Bolalarni masalalar yechishga o'rgatish




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana15.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#137318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

 
 
 
 
 


19 
I.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmasining 
shakllanishida masala yechish mashg’ulotlari o’rni 
 
Maktabgacha ta’lim bolalarini masala yechishga o’rgatish jarayonida turli 
matematik o’yin,tarqatma material,ko’rgazma qurollardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.Bundan tashqari mashg’ulotda harakatli ko’rgazmalardan foydalanib 
masalalar tuzdirish va yechdirish jarayonida bolalarda hushyorlik, kuzatuvchanlik, 
xayolan tez fikrlash kabi qobilyatlarni shakllantirish bilan bir qatorda ularning 
matematika faniga bo’lgan qiziqishi,aktivligi oshirib boriladi.Shuni aytib o’tish 
kerakki bolalar masalalarni mustaqil tuzushar ekan,shu jarayonda ularning nutqlari 
o’sadi,matematik bilimlari, mustaqil fikrlash qobilyatlari, dunyoqarashlari, 
shuningdek ijodiy faoliyatlari o’sib boradi.bundan tashqari ularda mantiqiy 
tafakkur,onglilik,mustaqillik kabi sifatlar rivojlanib boradi.Yuqoridagi sifatlarni 
bolalarda uqori ko’rsatkichda shakllantirish uchun masalalarni ular hayotida 
uchraydigan hodisalar,sonli faktlardan foydalanib masala tuzish maqsadga 
muvofiqdir.Bolalarni masala tuzishga o’rgatish orqali ularda mustaqil fikrlash 
qobilyati tarkib topadi;dunyoqarashi shakllanadi;bekorchi ishlardan xoli bo’ladi; 
yangicha fikrlash; ijodiy yondashish ko’nikmasi shakllanadi; axloqiy xususiyatlar-
chidamlilik, bir so’zlilik, qat’iyatlilik, matonatlilik, rostgo’ylik, samimiylilik, 
intizomlilik kabi qator xususiyatlar paydo bo’ladi. Masala tuzishga o’rgatish 
yordamida Maktabgacha ta’limbolasini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash imkoniyati 
nihoyatda katta.Har bir tuziladigan masala,albatta o’quychi uchun tarbiya ob’ekti 
vazifasini o’tashi mumkin.Endigina maktabga qadam qo’ygan bolaga o’n ichida 
qo’shish va ayirishga doir bilim,ko’nikma va malaka hosil bo’lishi uchun tavsiya 
etiladigan har bir topshiruq,albatta, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi 
zarur.Birinchi sinf bolasiga ―Maqol aytishga oid masala tuzing ― deb topshiriq 
berilganda,bolalar tomonidan turli mazmundagi masalalar tuziladi.Shunday 
masalalardan biri quyodagicha bo’lishi mumkin:Mehnat haqida Anvar 7 ta,Olim 5 
ta maqol aytishdi.Kim ko’p maqol aytgan?, Nechta ko’p?‖ Bola tomonidan 


20 
tuzilgan ushbu masala nafaqat bolalarning qo’shish va ayirishga doir 
bilim,ko’nikma va malakalarini mustahkamlanishiga qaratiladi,balki bolalarni 
mehnatsevarlikka undaydi,kishilar mehnatini ezozlashga chaqiradi.Tarbiyachi 
aynan shunga o’xshash matnli masalalarni bolalarga tuzishga o’rgatib 
boorish,bolalarni ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Bolalar 
tomonidan tuzilgan ― Uch o’rtoq uchrashib bir- birlari bilan qo’l berib 
salomlashishdi.Ular necha marotaba salomlashishdi?‖ degan masala tarbiyachi 
rahnamoligida muhokama qilinar ekan,bolalarni hisoblash malakasini o’stirish 
bilan birga bolalar orasida salomlashish madaniyatiga alohida e’tibor qaratilishiga 
ham turtki bo’ladi 
Maktabga tayyorlov guruh bolalari tomonidan tuzilgan ushbu masalada 
bolalarni mehnatsevarlikka, odobli bo’lish, tabiatni e’zozlashga chaqirish 
mumkin: ― Nodir bobosi bilan dam olish kunida tushgacha 8 to’p, tushdan keyin 
7 to’p ko’chat o’tqazishdi.Ular dam olish kuni hammasi bo’lib nechta ko’chat 
o’tqazishgan?‖. Masala tuzish jarayonida ―masala ob’ektini tanlashga tarbiyachi 
bevosita rahbarlik qiladi.Bolalarni imkon qadar tabaqalashgan holda,qaysi 
ob’ektga doir yoki nimaga doir masala tuzishni tarbiyachi bolalariga maslahat 
beradi.Aynan ana shu lahzada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir 
etuvchi ob’ektlarini tanlash tarbiyachidan mahorat va izlanuvchanlikni talab 
qiladi.Bir guruh bolalarni ―Kattalarda hurmatda bo’lish,yana bir guruh bolalarni 
―Ota-onaga hurmatda bo’lish‖ mavzulariga doir matnli masalalar tuzishga doir 
topshirig’i bolalarga qiziqish uyg’otadi.Ular turli mazmundagi ma’rifiy-axloqiy 
xislatlarni o’zida mujassamlashtirgan masalalar tuzishadi.Shu bilan bir qatorda 
har bir tuzilgan masaladagi son ma’lumotlarda matbuotdagi yangiliklar ,o’z 
Vatanini sevish va uning tarixini bilish,ona tabiatniardoqlash va muhofaza 
qilish,mehnatsevarlik,tejamkorlik kabi mavzular o’z aksini topishi kerak.Bu 
tuzilgan masalalar avvalo guruhda, so’ngra umumsinf muhokamasida tahlil 
qilinib,mantiqiy to’g’ri tuzilgan masala sinf faolligida muhorama qilib 
yechiladi.Bolalarni masala tuzishga o’rgatish yuzasidan tarbiyachi quyidagilarga 


21 
e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir: 

Bolalarda umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan masala 
tuzishga oid o’quv topshiriqlarini to’g’qi qo’ya bilish; 
- ―Masala tuzish ob’ekti‖ ni tanlashga yordamlashish; 
- Bolalar tomonidan tuzilgan har bir masala
tarbiyachi diqqat e’tiboridan chetda qolmasligi zarur; 
- Bolalar tomonidan tuzilgan mzsalada yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlash va 
ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish ; 
Bola nutqi ravonligini taminlash 
Har bir tuzilgan masalaning tarbiyaviy tomoniga alohida e’tibor qaratib,bolada 
umuminsoniy fazilatlarni tarkib topishi uchun tuzilgan masala o’rnini 
ta’kidlash; 
- Bolalarni masala tuzishga o’rgatish jarayonida Vatanimiz ravnaqini 
ifodalovchi,kishilar mehnatini qadrlovchi,ota-ona,ustoz va kattalarga 
hurmatda bo’lishga undovchi dalillardan foydalanish imkoniyatlarini 
ko’rsatishdan iborat. 
Tarbiyachining bolalarni masala tuzishga o’rgatish bo’yicha ma’naviy-
axloqiy tayorgarligi shundaki, u bolani masala tuzish jarayonida so’zlarni o’z 
o’rnida qo’llay oladigan,o’z fikrini bayon qila oladigan,mustaqil fikr yurita 
oladigan,tegishli xulosa chiqara oladigan qilib tarbiyalamog’i darkor. 
Dastlabki soda masalalar bilan bolalar o’qituvchining qilayotgan ishini 
kuzatishlari natijasida tanishishlari kerak.O’qituvchi masalaning shartini bayon 
qilayotganda masalaning shartida berilgan sonlarni va tavsiflanayotgan amallarni 
shunday ko’rsatish kerakki,bunda javob bolalarga ko’rinsin.Masalan:masala va 
uning qismlarini qarab chiqishga bag’ishlangan darsda o’qituvchi quyidagicha ish 
o’tkazish mumkin:bir bola markalar yig’di,uning konvertida 3 ta chiroyli marka 
bor edi.Otasi unga yana bitta marka berdi.Bola bu markani o’sha konvertga 
soldi.Bolaning konvertidagi markalar nechta bo’ldi? Bu noma’lum.Biz masala 
tuzdik.Biz bilgan narsalarimizni bilmaganlarimizdan ajratamiz.Biz bolaning 


22 
konvertida dastlab nechta marka borligini bilamiz: 3 ta marka (katakli taxtachaga 3 
raqamli kartochka quyiladi) va bolaga otaso nechta marka olib kelganini 
bilamiz.Katakli taxtachaga 1 raqami quyiladi.Bu masalaning sharti.Masalada nima 
so’ralayapti?.(Bolaning hamma markasi nechta bo’ladi ).Bu masalaning savoli.Har 
qaysi masalaning sharti va savoli bo’ladi.Bu masalaning savoliga javob berish 
uchun nima qilish kerak? ( 3ga 1ni qo’shish kerak).Katakli taxtachaga raqamlar 
orasida ― + ― ishorasi qo’yiladi.Necha hosil bo’ldi?(4 hosil bo’ladi).Biz masalaning 
yechimini yozdik.Mazkur metodistlarning takliflariga ko’ra,masalaning asosiy 
elamenlari(sharti,savoli,echilishi va javobi) ni ajratib takrorlash foydalidir.Bunday 
takrorlashni rolar bo’yicha tarrorlash maqsadga muvofiqdir.Shundan keyin 
darslikda berilgan rasmlar bo’yicha ish o’tkazish mumkin.Agar o’qutuychi 
masalani o’zi ifodalab bersa,rasmni bolalarning o’zlari uning mazmunini bilgan 
holda qarab chiqishsa,maqsadga muvofiq bo’lar edi.Oqituvchi shunday 
deydi:‖To’rtta ola-bula jo’ja oldiga bitta sariq jo’ja kelib qo’shildi.Masala hosil 
bo’lishi uchun bu shartga qanday savol qo’yish kerak?‖Bolalar javob 
beradilar:‖Hamma jo’jalar nechta bo’ldi?‖ O’qituvchi:Rasm ostida nima 
yozilgan?‖4+1=5 Bu masalaning yechimi.Ikkinchi masalani bolalarga mustaqil 
tuzish uchun topshirish kerak.Bunda o’qituvchi bolalarga masala tuzishga 
yordamlashish maqsadida quyidagi savollarni berish mumkin:‖Bu rasm bo’yicha 
shunday masala tuzingki,unda o’rdakchalar nechta qolganini bilish mumkin 
bo’lsin?‖Bolalar esa bu masalaning shartini mustaqil tuzishadi.Metodistlar shuni 
alohida qayd etadilarki,bolalar uchun rasm bo’yicha masala tuzish qulay 
bo’lib,rasmga qarab masalaning berilgan shartiga mos savol qo’yishga,berilgan 
savollarga doir shart ifodalashga,berilgan amallar bilan yechiladigan turdagi 
masalalar yechishni o’rganadilar.Bolalarni masala tuzish va yechishga o’rgatish 
borasida o’qituvchining asosiy vazifasi –bolalarning barcha turdagi masalalarni 
diqqat bilan qabul qilishlari hamda tuzilgan masaladagi ma’lumotlarni va shu 
ma’lumotlar orasidagi bog’lanishlarni tasavvur qila olishlariga erishishdan 
iboratdir.Shuning uchun dastlabki paytlarda bir necha o’quvchiga masalani 


23 
takrorlash va uning mazmunini ular qanday tasavvur qilganliklarini so’zlab 
berishni taklif qilish kerak.Masalani tahlil qilishda har gal masalada nima 
noma’lumligini aniqlash kerak.Shundan keyin amal tanlash masalasini taklif qilish 
kerak.Shuni aytish kerakki,ushbu metodik qo’llanmada boshlang’ich sinf bolalarini 
masala tuzishga o’rgatish jarayonida bolalarning mustaqil masala tuzishlari uchun 
qanday topshiriqlardan qay usulda foydalanish mumkinligi,ko’proq qaysi mavzuda 
masalalar tuzish bolalar uchun qulay va oson ekanligi,masala tuzish jarayonidagi 
o’quvchi tomonidan qo’yilgan tipik va notipik xatoliklar atroflicha 
yoritilmagan.Mashhur uslubshunos olim M.SH.Levenbergning ‖Ikkinchi sinf 
masalalar yechish‖ nomli metodik qo’llanmasida matematika o’qitishni hayot bilan 
bog’lash, bolalarda umumlashtira bilishni rivojlantirish uchun bir qator matematik 
tishinchalarni 
chuqurroq 
o’zlashtirish, 
miqdorlar 
orasidagi 
funksional 
bog’lanishlarni va munosabatlarni yaxshiroq tishunishlari uchun masalalarni 
bolalarning o’zlari tuzishlari katta ahamiyatga ega ekanligi keng va atroflicha 
yoritilgan.Levenberg shuni alohida ta’kidlaydiki, masala tuzish uchun son 
ma’lumotlarni bolalarni o’zi o’quv, mehnat va o’yin faoliyatlaridan tanlashi va 
masala mazmuninig real haqiqatga to’g’ri kelishga e’tibor berish har bir 
o’qituvchining vazifasidir. 
Darhaqiqat, 
ba’zan 
bolalar 
bunday 
masalalar 
tuzishga 
moyil 
bo’ladilar:‖Onam menga 5 ta kuylak,otam esa undan 4ta ortiq kuylak olib 
berdi.Otam nechta kuylak olib kelgan?‖.Shunisi achinarliki,ayrim o’qituvchilar 
o’quvchi tuzgan masala mantiqan to’g’rimi-yo’qmi,masala mazmuni real 
haqiqatga to’g’ri keladimi-yo’qmi bunga e’tibor bermaydilar.Holbuki,yuqoridagi 
masalada ota-onalar bolasiga birdaniga 9 ta kuylak olb berishi mantiqqa zid narsa. 
Levenberg o’zining mazkur qo’llanmasida bolalarni masala tuzishga o’rgatish 
maqsadida beriladigan topshiriqlarni rasm bo’yicha masala tuzish,ifoda va 
tenglamalar bo’yicha masalalar tuzish,ko’rsatilgan ko’rinish va tipga doir 
masalalar tuzish,ko’rsatilgan amallarga doir masalalar tuzish kabi turlarga bo’lib 
bayon qilingan. 


24 
―Bolalar bunday topshiriqlar bo’yicha masala tuzganda rasm yoki sxemaga 
aniq syujet kiritib,masalaga shaxslar va predmetlar ishtiror ettirib aniqlashtirishni 
mashq qiladilar‖,deydi bu uslubshunos olim.Shu o’rinda shuni aytib o’tish 
kerakki,L.SH.Levenberg, I.F. Axmadjonov, A.N.Nurmatov kabi metodist 
olimlarning hamkorligida nashr qilingan ―Boshlang’ich sinflarda matematika 
o’qitish metodikasi‖ nomli adabiyotda bolalarni masala tizishga o’rgatish 
muammoso pedagogik-psixologik nuqtai nazaridan talqin qilinishi bilan bir 
qatorda bolalarni teskari masala tuzishga o’rgatishning yo’l yo’riqlari bayon 
qilingan 
Kitobda darsliklardan olingan masala va unga teskari qilib tuzish mumkin 
bo’lgan masalalardan namunalar keltirilgan. Masalan 2-sinf darsligidagi quyidagi 
masalani qaraymiz: 
―Sport kurtkasi bilan shim birgalikda 32 so’m turadi. Kurtka 22 so’m turadi. Shim 
qancha turadi?‖ 
Masala sharti o’qilgandan so’ng o’qituvchi masala 2 son ma’lumot ishtirok 
etgani uchun masalaga teskari qilib 2 ta masala tuzish mumkinligini aytadio va 
bolalarga masala tuzishni mustaqil topshiradi. Bolalar shunda quyidagi masalalarni 
tuzishlari mumkin. Sport kurtkasi 22 so’m, shim 10 so’m turadi. Kurtka va shim 
birgalikda qancha turadi? 
Bu metodistlar ham bolalarning mustaqil masala tuzishlariga oid har xil 
topshiriqlardan foydalanish mumkinligini aytib o’tishgan. 


25 

Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish