Masala tuzilishi bilan tanishish




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana15.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#137318
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
8644504c-2da9-4073-a147-9a2b3d44eacc

Masala tuzilishi bilan tanishish. Masala tuza bilish ko'nikmasi uning 
tuzilishini o'zlashtirib olish uchun zamin yaratadi. Bolalar masala tuzilishi bilan 
ikkinchi yoki uchinchi mashg'ulotda tanishadilar: ular masalada shart va savol 
borligini bilib oladilar, masala shartida kamida 2 ta son bo'lishligi alohida 
ta'kidlanadi. 
Tarbiyachi bolalarga murojaat qilib: «Men hozir sizlarga masalada nima haqida 
gapirilishini so'zlab berarnan, siz bo'lsangiz men aytgan narsalarning hammasini 
ko'rsatasiz». Bolalar stolning chap tomoniga 2 ta ayiqcha, o'ng tomoniga 2 ta ayiqcha 
qo'ydilar. Stolga hammasi bo'lib nechta ayiqcha qo'yishdi? Biz masala tuzdik. 


35 
Keling, uni takrorlaymiz va bilganlarimizni bilmaganlarimizdan ajratamiz. Biz 
nimani bilamiz? Bolalar: «Chap tomonda ikkita, o'ng tomonda esa 2 ta ayiqcha 
bor», — deb javob beradilar. «Buni biz bilamiz. Bu masalaning sharti»,—deb 
tushuntiradi tarbiyachi. — Masalada nima so'ralyapti? Bolalar: «Stolda hammasi 
bo'lib nechta ayiqcha borligi?»—deb javob beradilar. «Biz buni bilmaymiz. Biz mana 
shuni aniqlashimiz kerak. Har bir masalaning o'z sharti va savoli bor. Bizning 
masalamizda qanday sonlar haqida gapirilyapti? Siz qanday savol qo'ydingiz? 
Masalamizni takrorlaymiz». 
Tarbiyachi bolalardan biriga masala shartini takrorlashni, boshqasiga savol 
qo'yishni taklif etadi. Masala qanday ikki qismdan tuzilganligi aniqlanadi. Ular shu 
usulda 2—3 ta masala tuzadilar. 
Bolalar ko'rsatma materialsiz masalalar tuzishni o'rganib olganlaridan keyin
masala tuzilishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun uni hikoya va topishmoq 
bilan ongli ravishda taqqoslash foydalidir. 
Masalani topishmoqlar bilan taqqoslash yaxshidir. Sonlar, ko'rsatilgan 
topishmoqlar tanlab olinadi. «Bittasi gapiradi, ikkitasi tomosha qiladi, yana ikkitasi 
esa eshitadi» (og'iz, ko'z, quloqlar). «Bir tom ostida to'rt og'ayni yashaydi» (stol) 
va hokazo. 
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bu yerda qanday savollar berish 
mumkinligini muhokama qiladi: «Bu nima? Stolning nechta oyog'i bor?» va 
hokazo. Topishmoqda qanday narsa haqida gap borishini topish kerak. Masalada 
esa miqdorni, necha soni hosil bo'lishini yoki nechta narsa qolishini bilish kerak. 
Masalani topishmoq bilan solishtirish masala savolining arifmetik mazmunini 
ta'kidlash imkonini beradi. Bolalarni masalani hikoya, topishmoqdan farq qilishga 
yordam beruvchi umumiy usullardan foydalanishga o'rgatish foydalidir. Matnni 
quyidagi reja asosida tahlil qilish mumkin. «Bu yerda sonlar bormi? Bu yerda nechta 
son bor?». 
Mashg'ulot oxirida bolalarga topishmoq, hikoya va masalani qaytadan tuzish 
uchun nima qilish kerakligini o'ylash taklif etiladi. 


36 
O'rgatishning bu bosqichida birinchi mashg'ulotda bolalar qo'shishga, keyinroq 
esa qo'shish hamda ayirishga oid masalalarni yechadilar, qo'shish va ayirishga oid 
masalalar ketma-ket tuziladi. Javobni sonlar o'rtasidagi bog'lanishdan va 
munosabatlarni tushunchaga asoslanib topadilar. 
Rasmga qarab bolalar mustaqil masala tuzishga o'rgatiladi. Rasmga qarab 
masala tuzing 

Download 0,89 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish