• 1-bosqichda
  • 3-bosqichda
  • Sifat so’z tukumini o’rgatish bosqichlari va izchilligi




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana09.09.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #270737
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    OMMALASHTIRISH UCHUN METODIK TAVSIYA KARIMBOYEVA DILDOR Bahodir

    Sifat so’z tukumini o’rgatish bosqichlari va izchilligi 
    Boshlang‟ich sinflarda sifat so‟z turkumini o‟rgatish uch bosqichda amalga 
    oshiriladi. Sifatni o‟rgatish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan 
    izchillik bilan boyitib, murakkablashitirilib boriladi.Bunda o‟quvchilarning 
    yoshiga, bilim darajasiga va o‟zlashtira olish qobilyatlariga ahamiyat beriladi.



    1-bosqichda 
    o‟quvchilarga 1-2 sinflarda (sifatning) belgini bildiradigan 
    so‟zlarning leksik ma‟nosi haqidagi bilimlar beriladi, bunday so‟zlar 
    qanday?, 
    qanaqa? 
    so‟roqlariga javob berishi o‟rgatiladi. Shu bilan o‟quvchilarda sifatga oid 
    so‟zlar haqida boshlang‟ich tushunchalar shakllantiriladi. 
     2-bosqich 
    3-sinfga to‟g‟ri keladi va bu bosqichda o‟quvchilarga sifat so‟z turkumi 
    atama berib o‟rgatiladi. Bunda belgini bildirgan so‟zlar birgalikda sifat so‟z 
    turkumini bildirishi, sifatlarning ma‟no turlarga ajratilishi haqida ma‟lumotlar 
    beriladi. “Sifat” tushunchasini shakllantirish o‟quvchilarning “shaxs va narsaning 
    belgisi” degan umumlashtirilgan tushunchani o‟zlashtirish darajasiga bevosita 
    bog„liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xilxususiyat bildiradigan so‟zlar 
    guruhlanadi va shu so‟zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik 
    ma‟nosi bilan birga uning grammatik xususiyatlari bilan ham tanishtiriladi. 
    Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‟quvchilar uning so‟z turkumi 
    sifatidagi o‟ziga xos belgilarini ajratadilar.Bular quyidagilar:
    a) shaxs va narsaning belgisini bildirishi; 
    b) 
    qanday? 
    yoki 
    qanaqa? s
    o‟rog„iga javob bo‟lishi; 
    d) gapda otga bog„lanib, shu ot bilan so‟z birikmasi hosil qilishi va ikkinchi 
    darajali bo‟lak vazifasida kelishi. 
    3-bosqichda 
    esa (ya‟ni 4-sinfda )ilgari o‟rganilgan bilim, ko‟nikma va malakalar 
    takrorlanib, grammatik materialga bog„liq holda 
    qip-qizil, yam-yashil 
    kabi orttirma 
    darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‟rgatiladi. Bu bosqichda 
    o‟quvchilar turli xil mashq va topiriqlarni o‟zlari ongli ravishda bajarishga, sifatga 
    oid so‟zlarni hech ikkilanmay, mustaqil ajrata olishga erishadilar. Ona tili va 
    o‟qish darslarida o‟quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitib boriladi. 
    Ularga oldindan ma‟lum bo‟lgan sifatlarning ma‟nosiga aniqlik kiritiladi.

    Download 1,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sifat so’z tukumini o’rgatish bosqichlari va izchilligi

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish