10
Metodning qo‟llanilishi: sinfdagi o‟quvchilar 4-5 kishilik guruhlarga bo‟linishadi.
Guruhlarga sifatning ma‟no turlari yozilgan asalarilar va ularning uyalari rangli A4
formatdagi qog‟ozda chiqarilib, guruhlarga tarqatiladi. O‟quvchilar shu asalarilarni
mos uyalariga yopishtirishlari kerak bo‟ladi.
Metodning afzalliklari: O‟quvchilarning hamkorlikda ishlash ko‟nikmasini
rivojlantiradi, mavzuni
mustahkamlashga yordam beradi,
ularni tez va chaqqon
harakat qilishga odatlantiradi.
“Taqiqlangan so’z” metodi.
Kerak bo‟lgan jihoz: Yumshoq koptok.
Metodning qo‟llanilishi: bu metodni mavzuni
mustahkamlash bosqichida,
mustahkamlash darslarida qo‟llash mumkin. O‟qituvchi qo‟lidagi
yumshoq
koptokni navabat bilan o‟quvchilarga bitta so‟z
aytib otadi,
koptokni ilib olgan
o‟quvchi ham o‟sha so‟zni aytib koptokni o‟qituvchiga otadi. Agar o‟qituvchi sifat
so‟z turkumiga oid so‟zni aytsa o‟quvchi bu so‟zni aytmasdan koptokni qaytarishi
kerak. Agar aytib qo‟ysa o‟yindan chetlatiladi. O‟yin 3,4 o‟quvchi qolgunga qadar
davom etadi.
Metodning afzalliklari: o‟quvchilarning diqqatini jamlashga, tez
fikrlashga, og‟zaki
nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Hamda, o‟qituvchi o‟quvchilarning
mavzuni qanchalik o‟zlashtirib, sifat so‟zlarni taniganliklarini bilib olishi mumkin.