• 2.7 Stansiyaning bir va ikki ipli yo’l rejasi
  • Chastotali dispetcherlik nazorati sxemasi




    Download 65.39 Kb.
    bet6/10
    Sana25.11.2022
    Hajmi65.39 Kb.
    #31818
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    PXBT nazariya

    2.6 Chastotali dispetcherlik nazorati sxemasi

    Dispetcherlik nazorati tizimi peregon va stansiya qurilmalari hamda markaziy post apparaturasidan iborat. Peregon qurilmalari blok-uchastkalar va mashinalar o‘tish joylari holatini qayd etib (mavjud avtoblokirovka apparaturasi va o‘tish joyi qurilmalaridan foydalangan holda) DSN-ODSN zanjiri bo‘ylab axborotni eng yaqin joylashgan oraliq stansiyaga keyinroq markaziy postga o‘tkazishlari uchun uzatadilar. Peregon qurilmalari CHDK – kamerton generatorlar peregon signal qurilmalari sxemalarida ko‘rsatiladilar. Bundan tashqari, peregon qurilmalari qo‘shimcha vazifa ham bajaradilar – ya’ni ular AB asosiy elementlari va mashinalar o‘tish joyi qurilmalari sozligini nazorat qilib, bu to‘g‘ridagi axborotni oraliq stansiyaga uzatadilar. Nazorat maqsadlarida asosan relelar AB va mashina o‘tish joylaridagi mavjud ABlar ishlatilib, kamerton generatorlarda xabarlarni kodlash uchun dispetcherlik nazorati GPSH generatori tarkibidagi parametrlari o‘zgartiriladigan, sozlanadigan mul’tivibratorlar qo‘llanib, mul’tivibrator tegishli rele kontaktlari bilan rostlab boriladi.


    Axborot uzatish uchun DSN-ODSN zanjiri ishlatiladi. Bugunga kelib generatorning nisbatan zamonaviy turi – GLS ishlab chiqilgan.
    Topshiriq bo’yicha chizma 5-V rasmda ko’rsatilgan.
    2.7 Stansiyaning bir va ikki ipli yo’l rejasi

    Stansiyaning sxematik rejasi bir yo’lli chizmada masshtabsiz ko'rsatilgan. Stantsiya ikki yo'nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stansiyaga va peregonga yo'naltirilgan asosiy yo'llar, maxsuslashtirilgan va nomsiz yo'llar, maxsuslashtirilgan yo'llardan faqat bir yo'nalishda harakatlanish, nomsiz yo'llardan ikkala yo'nalishda harakatlanish mumkin.


