Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda foydalaniladigan interfaol metodlar, mashq va topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati mavzusidagi metodik tavsiyasi




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana09.09.2024
Hajmi1,3 Mb.
#270737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OMMALASHTIRISH UCHUN METODIK TAVSIYA KARIMBOYEVA DILDOR Bahodir

“Wordwall” platformasini 
keltirish mumkin. Bu platforma o‟qituvchilar uchun 
dars jarayonini samarali tashkil qilishiga, o‟rganilgan mavzularni turli xil qiziqarli 
topshiriqlar asosida mustahkamlashga yordam beradi. Platforma orqali 
o‟quvchilarni o‟ziga tortuvchi bir qator interaktiv topshiriqlarni yaratish mumkin. 
O‟qituvchi bir marta yaratgan toshirig‟ini ,masalan, test savollarini karssvord, 
charxpalak kabi turli ko‟rinishda takroran qo‟llashi mumkin. Platformada 
yaratilgan topshiriqlarning havolasini Telegramm messenjeri orqali istalgan 
kontakt va guruhlarimizga yuborish imkoniyati mavjud mumkin. Yaratilgan 
o‟yinlarni o‟quvchilar o‟zlari uyda ham internet tarmog‟iga ulana oladigan har 
qanday mobil telefondan ham kompyuterdan ham kirib, mustaqil yechishlari 
mumkin. Toshiriqni bajarib o‟zlarining ismlarini kiritib ketishadi va ularning 
natijalari saqlanib qoladi. Bu esa o‟qituvchiga o‟quvchilarni onlayn tarzda ham 
baholashiga yordam beradi.
Bu onlayn platforma o‟quvchilarning fanlarga bo‟lgan qiziqishlarini oshirishga, 
o‟rganilgan mavzularni mustahkamlashga, AKT savodxonligini, media 
savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi QR kodlar orqali ushbu 
platformadan foydalanish uchun yo‟riqnoma bilan tanishishingiz va o‟zim yaratgan 
topshiriqlardan foydalanishingiz mumkin. 
T/r 
Mavzusi 
Skanerlash uchun QR 
kodi 

“Wordwall” 
platformasidan 
foydalanish 
yo‟riqnomasi 

Sifat so‟z turkumini mustahkamlash 4-sinf 
uchun 


13 

Sifatlarning ma‟no turlarini aniqlang 

3-sinf ona tili fanidan sifat mavzusini 
mustahkamlash uchun topshiriq 

O‟z va ko‟chma ma‟nodagi sifatlar 4-sinf 26-
mashq “Beshinchisi ortiqcha” topshirig‟i 
Xulosa 
Yuqorida berilgan tavsiyalardan foydalanish natijasida o‟quvchilarning sifat 
haqidagi bilim, ko‟nikma, malaka va kopmitensiyalari yanada oshishiga xizmat 
qilishi shubhasiz. O‟qituvchining dars o‟tishdan ko‟zlangan maqsadlariga 
erishishida qo‟llaydigan interfaol metodlar va ta‟limiy o‟yinlar, qiziqarli 
topshiriqlar vositasida o‟quvchilarda erkin va mustaqil, ijodiy va kreativ fikirlash 
ko‟nikmalari rivojlanadi. Shunday ekan, o‟qituvchi ham ijodkor, yaratuvchi, o‟z 
ustida muntazam shug‟illanishi darkor. Zero, ertamiz egalari biz ta‟lim-tarbiya 
berayotgan o‟quvchi yoshlardir.

Download 1,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifat so’z turkumini o’rgatishda foydalaniladigan interfaol metodlar, mashq va topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati mavzusidagi metodik tavsiyasi

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish