Peregon yo’l rejasini tuzish




Download 65.39 Kb.
bet3/10
Sana25.11.2022
Hajmi65.39 Kb.
#31818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PXBT nazariya

2.3 Peregon yo’l rejasini tuzish

Peregonning yo‘lli rejasi AB loyihasining asosiy hujjati hisoblanadi. U tanlangan AB tizimining asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga olgan uncha katta bo‘lmagan chizmani aks etadi:



  1. ikki ipli peregonning yo‘lli rejasi rasmi;

  2. raqamlari va joylashish ordinatalari ko‘rsatilgan holda peregon svetoforlari;

uzunliklari ko‘rsatilgan holda rels zanjirlari, (KPTSH-515, KPTSH- 715) tipidagi kodli yo‘l transmitterlari, izolyatsiyalovchi tutashmalarni joylashish o‘rni; rele (R) va ta’minot (P) oxirlari belgilanishini, turiga mo (elektr tortqi uchun) yoki kabel ustunlari (avtonom tortqi uchun) yo‘l drossel-transformatorlari (DT) joylashishi;

  1. signal o‘rnatmalari turini ko‘rsatgan holda rel shkaflari (hozirgi kunda AB qurilmalarini o‘rnatish uchun SHRU-M turidagi shkaflar qo‘llaniladi);

  2. AB yuqor kuchlanishli liniyalari zahiraviy elektrta’minot liniyasinini o‘rnatilish tomonini ko‘rsatgan holda, chiziqli transformatorlarning joyi va turini kursatgan holda, DPR tizimidan ta’minotini zahiralash uchun, bir fazali KPTO podstansiya transformatorlari komplektlarini joylashish o‘rnini ko‘rsatgan holda;

  3. aloqa kabelining magistral signal simlari yoki AB ning havo kabel liniyalari (havo kabel liniyalarda signal simlari AB ning yuqori kuchlanishli signal liniyalari ustunlariga joylashtiriladi) ularning sxema nomenklaturasini (qo‘llanilishini) ko‘rsatgan holda va zarur bo‘lgan havo kabel liniyasi traverslaridagi kesishmalarni yoki magistral kabellarni rele shkaflariga kiritish uchun ulangan joylarni ko‘rsatib;

  4. uzunligi va kabel simlarini ko‘rsatgan holda o‘rnatilgan signallar kabel tarmoqlari;

  5. turlari va o‘rnatilgan past kuchlanishli razryadlovchilar soni ko‘rsatilgan kabel qutilari (razryadlovchilar soni kabel qutilari belgilanishi ichida ko‘rsatiladi va rele shkaflariga olib boriladigan signal simlari soni bilan aniqlanadi, bunda kabel qutisidagi signal simiga ulanadigan razryadlovchi raqami havo kabel liniyasi yonmida shu simning nomenklaturasi belgilanishi bilan ko‘rsatiladi);

  6. peregon aloqasi telefon apparatini ulash uchun rele shkaflari havo kabel liniyasi va aloqa kabellari (ular temir yo‘l uchastkalarida mavjud bo‘lsa).

Signal qurilmalari o‘zi joylashgan uchastkadagi barcha mumkin bo‘lgan holatlarni qamrab oladi. Ulaning eng harakterli hususiyatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
O – bittalik signal o‘rnatmasi;
Oi – ikkinchi yoki uchinchi yaqinlashish uchastkasidan stansiyaga yoki pereyezdga bildirish sxemasiga ega bo‘lgan bittalik signal o‘rnatmasi;
Om – sariq miltillovchi ko‘rsatkich - qo‘shimchaga ega bo‘lgan kirishdan oldingi bittalik signal o‘rnatmasi;
ikki yo‘lli AB ning juft signal o‘rnatmasida har bir svetofor uchun alohida-alohida ma’lum bir turdagi signal o‘rnatmasiga mos keluvchi bittalik signal rele shkafi o‘rnatiladi;
S – juft o‘tish svetofori signal o‘rnatmasi;
Si – I va OI zanjirlarridan stansiya tomonga ikkita yaqinlashishi uchastkasi bildirilishi beriladigan juft signal o‘rnatmasi.
Sm – miltillovchi sariq ko‘rsatkich sxemasi nazarda tutilgan kirish svetoforidan oldingi juft signal o‘rnatmasi.
Signal uskunalarining kabel tarmog‘ini ishlab chiqishda svetoforlar, signal zanjirlarining kabel yashiklariga eltadigan, juftlangan uskuna relelar shkaflari orasidagi kabellar torlari soni zarur miqdordagi zaxira torlarini va eng yaqin standart miqdorli kabeldagi torlar sonini hisobga olgan holda (10 ta ishchi torga 1 ta zaxira tor) prinsipial sxemalar bo‘yicha aniqlanadi. Rels zanjirlariga kuch kabellari torlarining soni qo‘shimcha, zaxira torlarsiz ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Kabellar uzunligi mahalliy sharoitlar bilan belgilanib, kurs loyihasida talabaning ixtiyoriga ko‘ra taxminan qabul qilinishi mumkin.
Kabel yashigi tipini tanlashda quyidagi shartlarga asoslanib ish ko‘rilishi kerak:

    1. relelar shkafiga havo liniyasi signal simlari va asosiy va rezerv elektr ta’minot simlari alohida kabellar bilan kiritilib, bu ular uchun alohida kabel yashiklari o‘rnatilishini taqozo etadi;

    2. kuch zanjirlarining kabel yashiklarida razryadniklar o‘rnatilmaydi, ularda faqat muhofazalagichlar (AVM) o‘rnatiladi, xolos;

    3. sanoat tomonidan quyidagi tipdagi kabel yashiklari ishlab chiqariladi (klemma kolodkalari soniga ko‘ra): KYA-6, KYA-10, KYA-16 i KYA- 24.

Liniya zanjiri tarkibiga simlar ham kiradi:
DSN, ODSN – kuchlanishni ikki barobar pasaytirish; N, ON – yo‘nalishni o‘zgartirish;
K, OK – peregon bo‘shligi nazorati;
ICH, OICH (IN, OIN) – poyezdning stansiyaga yaqinlashib kelganligidan xabar berish.
Ikki izli raqamli avtoblokirovka sxemalarida ICH, OICH (IN, OIN) simlari yaqinlashish to‘g‘risida xabar berish relesi IP ni ulash uchun ishlatilib, u noto‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishda ALSN kodi nechta raqamdan iborat bo‘lishini tanlaydi;
ZS, OZS – kirish oldi svetofori ko‘rsatmalarini kirish svetofori ko‘rsatmalari bilan bog‘lash uchun.
Peregon yo‘llari rejasini tuzish 4-rasmda [2, 3], shuningdek namunaviy yechimlar albomida keltirilgan.
Peregonning yo‘l rejasi AB qurilmalari bilan jihozlash uchun kerak bo’ladi.Topshiriq bo’yicha rels zanjirlari tipi 25 Gs o’zgaruvchan,shuning uchun signal zanjirlarini tashkillashtirish uchun aloqa liniyasi turi magistral kabel tanlangan.

Download 65.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 65.39 Kb.