    Stansiya poyezdlarni qabul qilish, o'tkazish va jo'natishga, yo'lovchilarni chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo'ljallangan.
    Shuningdek, stansiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni, svetoforlarni, strelkalarni, yo'llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo'lovchilar binolari, EM posti, yo'llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi barcha harakat obektlari sxematik ravishda ko'rsatiladi.
    Kurs ishi topshirig'ida yarim stansiya berilgan bo'lib, yani u stansiyani juft (Ч) tomonidir. Stansiyani jixozlashda 16 ta svetofor: kirish svetofori H , НД , chiqish svetoforlari ЧI,ЧII,Ч3,Ч4,Ч6 manevr svetoforlari M1, M3, M5, M7, M9, M11, M13 va M15, M17, M19 dan foydalanildi. Stansiyada I П,II П, 3П, 4 П ,6П yo'llar, 1/3,5/7, 9/11,13, 15 strelkalar mavjud.(6-rasm)
    Temir yo'l transportida signalizatsiya harakatlanuvchi sostavni harakatlanishda xavsizlikni ta'minash uchun va aniq uchastkada poyezd harakatlanayotgan tezligida harakatni davom ettirish lozimligi, tezlikni kamaytirib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi yoki butunlay to'xtashi lozimligi ko'rsatishi uchun mo'ljallangan. Shunga muvofiq poyezdga berilayotgan signallar ham uch hil belgida bo'ladi: “yo'l ochiq”, ehtiyotkorlik bilan davom ettirilsin” va “to'xta”.
    Belgilarning ko'rinishi va ma'nosi:
    Agar peregondagi uch belgili svetoforda:
    • yashil chiroq - «poyezdga o'rnatilgan tezlikda davom etishiga ruxsat beriladi, keyingi svetofor ochiq»;
    • sariq chiroq - «poyezdga to'xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor yopiq»;
    • bitta qizil chiroq - «To'xta! Signaldan o'tish taqiqlanadi».
    Agar besh belgili kirish svetoforida:
    • bir yashil chiroq - «poyezdga bekatga asosiy yo'ldan o'rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo'nalishli yoki chiqish) ochiq»;
    • bir sariq yonib-o'chuvchi chiroq - «poyezdga stantsiyaga asosiy yo'ldan o'rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo'nalishli yoki chiqish) ochiq va undan pasaytirilgan tezlikda o'tish talab etiladi»;
    • bir sariq chiroq - «poyezdga stantsiyaga asosiy yo'ldan to'xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo'nalishli yoki chiqish) yopiq»;
    • ikki sariq chiroq, ulardan tepadagisi yonib-o'chuvchi - «poyezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda yon yo'ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo'nalishli yoki chiqish) ochiq»;
    • ikki sariq chiroq - «poyezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda, to'xtashga tayyor holda yon yo'ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo'nalishli yoki chiqish) yopiq»;
    • bir qizil chiroq - «To'xta! Signaldan o'tish taqiqlanadi».
    Taklif qiluvchi signal - oq (lunno-beliy) yonib-o'chuvchi signal – kirish va chiqish svetoforlarida qo'llaniladi (guruhlardan tashqari). Ushbu signal poyezdga qizil chiroqli (yoki o'chirilgan) svetofordan keyinga svetoforgacha (yoki chiqish svetofori bo'lmagan yo'lga qabul qilinayotgan bo'lsa chegaraviy ustungacha) o'tishga 20 km/soat tezlikda ogohlikda va harakatga to'sqinlik uchraganda zudlik bilan to'xtashga tayyor holda xarakatlanishga ruxsat beriladi.

    Harakatlanuvchi tarkibning poyezdli yoki manyovrli tartibda o‘tishiga tashkillashtirilgan yo‘l marshrut hisoblanadi.


    Qabul qilish, jo‘natish va poyezdlarni parkdan parkka yetkazish bo‘yicha barcha poyezdli qatnovlar signallar bo‘yicha amalga oshiriladi va albatta marshrutlashtiriladi.
    Manyovrli harakatlanishlar ham marshrutlashtiriladi, stansiyani izoliyasiyalangan rayonlari bundan mustasno, u yerda saralash ishlari amalga oshiriladi va strelkalar mahalliy boshqariladi.
    Manyovr ishini harakteriga qarab manyovr svetoforlarini quyidagi holatlardan kelib chiqqan holda joylashtirish mumkin:
    - qabul qilish jo‘natish yo‘llaridagi manyovr svetoforlari, shu bilan birga chiqish svetoforlariga qo‘shilgan ular mavjudligida, park yo‘llarida manyovr ishlarini tashkillashtirishga va yo‘llar tomonidan stansiya gorlovinasini to‘sish uchun manyovr svetoforlari (М1, М3…..М15);
    - qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomon yo‘nalgan manyovr svetoforlari, har bir park yo‘llaridagi shuningdek parklar aro manyovr ishlarini tashkillashtirish uchun xizmat qiladi (depo yo‘llarini, park va yurish yo‘llarini tutashtiruvchi markazlashtirilmagan hududdan markazlashtirilgan hududga kirishga ruxsat etuvchi manyovr svetoforlari);
    - stansiya gorlovinasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular qabul qilish yo‘nalishida uzun va murakkab marshrutlarni bo‘lish uchun xizmat qiladi;
    - stansiya gorlovinasining peregon tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular jo‘natish yo‘nalishida murakkab manyovr marshrutlarini bo‘lish uchun xizmat qiladi.
    Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi (ЧI, ЧII). Shuningdek, guruhli svetoforlar (poyezdli va manyovrli), depodan chiqish, tortish, manyovr tarkiblarini to‘xtash yo‘llaridan chiqishni iхotalovchi svetoforlar ham machtali bo‘lishi kerak . Qolgan chiqish va manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.
    Gorlovinada manyovr svetoforlarning joylashtirilishi shunday hisob-kitob bilan amalga oshirilganki, parallel manyovr harakatlanishlar imkoniyati ta’minlangan va burchak kirishlarda ko‘p qatnovni bartaraf etilgan bo’lishi kerak.
    Harakatlanuvchi birlikni bir yo‘ldan boshqasiga qayta o‘rnatish imkoniyati shu yo‘lga olib boruvchi strelkalardan oldin manyovr svetoforlarini o‘rnatish bilan amalga oshirildi.
    Agar qabul-qilish jo‘natish yo‘li maxsuslashtirilgan – chiqish svetofori bir tomondan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda qarama qarshi tomondan manyovr svetofori qo‘yish ko‘zda tutiladi. Stansiya gorlovinasidagi strelkasiz seksiyalar qoidaga binoan ikkala tomonidan manyovr svetoforlari bilan ajratiladi.
    Qabul qilish-jo‘natish va stansiya va peregonning boshqa yo‘llaridan strelkali hududlar tutashmalar bilan ajratiladi. Kirish svetofori va birinchi kirish strelkasi orasida izolyatsiyalangan uchastka (seksiya) bo‘lishi nazarda tutiladi (НАП).
    Agar stansiya gorlovinasi ikki yo‘lli peregonga tutashgan bo‘lsa, unda oxirgi chiqish strelkasi va stansiya chegarasi orasidagi seksiya chiqish strelkasida manyovr svetoforini o‘rnatish ko‘rib chiqiladi. Stansiya chegarasida bitta peregon yo‘li bo‘ylab boshqa yo‘l tubdan ta’mirlanayotganda ikki tomonlama harakatni tashkillashtirish uchun qizil va ikki sariq chiroqli qo‘shimcha kirish svetofor qo‘yish ko‘zda tutiladi (НД). Stansiyaning asosiy yo’llari rim raqamlari bilan belgilangan mos ravishda I П ва II П, strelkalar peregon tomonidan belgilangan, toq yo’nalish bo’ylab harakatlanuvchi poyezd strelkalari arab toq raqamlari bilan raqamlandi. Undan keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshiriladi. Bitta seksiya uchtadan ortiq bittalik yoki ikkitadan ortiq kesishgan strelkali o‘tkazgichni qamrab olishi mumkin emas. Parallel yo‘llar oralig‘idagi qiyalik strelkalari bir biridan izolyatsiyalanadi, aks holda ikkala strelka bo‘ylab bir vaqtda bir biriga zid bo‘lmagan harakat mumkin emas. Strelkalarni seksiyalarga taqsimlashda mumkin qadar qarshi bo’lmagan marshrutlarning bir vaqtda harakat qilinishini ta’minlash lozim.
    Yon yo‘llardan poyezdlarni to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun 1/18 markali strelkali o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Kirish svetoforida bunday holatda bitta yashil tasma qo‘llanilgan signallashtirish ko‘zda tutiladi.
    ЧI,ЧII,Ч3,Ч4,Ч6 chiqish svetoforlari qabul – jo’natish yo’llari ixtisosligini hisobga olgan holda o’rnatildi.
    Marshrut shakllantirishda ularning chegaralari o‘rnatib olinadi. Kirish svetofori qabul qilish marshruti boshlanishi, oxiri esa – qabul qilish yo‘li bo‘ladi. Jo‘natish marshrutida esa chiqish svetofori marshrut boshlanishi, oxiri esa – stansiya chegarasi bo‘ladi.
    Tayinlangan marshrut bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etuvchi manevr svetofori manevr marshruti boshlanishi, oxiri – birinchi yo‘lakay manevr svetofori bo‘ladi.
    Bog’liqlik jadvalida berilgan stansiya bo’g’izi uchun barcha poyezd va manyovr marshrutlari hisoblab chiqilgan va har bir marshrut uchun svetofor ko’rsatgichi ko’rsatilgan. Marshrutlar nomlari grafasida avvalo I П, II П asosiy yo’llar bo’yicha poyezdlarni bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazish uchun barcha poyezd marshrutlari hisoblab chiqilgan.
    Poyezd marshrutlaridan so’ng stansiya gorlovinasidagi manyovr svetofori bo'yicha ajratilgan manyovr marshrutlari tuzilgan.
    Stansiyaning ikki ipli rejasi – bu tashqi izolyasiyalovchi tutashmalar bo‘shab chiqishi holatida xavfli ishdan chiqishga yo‘l qo‘ymaslik uchun ta’minot manbalari qanday ulanishi ko‘rsatiladigan ikki ipli ko‘rinishda tasvirlanadigan stansiya planidir.
    Stansiyaning ikki ipli rejasi bir ipli reja asosida quriladi.
    Stansiyaning ikki ipli rejasida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
    Stansiyada izostiklarni to’g’ri o’rnatish.
    RZ larda faza-qutb almashinishiga e’tibor berish.
    RZ qurilmalarida DT larni to’g’ri o’rnatish.
    Seksiyalarni nomerlash.
    Stansiyaning ikki ipli rejasida strelkali seksiyalar quyidagicha nomlanadi: (1CП,3-7 CП, 5СП, 5-15 CП ,9 СП, 11 СП,13 AСП, 13 БСП , 15 AСП, 15 БСП , НАП,НДП ).(7-rasm)
    Stansiyaga kirish svetoforidan keying yaqinlashish uchastkasi НАП chiqish svetoforidan oldingi uchastka esa I П, II П, 3П, 4П, 6П deb nomlanadi. Fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli tarmoqlanmagan RZlarining ta’minot va rele uchlari shunday joylashtiriladiki, bir yo‘lli uchastkadagi stansiyalarlarda LAS kodlarini jo‘natish (kodlash) RZning ta’minot uchidan, ikki yo‘lli uchastkadagi stansiyalarda qabul qilish marshrutlarida – rele uchidan, jo‘natish marshrutlarida – ta’minot uchidan amalga oshirilsin.
    Stansiyaning ikki ipli rejasiga izolyasiyalovchi tutashmalarni bir ipli rejadan ko‘chirib o‘tilgandan keyin qo‘shni rels zanjirlaridagi ta’minotning oniy qarama-qarshi qutblarining almashinuviga amal qilinayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
    Izolyasiyalovchi tutashmalarni joylashtirishni to‘g‘riligini tekshirish har bir yopiq konturda tutashmalarning juft qiymatini ta’minlash usuli bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda strelka ulagichdan tok oqishi tekshiriladi ularning butunligini nazorat qilish uchun.
    Tarmoqlarda signal toki oqmaydigan izolyasiyalangan uchastkalarni egallanishini qayd qilishning ishonchliligini oshirish uchun RZ ikkitalik stikli ulagich bilan jihozlanadi. Shuningdek ular bilan poyezdlar to‘g‘ridan to‘g‘ri (to‘xtamasdan) o‘tib ketishi nazarda tutilgan strelkali va strelkasiz seksiyalar (RZning barcha tarmoqlarini o‘z ichiga olgan holda), qabul qilish – jo‘natish yo‘llari ham jihozlanadi. Biroq bittalik strelkalarda nazorat qilinmaydigan ulagichlardan foydalanish mumkin emas. Bir ipli rels zanjirlarida tortqi tokini o‘tkazib yuborishni ta’minlashda strelka krestovinasi ustidan po‘lat, ba’zi hollarda mis tortqili strelkali ulagichlar o‘rnatiladi.
    Agar qo‘shni yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa 5,9 m dan kichik bo‘lmasa, kesishgan qiyalikni izolyasiyalashda ikki ipli rels zanjirlarini qo‘llash kerak. Kodlash zarur bo‘lganda, rels bo‘ylab shleyf qo‘yib chiqish talab qilinadigan kichik yo‘l oralig‘ida faqatgina bir ipli rels zanjirlari qo‘llaniladi. Barcha hollarda lokomotiv signalizatsiyali yo‘llarda joylashgan strelkalarda tutashmalarni tarmoqda o‘rnatish tavsiya qilinadi. Peregon bilan bir qatordagi stansiya yo‘llari relslarga LAS kodlarini jo‘natuvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Stansiyalarda poyezdlarning to‘xtamasdan o‘tib ketishi nazarda tutilgan qabul-qilish jo‘natish yo‘llari, yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish, uzatish va jo‘natish, AB bilan jihozlangan ikki yo‘lli uchastkaning noto‘g‘ri peregon yo‘liga poyezd jo‘natish, shuningdek asosiy yo‘llarning davomi hisoblangan strelkali va strelkasiz seksiyalar kodlanadi. Kodlarni uzatish harakatlanayotgan poyezdga qarshi amalga oshirilishi kerak.
    Yo‘l relelari rels zanjirlarining barcha tarmoqlarida albatta bo‘lishi kerak, agar ushbu tarmoqlangan rels zanjiri poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutiga kirsa. Ikki ipli tarmoqlangan rels zanjirlarida yo‘l relelarining umumiy miqdori uchtadan, bir iplisida esa ikkitadan oshmasligi kerak.
    Elektr tortqida qaytuvchi tortqi tokini izolyasiya tutashmasidan o‘tib ketishini ta’minlash kerak. Buning uchun doimiy tokli elektr tortqida DT-0,6-500M tipli, o‘zgaruvchan tokli elektr tortqida DT-1 tipli drossel-transformatorlar ishlatiladi. Bir ipli rels zanjirlarida qaytuvchi tortqi toki tortqi ulagichlari orqali o‘tkazib yuboriladi. Izolyasiyalanmagan elektrlashtirilgan yo‘llar yoki tupiklarning bir ipli rels zanjiri chegarasida tortqisi bo‘lmagan ipda bitta tutashma o‘rnatiladi.
    Stansiyalarda asosiy va barcha kodlanadigan yo‘llar, asosiy yo‘llarning davomi hisoblangan strelkali va strelkasiz seksiyalar, bittadan ortiq yo‘l qabul qilgichlariga ega strelkali seksiyalar ikki ipli qilib loyihalashtirilishi kerak. Bunda poyezdlarni bir yoqdan ikkinchi yoqqa 50 km/s dan ortiq tezlik bilan o‘tishi amalga oshiriladigan asosiy va yon yo‘llarda va ularga tutashgan strelkali seksiyalarda joylashgan DTlar taminot uchidagi kabi RZning rele uchida ham, yon yo‘llarda esa agar tortqili tok kanalizatsiyasi sharoitlari bo‘yicha ikkinchi DT o‘rnatish talab etilmasa faqat ta’minot uchida o‘rnatiladi.
    Bundan tashqari, stansiyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining soni oltitagacha bo‘lsa, barcha izolyasiyalangan seksiyalar ikki ipliga ajratiladi. Qolgan hollarda bir ipli RZ qo‘llashga ruxsat etiladi.
    Ta’minot va rele uchlari apparaturalari ikki ipli RZ ga DT ning signal cho‘lg‘ami orqali yoqiladi. RZ da DT lar soni RZ tipi va tortqi tokini kanalizatsiyalashning maxsus loyihalangan sxemasi orqali aniqlanadi.
    Stansiya bo‘g‘izi va qabul qilish-jo‘natish yo‘llari oralig‘ida RZ dan yopiq konturlar vujudga kelishi mumkin. RZ ishlashining nazorat rejimini bajarilish shartlari bo‘yicha signal tokining aylanib o‘tish zanjirlarini mustasno qilish uchun drosselaro va yo‘llararo ulagichlar bo‘ylab va boshqa RZ dan bunday yopiq kontur fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli RZ uchun va 50Gs chastotali 6 RZ dan kam, 25 Gs chastotali 10 RZ dan kam RZ ni o‘z ichiga olishi mumkin emas.

    Download 65.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 65.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chastotali dispetcherlik nazorati sxemasi

    Download 65.39 Kb.