• “Baliq ovi” ta’limiy o’yini.
  • Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda foydalaniladigan interfaol metodlar, mashq va topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati mavzusidagi metodik tavsiyasi




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/10
    Sana09.09.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #270737
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    OMMALASHTIRISH UCHUN METODIK TAVSIYA KARIMBOYEVA DILDOR Bahodir

    “O’z o’rningni top” metodi. 
    Kerak bo‟lgan jihozlar: 

    Har biri A4 formatga yozilgan sifatning ma‟no turlari; 

    Sifatga oid so‟zlar yozilgan kichik tarqatmalar. 



    Metodning qo’llanishi:
    bu metodda sinfdagi barcha o‟quvchilar bir vaqtda ishtirok 
    etishlari mumkin. Buning uchun o‟qituvchi to‟rt nafar o‟quvchini tanlab olib ularni 
    sinf taxtasi yoniga chiqaradi. Ularning qo‟liga A4 formatdagi qog‟ozning har 
    biriga alohida yozilgan sifatning ma‟no turlarini (rang, ta‟m, shakl, xil-xususiyat 
    so‟zlari) tutqazadi. Sinfagi boshqa o‟quvchilarga esa belgini bildirgan bitta so‟z 
    yozilgan qog‟ozchani tarqatadi Tarqatmalar sinfdagi o‟quvchilar soniga to‟g‟ri 
    kelishi kerak.. Har bir o‟quvchi so‟zni to‟g‟ri o‟qib qaysi belgini ushlab turgan 
    o‟quvchining oldiga borib turishini aniqlaydi va o‟z o‟rnini topib turadi. Agar 
    topshiriqni bajara olmagan o‟quvchi bo‟lsa, o‟qituvchi bunday o‟quvchilar bilan 
    alohida, yakka tarzda ishlashi kerak. 
    Metodning afzalliklari: o‟quvchilarni o‟qib tushunishini o‟stiradi, xulosa 
    chiqarishga undaydi, tez va ongli harakat qilishini ta‟minlaydi. Yana bu metod 
    orqali o‟qituvchi bir vaqtning o‟zida butun sinfni baholashi mumkin. 
    Foydalanish uchun so‟zlar: qizil, achchiq, ko‟k, chiroyli, odobli, dumaloq, egri, oq, 
    qora, moviy, quvnoq, mazali, nordon, shirin, mehribon va boshqalar. 
    “Baliq ovi” ta’limiy o’yini. 
    Kerak bo‟ladigan jihozlar: 

    Hovuzcha uchun idish to‟rtta yoki beshta; 

    Suv 

    Masus ilgakli tayoqchalar; 

    Qattiq qog‟ozdan yasalgan, laminantlangan rangli va shakli har xil 
    baliqchalar 

    Baliqlarni solish uchun kichik chelakchalar. 
    Metodning qo‟llanilishi: sinf o‟quvchilari 4-5 kishilik guruhlarga bo‟linishadi, 
    guruhlarga turli shaklli va har xil rangli baliqchalar bo‟lgan hovuzchalar beriladi. 
    Baliqlarni tayoqchalar yordamida tutib, shakli va rangiga qarab maxsus 
    chelakchaga solishadi. Tez va ko‟p baliq tutgan, ularni masus idishga to‟g‟ri 
    joylashtirgan guruh g‟olib hisoblanishadi. 
    Metodning afzalliklari: o‟quvchilarni tez va chaqqon harakat qilishga, epchillikka, 
    jamoada ahil ishlashga, ularga ko‟tarinki kayfiyat ulashishga yordam beradi.

    Download 1,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda foydalaniladigan interfaol metodlar, mashq va topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati mavzusidagi metodik tavsiyasi

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish