9
Matndan sifatlarni topish va tahlil qilish
Yuqoridagi mazvularni o‟quvchilarga mukammal yetkazib berish uchun ularning
yoshiga, bilim saviyasiga mos keladigan metodlardan, ta‟limiy o‟yin
texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 3-4-sinf o‟quvchilari
mustaqil va tanqidiy fikrlay oladigan, og‟zaki va yozma nutqi anchayin rivojlangan
va jamoada, hamkorlikda ishlash ko‟nikmalariga ega bo‟lishadi. Ularga “4K”
modeli asosida tuzilgan topshiriqlarni, usullarni qo‟llash mumkin. Quyida sizga
dars jarayonida foydalanish mumkin bo‟lgan bir nechta metodlar va ularni amalda
qo‟llash haqida ma‟lumot berib o‟taman.