• Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga orgatish.
  • Bolalarni masalalar yechishga o'rgatish




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/23
    Sana15.01.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #137318
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
    Bog'liq
    8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

    Og'zaki masalalar. Oldingi qilingan ishlar ko'rsatma materialisiz masala 
    (og'zaki masala) tuzishga o'tish uchun imkoniyat yaratadi. 
    Og'zaki masala tuzishga shoshilmaslik kerak. Bolalar, odatda, masala sxemasini 
    oson o'zlashtirib oladilar, unga ergashib, darhol hayotdagi haqiqatni noto'g'ri 
    ifodalaydilar, bunda masalaning asosi hisoblangan miqdoriy munosabatlar 
    mantiqini tushunmaydilar. Bajarilishi lozim bo'lgan harakatlarning mazmuni 
    yaxshi o'zlashtirib olingandan keyin, bolalar o'z tajribalari asosida tuzilgan 
    masalalarni ham yecha oladilar. Xilma-xil mazmundagi masalalar tevarak-atrof 
    haqidagi bilimlarni aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, ularni bog'lanishi 
    va munosabatlarni aniq o'tashga, ya'ni hodisalarni o'zaro bog'lanish va o'zaro 
    bog'liqliklari bilan idrok etishga o'rgatadi. 
    Dastlabki og'zaki masalalarni bolalarga tarbiyachi beradi: «Grafinda 5 stakan 
    suv bor edi, Sobir 1 stakan suv ichdi. Grafinda necha stakan suv qoldi?», 
    «Quruvchilar ko'chaning bir tomonidagi 5 ta uyni, ikkinchi tomonidagi 1 ta uyni 
    topshirdilar. Quruvchilar nechta uy topshirishdi?» «Bolalar maktab oldiga 6 ta 
    olma va 1 ta nok ko'chati o'tqazishdi. Ular hammasi bo'lib nechta meva daraxti 
    o'tqazishdi». 
    Tarbiyachi bolalarni masalalar tuzishga o'rgata borib, songa oid material 
    hajmini belgilaydi. Bolalar masalalarning hayotiy munosabatlarini to'g'ri aks 
    ettirishlarini kuzatib borish kerak. Har safar biror bola o'ylab topgan narsa 
    haqiqatan shunday bo'lish-bo'lmasligi muhokama qilinadi. 
    Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o'rgatish. Bolalar masala tuzilishini, 
    masalalarni mustaqil tuzishni, savollarga to'g'ri javob berishni o'rganib olganlaridan 


    39 
    keyin ularni arifmetik amallarni (qo'shish va ayirishni) ifoda etishga o'rgatish 
    mumkin. Bolalar: «Masalani yechish uchun nima qilish kerak?» «Siz masalani 
    qanday yechdingiz?»—kabi savollarga javob beradilar. Bunda maktabgacha tarbiya 
    yoshidagi bolalarda muhokama qilish, harakatlarni asosli tanlab olish hamda 
    olingan natijani tushuntira olish ko'nikmasini o'stirish muhimdir. 
    Ishni shunday tashkil etish kerakki, bunda bolalar birinchi sinfda masala yechishda 
    foydalanadigan usullarni egallab olsinlar Masala muayyan sxema asosida tahlil 
    qilinadi. Namunaviy savollar: «Masalada nima haqida gapiriladi? Nima deyilgan? 
    Nechta?.. (Masalada berilgan sonlar ajratib olinadi, ular o'rtasidagi munosabatlar 
    aniqlanadi). Biz nimani bilamiz? (Nima ma’lum?) Biz nimani bilmaymiz? (Nima 
    noma'lum?) Masalani yechish uchun nima qilish kerak? Narsalar soni ko'paydimi 
    yoki kamaydimi? Shunday qilib masalani yechish uchun nima qilish kerak?» Bo-
    lalar arifmetik amallarni ifoda etib, masala savoliga to'liq javob beradilar hamda 
    yechimning to'g'riligini tekshiradilar. 
    Mashg'ulot oxirida muayyan harakat qanday miqdoriy o'zgarishlarga olib 
    kelganini, natijada miqdor ko'payganini ta'kidlash zarur. Har bir bola masalani 
    takrorlash, uning elementini ajratib olish, tanlangan harakatni tushuntirish 
    ko'nikmasini egallab olishi kerak. Yig'indini topishga 1 ta mashg'ulot 
    bag'ishlanadi, so'ngra bolalar qoldiqni topishga, ya'ni hisoblash harakatlarini ifoda 
    etishni o'rganadilar. Masalani tahlil qilish ham qo'shish amalini ifoda etishdek o'tiladi. 
    Tarbiyachi oxirida: «6 dan 1 ni ayirsak 5 qoladi»,— deydi. Bolalar hisoblash 
    ifodasini takrorlaydilar. Tarbiyachi ularga endi hamma vaqt qaysi sondan qaysi 
    sonni ayirish kerakligini so'zlab berishlarini aytadi. Bolalarning nima uchun ayirish 
    kerakligini va ayni harakat qanday miqdoriy o'zgarishlarga (soni kamaydi) olib 
    kelganini tushunib olishlari muhimdir. 
    Bolalar maktabda qo'llaniladigan arifmetikaga doir atamalarni o'rganib 
    olishlari kerak. 
    Bolalarga dastlabki qadamdanoq «qo'shish», «ayirish», «hosil bo'ladi», «teng 
    bo'ladi» so'zlarini o'rgatib borish kerak. Bolalarning har bir harakatning mazmunini, 


    40 
    shuningdek, harakatlar o'rtasidagi bog'liqlikni anglab olishlari uchun qo'shish va 
    ayirishga oid masalalarni muntazam ravishda taqqoslash zarur. Bu ularning farqini 
    yaxshiroq tushunish va tegishli harakatlarni farq qiladigan, keyinroq esa biri 
    ikkinchisiga o'xshash masalalarni taqqoslash uchun kerak bo'ladi. Masalan, bolalar 
    bir konvertdagi kvadratlar sonini aniqlaydilar, so'ngra konvertlardan 1 ta kvadrat 
    oladilar, ayrim hollarda esa konvertga 1 ta kvadrat qo'shadilar, shunday qilib ular 
    qo'shish va ayirishga oid masala tuzadilar. Masalalar nimasi bilan bir-biriga 
    o'xshash va bir-biridan nimasi bilan farq qilishini aniqlaydilar. Tarbiyachi savollar 
    beradi: «Birinchi va ikkinchi masalalarda nimalar to'g'risida gapirilyapti? Nima 
    ma'lum? Nimani bilish kerak? Birinchi masalani yechish uchun nima qilish kerak? 
    Ikkinchi masalanichi? Nima uchun? Qaysi masalada natija (yig'indi) ko'proq 
    chiqadi? Qaysi birida kamayadi? Nima uchun?» «Birinchi masalada biz 1 ta 
    kvadrat qo'shdik, kvadratlar ko'paydi — biz qo'shdik, ikkinchi masalada biz 1 ta 
    kvadratni oldik, konvertdagi kvadratlar kamaydi»,— deb javoblarni 
    umumlashtiradi. 
    Keyinchalik bolalar mustaqil ravishda bir sonni ikkinchi songa qo'shish yoki bir 
    sondan ikkinchi sonni ayirishga oid masalalarni tuza oladilar. 
    Bolalar e'tibori masala savolining u yoki bu amaliy harakat bilan aloqasini 
    aniqlashga qaratiladi. Qoldiqni topishga oid masalalar hamma vaqt bir xil savolga 
    (Qancha qoldi?) ega bo'lishi bilan farq qiladi. Chunki ayirishga oid oddiy 
    masalalarni yechish bolalarda qiyinchilik tug'dirmaydi. 
    Qo'shishga oid masala savolida masala shartida bayon etilgan yoki undan keUb 
    chiqadigan harakat aniq aks ettirilishi shart. Odatda, bolalar masala rejasini tezda 
    o'zlashtirib olib, savolni bir qofiyada ifoda etadilar: «Qancha bo'ldi?» Ularni 
    tasvirlangan harakatlarni aks ettirib, yanada aniqroq ifodalar qidirishga undash 
    kerak: «Nechta sovg'a qilishdi?» «Nechta qo'yishdi?», «Nechta o'tiribdi», «Nechtasi 
    sayr qilyapti?», «Nechta bola hovlida o'ynamoqda?» va hokazo. 

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish