• “Sabzavotlar nima deydi” metodi
  • O’quvchilarga belgini bildirgan so’zlar haqida boshlang’ich




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/10
    Sana09.09.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #270737
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    OMMALASHTIRISH UCHUN METODIK TAVSIYA KARIMBOYEVA DILDOR Bahodir

    O’quvchilarga belgini bildirgan so’zlar haqida boshlang’ich 
    tushunchalar berish usullari 
    Sifat shaxs va narsaning belgisini: rangi, hajmi, shakli, maza-ta‟mi, xil-xususiyati, 
    hidi, vaznini bildiradiradi. Sifatni o‟rgatishda uning aniq ma‟nosi ochib berish, 
    tushuntirish uchun uni ot bilan bog„liq holda o‟rgatishni talab qiladi. Sifatni 
    tushunish uchun 1-sinfdanoq o‟quvchilar e‟tibori sifatning otga bog„lanishini 
    aniqlashga qaratiladi. O‟quvchilar shaxs va narsaning belgisini aytadilar, ularda 
    so‟roq yordamida gapda so‟zlarning bog„lanishini aniqlash ko‟nikmasi o‟stiriladi.
    ya‟ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‟z birikmasini ajratadilar, lekin atama 
    aytilmaydi. 
    Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirishda, uning leksik ma‟nosi va so‟roqlari 
    ustida ishlashdan boshlanadi. Shaxs va narsaning belgilari xilma-xil bo‟lib, uni 
    rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan farqlanadi. Shunday ekan, sifat 
    tushunchasini shakllantirish uchun uning ma‟nolarini aniqlash talab etiladi. Bu 
    jarayonni o‟rganishda o‟quvchilarga hozirgi kunda ta‟lim tizimida qo‟llanilayotgan 



    bir qator interfaol usullardan, jumladan “4K” modeli asosida ishlab chiqilgan 
    metodlardan foydalanish ko‟proq samara beradi. Quyida dars jarayonida 
    foydalanish mumkin bo‟lgan metodlardan namunalar keltirilgan: 
    “Sabzavotlar nima deydi” metodi 
    Kerak bo‟lgan jihozlar: 

    Sabzavotlarning A4 formatga tushirilgan rangli rasmlari 
    Metodning qo‟llanilishi: o‟qituvchi A4 formatdagi sabzavotlarning rangli 
    rasamlarini taxtaga ilib qo‟yadi. Bitta o‟quvchi chiqib ixtiyoriy bitta sabzavotni 
    tanlaydi va o‟sha sabzavot tilidan gapiradi. Bunda o‟sha sabzavotning rangini, 
    shaklini, mazasini aytib o‟tadi. 
    Masalan: Men piyozman. Rangim qizil, oq bo‟ladi. Men uzunchoq va dumaloq 
    shaklga kira olaman. Ta‟mim achchiq. Hidim o‟tkir. Hatto mendan mikroblar va 
    viruslar qo‟rqishadi. 
    Metodning avzalliklari: o‟quvchilarning rangni, shaklni, maza-ta‟mni ajrata olishga 
    yordamlashadi. Ularning og‟zaki nutqini rivojlantiradi. Yodga olish, eslash 
    qobilyatlarini mustahkamlaydi.

    Download 1,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarga belgini bildirgan so’zlar haqida boshlang’ich

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish