• Ikkinchi bosqichda
  • II.2. Tayyorlov guruh bolalarni masalalar tuzishga orgatish
  • Masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/23
    Sana15.01.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #137318
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
    Bog'liq
    8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

    Masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
    bolalarni hisoblash faoliyatiga o'rgatish va masalalar bilan tanishtirish ularga 
    kichik-kichik hajmda bosqichma-bosqich bilimlar berish bilan amalga oshiriladi. 
    Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o'rgatish hamda ularga 
    masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o'z aksini tonishini anglab 
    olishlarida yordam berish zarar. 


    33 
    Ular masala tuzilishini o'rganib, masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, 
    berilgan soniarning muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab oladilar. Bundan 
    tashqari, ular masalalar yechishni, qo'shish va ayirish amallarini ongli tanlash 
    hamda ifodalashni, masalada aytilgan narsalar bilan bajarilgan amallar qanday 
    miqdoriy o'zgarishlarga olib kelishini tushunib oladilar. 
    Bolalar masala savoliga to'liq va to'g'ri javob berishga o'rganib boradilar. Bu 
    davrda sonli material yo birinchi beshlik bilan chegaralanadi, yoki ikkinchi beshlik 
    ichida 1 ni qo'shadilar yoki ayiradilar. 
    Ikkinchi bosqichda bolalar qo'shish va ayirish amallarini asosan tanlashgagina 
    o'rgatilib qolmay, balki 1 talab qo'shish va ayirish usuliaridan to'g'ri foydalanishga 
    yoki oldin 2 sonini, keyin 3 ni ayirishni o'rgatib boriladi. 
    Bolalarning masalada berilgan sonlarni ajratib olishni o'rganishlari hamda 
    kelib chiqadigan miqdor o'zgarishlarning ma'nosini tushunib olishlari uchun 
    ko'rsatmali ko'rgazmalar zarur. 
    II.2. Tayyorlov guruh bolalarni masalalar tuzishga o'rgatish 
     
    Tarbiyachi birinchi mashg'ulotda bolalarga masala haqida umumiy tushuncha 
    berib, amalda shartlar tuzish va unga savollar qo'yishni o'rgatadi. 
    Dastlab bir-ikkita masalani tarbiyachining o'zi tuzadi, bunda u o'zining 
    ko'rsatmasiga binoan bolalar bajargan harakatlarni tavsiflaydi: «Akbar stolga 3 ta 
    qalam qo'ydi. Nilufar yana 1 ta qalam olib kelibdi. Nilufar va Akbar hammasi bo'lib 
    nechta qalam olib kelishdi?» 
    Bolalar Nilufar 1 ta qalam olib kelganini, hammasi bo'lib esa 4 ta qalam 
    bo'lganini, 4 sonining 1 dan ko'pligini tushuntiradilar. Tarbiyachi: «Men masala 
    tuzdim, sizlar esa uni yechdinglar. Endi biz masala tuzish va uni yechishni 
    o'rganamiz», — deydi. Bolalar hozirgina yechgan masalani eslaydilar. Tarbiyachi 
    bolalarga masalani qanday qilib tuzganini tushuntiradi. «Avval stol ustiga Akbar 
    nechta qalam qo'yganini, Nilufar nechta qalam olib kelganini, so'ngra esa Nilufar 


    34 
    bilan Akbar nechta qalam olib kelishganini so'zlab berdim. Siz Nilufar bilan Akbar 
    4 ta qalam olib kelishganini aytdingiz. Masalani yechib, siz savolga to'g'ri javob 
    berdingiz». 
    Yana bitta xuddi shunday masala tuzadilar. Masala savoliga to'liq va aniq javob 
    berish kerakligini ta'kidlash muhimdir. Agar bola biror narsani o'tkazib yuborsa, 
    masalan, faqatgina narsaning miqdori haqida gapirsa («4 ta qalam»), u holda 
    tarbiyachi undan qanday qalamlar haqida so'z borayotganini so'raydi. 
    1. Quyidagi shakllarni qog'ozni buklash yo'li bilan hosil qiling. 
    Chinni gullar va lolalar hammasi bo'lib nechta? 
    Lolalar chinni gullardan nechta kam? 
    Chinni gullar lolalardan nechta ko'p? 

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masalalarni yechishga o'rgatish bosqichlari

    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish