Elektr torqi o‘zgaruvchan tokli fazasezgir stansiya rels zanjirlari sxemlari




Download 65.39 Kb.
bet8/10
Sana25.11.2022
Hajmi65.39 Kb.
#31818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PXBT nazariya

Elektr torqi o‘zgaruvchan tokli fazasezgir stansiya rels zanjirlari sxemlari. Elektr tortqi o‘zgaruvchan tokdagi stansiyalar odatda DSSH-13 releli 25 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokli fazasezgir rels zanjirlari bilan lo- yihalanadi. Bunday rels zanjirlar yaxshi halaqitdan himoyalanganligiga ega va iqtisodiy jihatdan ancha arzon hisoblanadi. Birinchi SSSR temir yo‘l tarmog‘i o‘zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan stansiya uchastkalarida qo‘llanilgan va boshqa turdagi rels zanjirlari: 75 Gs chastotali impulsli o‘zgaruvchan tokli, 25 Gs chastotali impulsli. Buning sababi bunday rels zanjirlari loyihalanmaydi, hozirgi ish foaliyatida ular o‘rganilmaydi va ular haqidagi ma’lumotlarni faqat ma’lumot kitobchalaridan olish mumkin.
Tarmoqlanmagan ikki ipli 25 Gs chastotali ikkita drossel- transformatorli va 25 Gs chastotali ALS kodli signallari joylashtirilgan rels zanjiri sxemasi avtonom tortqi uchun tarmoqlanmagan 25 Gs chastotali
DSSH-13A releli rels zanjiri bilan o‘xshashdir. Farqlari ta’minot va rele oxirlarida tortqi tokini o‘tkazish uchun DT-1-150 turidagi drossel- transformatoridir, bundan tashqari ko‘p marta ta’sir qiluvchi AVM1-5A avtomatik o‘chirgichi mavjudligi. U ta’minot va rele oxirlarida joylashgan transformator qutisi ichidagi IT transformatori ikkilamchi cho‘lg‘amiga ketma-ket ulangan bo‘lib, uskunalarni relslardagi tortqi toki qaytishidan himoyalash uchun qo‘llaniladi.
Stansiyaning elektrlashtirilmagan yo‘llarida, ya’ni qaytuvchi tortqi tokini o‘tkazish uchun foydalanilmaydiganlarida drossel-transformatorsiz ikki ipli rels zanjirlari qo‘llaniladi.
Bunday holda sxemadan ta’minot va rele oxirlaridan drossel- transformatorlari olib tashlanadi va rele oxiri transformator qutisidagi IT transformatori ikkilamchi cho‘lg‘amiga 2,2 Omli rezistor ketma-ket ulanadi (8-rasmga qarang).
Ta’minot oxirida kodlashsiz uchun a va b nuqtalari ulanadi. Rele oxirida qodlash bo‘lmasa sxemadan KT transformator, Rk rezistor, RT va P1 rele kontaktlari, bundan tashqari rele oxiridagi transformator qutisidagi
2 A li saqlagich (предохранитель) olib tashlanadi. Bunday holatda sxemada v va g nuqtalari ulanadi.
Shuni esda tutish kerakki, rele oxiridan ALS kodli signallari uzunligi 750 m dan oshiq ikkita yoki uchta drossel-transformatorli va 250 m dan oshiq bitta drossel-transformatorli yoki drossel-transformatorsiz rels zanjiri KT transformatori ikkilamchi cho‘lg‘ami 60 V dan ko‘p kuchlanish tushganda jo‘natiladi (8-rasm.). Bu holatda EM postidagi bitta PT-25A transformatoriga xuddi shu turdagi ikkita transformator ulanadi, birlamchi cho‘lg‘amlar parallel, ikkilamchilari esa ketma-ket.
25 Gs chastotali ikkita DT-1-150 drossel-transformatorliva 25 Gs chastotali ALS signallari joylashtirilgan rels zanjiri ta’minot oxiri sxemasi tarmoqlanmagan rels zanjiri sxemasi bilan o‘xshashdir. Faqatgina tarmoqlanmagan rels zanjiridagi bitta 2,2 Omli rezistor o‘rniga ikkita rezistor ketma-ket ulanadi. Ta’minot oxirida ALS kodli signallari yo‘qligida a va b nuqtalari ulanadi.
A, B va V tarmoqlanishlar rele ta’minotlari ham tarmoqlanmagan rels zanjiri rele oxirlari sxemalari bilan bir hil. Tarmoqlanishdagi yo‘l relelari zanjirlaridagi kuchlanishni moslash uchun transformator qutilaridagi IT transformatorlari ikkilamchi cho‘lg‘amlariga ketma-ket qilib 2,2 Omli rezistorlar o‘rnatiladi. Aynan shu maqsadda A tarmoqlanishda (asosiy yo‘lda) EM posti yo‘l relesi yo‘l obmotkasiga qo‘shimcha 400 Omli rezistor ketma-ket o‘rnatiladi. Rels zanjiri uzunligi lr.ts. = a + s + lA + lB + lv
≤ 600 m.
V tarmoqlanishda rels zanjiri uskunalari yo‘qligi uchun B tarmoqlanishda tortqi tokini o‘tkazib yuborish uchun DT-1-150 turidagi drossel-transformatorini o‘rnatishga ruxsat berilgan. B tarmoqlanishi rele oxiridagi qurilmalar A tarmoqlanish rele oxiridagidek ulanadi, faqat bu holatda 400 Omli rezistor ulanmaydi.
Tarmoqlangan rels zanjiri bo’yicha 2CП seksiya tanlab olingan.Tarmoqlanmagan rels zanjiri bo’yicha ЧАП seksiya tanlab olingan.(8-rasm)



Download 65.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 65.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr torqi o‘zgaruvchan tokli fazasezgir stansiya rels zanjirlari sxemlari

Download 65.39 Kb.