• Korgazmali masalalar.
  • Sahnalashtirilgan masalalar




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/23
    Sana15.01.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #137318
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
    Bog'liq
    8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

    Sahnalashtirilgan masalalar. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e'tibor 
    beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko'pincha o'zlari bevosita 
    bajargan harakatlari aks ettiriladi. Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu 


    37 
    berilgan sonlar ko'rgazmali asosda ko'rinib turishi muhimdir. 
    Birinchi sinf bolalari ko'pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular u 
    yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo'lishib oldi, sovg'a qildi va hokazo) 
    so'zlarning ma'nosini tushunmaydilar. Shuning uchun maktabda, tayyorlov 
    guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so'zlarning mazmunini ochib berishga 
    alohida e'tibor berish kerak. 
    Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini 
    hisobga olish kerak.Bunda qarama-qarshi harakatni: keldik-ketdi, yaqin kelishdi-
    uzoqlashdilar, oldi, berdi, ko'tarishdi-tushirishdi, olib kelishdi-olib ketishdi, uchib 
    kelishdi-uchib ketishdi nazarda tutuvchi yig'indi va qoldiqni topishga oid 
    masalalarni taqqoslash maqsadga muvofiqdir. 
    Ko'rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to'g'risida gapiriladi 
    hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko'rsatiladi. Rasm bo'yicha birinchi 
    masalani tarbiyachining o'zi tuzadi. U bolalarni rasmlarni ko'rib chiqishga
    berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o'zgarishiga olib kelgan 
    hayotiy harakatlarni ajratib olishga o'rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan 
    bola tasvirlangan, u 1 ta sharini qizchaga bermoqda. Rasmni ko'rsatayotib, tarbiyachi: 
    «Bu yerda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U 
    nima qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalaning shartini tuzing. Nima haqda 
    so'rash mumkin?»— deb so'raydi. 
    Dastlab, tarbiyachi bolalarga yo'llanma savollar berib yordamlashadi, keyin esa 
    faqat masalaning rejasini beradi: «Nima chizilgan? Nechta? Nima o'zgardi? 
    Ko'payadimi yoki kamaya-dimi?» Keyinchalik bolalar o'zlari mustaqil ravishda 
    rasmlarni kuzatib, masala tuzadilar. 
    Masala tuzishda umumiy fon (o'rmon, daryo) kabi vaza, savatcha, archa, 
    olmalar tasvirlangan rasmlardan ham foydalanish mumkin. Rasmlarda qirqib 
    olingan joylar bo'lib, bu yerlarga narsalarning yassi tasvirlari: olma, shar, nok, 
    bodring, qayiq, uy, daraxt va hokazolar qo'yiladi. Tarbiyachi bu teshikchalarga 
    narsalarning berilgan sonlarini aniq ko'rinib turadigan qilib joylashtiradi. 


    38 
    Shunday qilib, bu holda masalaning mavzusi va berilgan sonlari oldindan 
    belgilangan, uning mazmunini esa bolalar o'zlari o'zgartira oladilar. 
    Tarbiyachi berilgan sonlarni o'zgartirib, bolalarni ayni bir mavzuda har xil 
    mazmundagi yig'indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o'ylab topishga, hikoya 
    qilishga o'rgatishda foydalaniladigan xohlagan mazmundagi rasm asosida masala 
    tuzishga undaydi. 

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish