladi‖ tipidagi savol fikr yuritishga majbur qilmaydi.Bunday 
savollarga javob qaytarish uchun bu bolada bor bo’lgan eski bilimning o’zi 
kifoya.Mashg’ulot davomidagi har qanday vaziyat ham tafakkurni uyg’otuvchi 
bo’lavermaydi.Tarbiyachining vazifasi esa turli yo’llar bilan tafakkurni 
uyg’otuvchi vaziyatni yuzaga keltirishdir.Jumladan tarbiyachining o’qivchilar 
bilan birgalikda masala tuzishi tafakkurga undovchi vaziyatlardan biri.Tafakkur 
masala tuzish va yechish bilan o’zaro bog’langan.lekin tafakkurni masala tuzish 
vositasiga aylantirib,ularni tenglashtirish mumkin emas.Masala tuzush faqat 
tafakkur yordamida amalgam oshiriladi,boshqa yo’l yo’q.Lekin,tafakkur faqat 
masala tuzishda namoyon bo’lmaydi.Garchi tafakkur faqat masala tuzish vositasiga 
aylantirilmasa ham,lekin uni aynan masala tuzush davomida,ya’ni bolaning o’zi 
o’z kuchiga yarasha muammo va savollarga yondashib,ularni ifodalash davomida 
tarkib toptirishi juda yaxshi.Lekin bola yo’lidagi hamma qiyinchiliklarni bartaraf 
etish kerak emas.Tarbiyachi tomonidan ko’rsatilgan yordam va rahbarlik masala 
tuzish davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yo’qotish emas,balkibolalarning 
o’zlari o’zlarini bartaraf etishga o’rgatishdan iborat bo’lishi kerak. 
Ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini osgirish uchun bilim olishning 
hamma bosqichida ham bolalarning fikr yuritish qobilyatini rivojlantiradigan savol 
va topshiriqlar berib turish kerak.Bunday maqsadning amalgam oshirishning bir 
yo’li-bu bolalarga mustaqil masala tuzushga oid topshiriqlarning berilishidir. 

Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish