Stansiyaning rels zanjirlari




Download 65.39 Kb.
bet7/10
Sana25.11.2022
Hajmi65.39 Kb.
#31818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PXBT nazariya

2.8 Stansiyaning rels zanjirlari

EM li oraliq stansiyalar o‘zgaruvchan tokli va doimiy tokli elektr tortqi, hamda avtonom tortqili uchastkalari 25 Gs li fazasezgir rels zanjirlari bilan jihozlanadi. Bunday RZini ALSN toklari bilan kodlashtirish o‘zgaruvchan tokli elektr tortqida 25 Gs hamda doimiy tokli elektr tortqi va avtonom tortqilarda 50 Gs da amalga oshiriladi.


Kodlashtirish qurilmalari bilan asosiy yo‘l, hamda poyezdlar to‘xtamasdan o‘tib ketadigan yon yo‘llar RZ jihozlanadi. Bunda maxsuslashtirilgan yon yo‘llarni faqatgina to‘xtamasdan o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha kodlashtirish ishlatiladi. Stansiya bo‘g‘zidagi strelkali va strelkasiz uchastkalar kodlash qurilmalari bilan faqatgina asosiy yo‘l
mashrutlari (yon yo‘llarga qabul marshrutlarida strelkali uchastkalar kodlanmaydi, yon yo‘llardan jo‘natish marshrutlarida esa faqat asosiy yo‘llarga chiqishda) da jihozlanadi [6].
Oltitagacha qabul-jo‘natish yo‘llariga ega bo‘lgan elektr tortqili stansiyalarda qoidaga ko‘ra ikki ipli rejada ajratiladi, bunda asosiy yo‘ldagi kodlanadigan RZ ikkita DT (DT-1-150 o‘zgaruvchan tokli elektr tortqi va DT-0.6-500M doimiy tokli elektr tortqida) RZ ining ikkala oxirida ham o‘rnatiladi. YOn yo‘llarning rels zanjirlarida bitta DT ta’minot oxirida o‘rnatiladi, agarda qaytuvchi tortqi tokiga ikkinchi DT o‘rnatilishi talab qilinmasa. Ma’lumki, har bir RZ ikkitadan kam bo‘lmagan qaytuvchi tortqi toki chiqishlariga ega bo‘lishi kerak. Bitta DT li RZ ning ikkita chiqishi bo‘lib, DT ning o‘rta chiqishidagi ikkita ulagich hisoblanadi. Xuddi shunday, stansiya bo‘g‘zidagi strelkali tarmoqlangan kodlanmaydigan RZ bitta yoki ikkita DT bilan jihozlanadi.
Ko‘rsatilgan izohlarni hisobga olgan holda ushbu stansiyaning sxematik rejasini tahlil qilish, undagi RZ kodlanadigan oxirlarni (K) harfi bilan ko‘rsatish va qabul-jo‘natish yo‘llarining strelkali uchastkalarining har biri uchun ularning turini aniqlash.
Kurs loyihasidagi stansiyaning ikki ipli rejasi RZ larining (stansiyada qo‘llaniladigan) barcha turlari sxemalari uchun ishlab chiqish talab etiladi. RZ lari sxemasning har bir turi uchun shu RZ bilan jihozlangan yo‘llar va strelkali uchastkalar nomlanishini ko‘rsatish.
Izohda RZ turini tanlashning qisqacha ta’rifini, ta’minot va rele oxirlari o‘rnatilishini keltiring.
Bir yo‘lli stansiyalarda qabul-qilishda kodlash rele oxiridan, jo‘natishda esa ta’minot oxiridan beriladi. Ikki yo‘lli stansiyalarda kodlash qabul-qilish va jo‘natishda ta’minot oxiridan amalga oshiriladi.

Download 65.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 65.39 Kb.