elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg`ulotlarida arifmetik masalalar yechishni o`rgatish masalasi dolzarb qilib qo'yildi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusining o’rganilganlik darajasi:Bitiruv
malakaviy ishini yozish uchun bir qator pedagog, psixolog va metodist olimlarning
ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Jumladan, bu muammoni hal qilishning
pedagogik-psixologik jihatlari, S.A. Rubinshteyn, P.Ya. Gal'perin, A.V. Usova kabi
olimlarning ishlarida o'z aksini topgan. Shu bilan bir qatorda metodist olimlardan:
Tixieva, A.M.Leushina, F.N.Blixer, N.U.Bikbaeva, L.SH . Levenberg ,
M.I. Moro, M .A. Bantova va boshqalarning bir qator ishlari bilan yaqindan
tanishib chiqdik .
Ammo bu tadqiqotlarda uzluksiz ta`lim tizimining maktabgacha ta`limda
tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar yechishga o’rgatish metodlarini
amalga oshirish imkoniyatlari qaralmagan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.Tayyorlov guruh bolalarini arifmetik
masalalar yechishga o’rgatish muammolarini o'rganish va uni hal etishga doir
uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: maktabgacha ta`lim muassasalarining maktabga
tayyorlov guruhida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayoni
Tadqiqot predmeti: Maktabga tayyorlov guruhi bolalari arifmetik
masalalar yechishga o’rgatishning mаzmuni, shаkl vа mеtоdlаri.
Tadqiqot vazifalari: Maktabgacha yoshdagi bolalarni masalalar yechishga o’rgatish -
pedagogik asoslarini o’rganish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil fikr yuritish
ko’nikmasining shakllanishida masala yechish mashg’ulotlari
ahamiyatini o’rganish;
Tayyorlov guruh bolalarini arifmetik masalalar yechishga o’rgatish
6
bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilish yo'l yo'riqlarini o'rgatish;
Mavzuga oid tajriba natijalarini aniqlash.